Texnika falsafasi


Klassik tipdagi texnika fanlari: shakllanish bosqich-lari



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə34/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Klassik tipdagi texnika fanlari: shakllanish bosqich-lari. X.Gyuygens tadqiqotlari – nafaqat muhandislik faoliyati-ning, balki texnika fanlarining ham shakllanish bosqichi. Muhandis-lik faoliyati va texnika fanlari ham, ularning shakllanish bosqich-lari ham bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Ma’lumki, muhandislik faoliyati uchun maxsus bilimlar talab etilgan.
Gap ayrim ixtirolar haqida borar ekan, muammolar tug‘ilmagan. Ammo XVIII asrdan boshlab sanoat ishlab chiqarishi vujudga keladi va ixtiro qilingan muhandislik qurilmalari (masalan, bug‘ qozoni va ip yigiruv mashinalari, dastgohlar, paroxodlar va parovozlar uchun dvigatellar)ni ko‘paytirish va takomillashtirishga ehtiyoj kuchayadi. Konstruksiyalash hisob-kitoblari hajmi ham sezilarli darajada oshadi, chunki muhandis mutlaqo yangi muhandislik ob’ekti (ya’ni, ixtiro)ni ishlab chiqish bilangina emas, balki o‘xshash (modifikatsiyalangan) mahsulot (masalan, ayni shu toifadagi, lekin ko‘rsatkichlari – quvvati, tezligi, gabaritlari, og‘irligi, konstruk-siyasi boshqacha bo‘lgan mashina)ni yaratish bilan ham shug‘ullana boshlaydi. Boshqacha qilib aytganda, muhandis endi yangi muhandis-lik ob’ektlarini yaratish bilan ham, ixtiro qilingan muhandislik ob’ektiga o‘xshash (turdosh) ob’ektlar turkumini ishlab chiqish bilan ham shug‘ullanadi. Nazariy jihatdan bu hisob-kitoblar va konstruk-siyalashga ehtiyoj kuchayishi natijasida yangi muammolargina emas, balki yangi imkoniyatlar ham paydo bo‘lganini anglatar edi. Turdosh muhandislik ob’ektlari maydonini ishlab chiqish muayyan holat-larni boshqa holatlar bilan, bir bilimlar majmuini boshqa bilim-lar majmui bilan bog‘lash imkoniyatini berardi. Ixtiro qilingan ob’ektning ilk namunalari muayyan tabiiy fan bilimlari yordamida tavsiflangan bo‘lsa, keyingi, modifikatsiyalangan namunalarning barchasi ilk namunalar bilan bog‘lanadi. Natijada tabiiy ilmiy bilim va muhandislik sxemalarining muayyan guruhlari ajratila (aniqlana) boshlaydi. Aslini olganda, bular texnika fanlarining dastlabki bilim va ob’ektlari edi, lekin ular hali o‘z shaklida mavjud emas edi: bilimlar guruhlangan tabiiy ilmiy bilimlar ko‘rinishida, ob’ektlar esa – tabiiy ilmiy bilimlarning mazkur guruhlari tegishli bo‘lgan muhandislik ob’ekti sxemalari ko‘rini-shida amal qilar edi. Mazkur jarayon bilan boshqa ikki jarayon – ontologiyalashtirish va matematikalashtirish bog‘lanar edi.
Ontologiyalashtirish muhandislik qurilmalarini sxemalash-tirish tadrijiy jarayonini o‘zida ifodalaydi. Ontologiyalash-tirish jarayonida mazkur ob’ektlar alohida qismlarga ajratiladi, ularning har biri “ideallashtirilgan tasavvur” (sxema, model) bilan almashtiriladi. Masalan, XVIII asr oxiri, XIX asr boshiga kelib mashinalar (ko‘tarkichlar, bug‘ va ip yigirish mashinalari, tegirmon, soat, dastgoh va hokazolar)ni ixtiro qilish, hisob-kitob qilish va konstruksiyalash jarayonida ular, bir tomondan, yirik qismlarga (masalan, J.Kristian mashinada dvigatel, o‘tkazish mexa-nizmi, mehnat qurolini ajratgan), boshqa tomondan esa, kichikroq qism (oddiy mashinalar – qiya tekislik, blok, vint, richag va h.k.)larga ajratilgan. Bunday ideallashtirilgan tasavvurlar muhan-dislik ob’ektiga, bir tomondan, matematik bilimlarni, boshqa tomondan esa, tabiiy ilmiy bilimlarni qo‘llash mumkin bo‘lishi uchun joriy etilgan. Muhandislik ob’ektiga nisbatan bunday tasavvurlar ob’ekt (yoki uning elementlari) tuzilishining sxematik tavsiflari hisoblangan, tabiiy fan va matematikaga nisbatan ular muayyan turdagi ideal ob’ekt (geometrik shakllar, vektor, algebraik tenglama, jismning qiya tekislik bo‘ylab harakati, kuch va tekislik-lar birikmasini, jismning aylanishi va h.k.)larni belgilagan.
Muhandislik ob’ektini matematik modellar bilan almashti-rish o‘z-o‘zicha ixtiro, konstruksiyalash va hisob-kitob qilishning zaruriy sharti sifatida ham, tabiiy fanning mazkur taomillar uchun zarur bo‘lgan ideal ob’ektlarini yaratish bosqichi sifatida ham amal qilgan.
Bu yerda tavsiflangan uch asosiy jarayon (ob’ekt va bilimlarni bir-biri bilan bog‘lash, ontologiyalashtirish va matematikalashti-rish) jamuljam holda texnika fanining ilk ideal ob’ekt va nazariy bilimlari shakllanishiga olib keladi. Bunda nima yuz berishini R.Villis taklif qilgan “sof” va “konstruktiv” mexanizmlarni farqlash usuli misolida tushunish mumkin. Sof mexanizm harakat-larining o‘zgarishi tabiiy jarayonlarni tavsiflaydi; bu jarayon bilan konstruktiv mexanizm elementlari (yetakchi va tobe bo‘g‘inlar, tebranish, sirpanish bilan o‘zaro ishqalanish, sof uzatish va h.k.) muvofiq holatga keltiriladi. R.Villis tezliklar munosabati va yo‘nalishlar munosabati tamoyilidan kelib chiqib, sodda mexanizm-lar tasnifini ham taklif qiladi. Murakkab mexanizmlarning kine-matik vazifasi sodda mexanizmlar birikmasi yordamida amalga oshiriladi5.
R.Villis mexanizmlari va ular haqida olingan bilimlar aslida tabiiy ilmiy bilim va ontologik tasavvurlarning ob’ekt hamda bilimlarni bir-biri bilan bog‘lash, ontologiyalashtirish va matematikalashtirish jarayonlarini qanoatlantiruvchi guruhidan boshqa narsa emas. Ammo R.Villis nazariyasida ular belgi va tushun-chalarda mavjudlik mustaqil shakl-shamoyilini kasb etadiki, bu mustaqil ideal ob’ektlar (ayni holda mexanizm tushunchalari, uning ontologik tasavvurlari, sodda mexanizmlarning tasniflari)ni kiritishni, o‘zgartirish taomillarini belgilash, mazkur ob’ektlar bilan muayyan bilimlarni bog‘lashni (bu bilimlarni endi texnika fanlari bilimlari deb nomlash mumkin) nihoyat, bunday ob’ektlarni o‘rganish sohasini alohida ajratishni (fundamental fandan farqli o‘laroq, amaliy fan yoki texnika fani) nazarda tutadi. Tahlil klassik texnika fanlarining boshqa ob’ektlari ham ayni shu tamoyilga muvofiq shakllantirilishini ko‘rsatadi. Bu texnika fani shakllanishining birinchi bosqichi hisoblanadi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə