Texnika falsafasi


Loyihalash: shakllanish jarayoni va o‘ziga xos xususiyat-lari



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə37/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Loyihalash: shakllanish jarayoni va o‘ziga xos xususiyat-lari. Tarixan loyihalash binolar, kemalar, mashinalar, shaharlar va hokazolarni “yasash” faoliyati doirasida bo‘lg‘usi ob’ektning tashqi ko‘rinishi, tuzilishi va faoliyatini chizmalarda tasvirlash hisob-kitob qilish bilan bog‘liq bo‘lgan omil sifatida vujudga keladi. Mazkur faoliyatning rivojlanishi va takomillashishiga qarab, chizma va hisob-kitoblarga tayanuvchi semiotik faoliyat hamda fikr-lash faoliyati ham murakkablashib boradi; u quyidagi funksiyalarni bajara boshlaydi: yasash faoliyatini tashkil etish, yasalayotgan ob’ekt-ning ayrim rejalari va tarixlarini tuzish, ob’ektga qo‘yiladigan turli talablarni chizmada aks ettirish, uning texnik yechimi variant-larini yaratish, ularga baho berish, eng yaxshi yechimlarni tanlash va h.k. Mazkur bosqichda bu funksiyalarning barchasi yasash, tayyorlash faoliyati doirasida shakllanadi va mustaqil funksiyalar sifatida deyarli anglanmaydi.
Arxitektor (konstruktor, hisob-kitobchi, chizmachi) va ob’ektni yasovchi (quruvchi, mashinasoz) o‘rtasida mehnatni taqsimlash amalga oshirilganidan so‘ng loyihalash mustaqil faoliyat sohasiga aylana-di. Arxitektor (konstruktor, hisob-kitobchi, chizmachi) ishning semiotik va intellektual qismi uchun, ob’ektni yasovchi (quruvchi, mashinasoz) esa moddiy qismni yaratish (ob’ektni chizmalarga muvofiq tayyorlash) uchun javob beradi.
Ilgari chizmachilik va hisob-kitob faoliyati chizmalar hamda hisob-kitoblarga tuzatish kiritish imkonini beruvchi tayyorlanayot-gan va foydalanilayotgan namuna bilan uzluksiz bog‘langan bo‘lsa, shakllanish jarayonining mazkur bosqichida ushbu faoliyatlar musta-qil tamoyil va bilimlardan kelib chiqib tashkillashtiriladi. Nati-jada quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanuvchi loyihalash faoliyati va borlig‘i yuzaga keladi:
1. Loyihalovchi va ob’ektni yasovchi o‘rtasida mehnatning prinsipial taqsimlanishi. Loyihalovchi ob’ektni to‘liq ishlab chiqishi (loyihalashi), bunda uning tashqi ko‘rinishi, tuzilishi va uni yasash bilan bog‘liq barcha masalalarni yechishi, ob’ektga qo‘yila-digan turli-tuman talablarni bir-biri bilan bog‘lashi lozim. Loyiha bo‘yicha ob’ektni yasovchi yechish uchun loyihalovchi javob bera-digan masalalarga vaqt va kuch sarflamasdan ob’ektni materialda yaratadi.
2. Loyihalovchi butun ob’ektni semiotik nuqtai nazardan, chizmalar, hisob-kitob va boshqa belgili vositalar (maketlar, grafiklar, fotosuratlar va sh.k.)dan foydalangan holda ishlab chiqadi. U ob’ekt (uning prototipi yoki yaratilayotgan ob’ekt)ga faqat vaqti-vaqti bilan va bilvosita (ya’ni bilimlar, chizmalar va hisob-kitoblar darajasida) murojaat etishi mumkin.
3. Loyihalashga muayyan “mantiq” va mazkur faoliyat doirasi-dan tashqarida ro‘yobga chiqarib bo‘lmaydigan muayyan imkoniyatlar xos bo‘ladi. Masalan, loyihalovchi ob’ektga qo‘yiladigan qarama-qarshi yoki o‘zaro muvofiq kelmaydigan talablarni birlashtirishi va sinab ko‘rishi; ob’ektning ayrim rejalari va kichik tizimlarini ma’lum vaqt mobaynida boshqa rejalar va kichik tizimlarga murojaat etmasdan ishlab chiqishi; ob’ektning turi, funksiyalari, faoliyati va tuzilishini bir-biridan qat’i nazar, tavsiflashi, so‘ngra ularni birlashtirishi; ob’ekt va uning kichik tizimlari turli variant-larini ishlab chiqishi, bu variantlarni solishtirishi; ob’ektga o‘z qadriyatlarini kiritishi mumkin. Ob’ektni ishlab chiqish jarayonida loyihalovchi o‘ziga xos “semiotik modellar”ni yaratadi, bunda loyihalanayotgan ob’ektning avvalgi bosqichlarda olingan model-laridan (ularni shartli ravishda “abstrakt modellar” deb nomlash mumkin) loyihalash jarayonining keyingi bosqichlarida yaratiluvchi (ya’ni, “konkret”) modellarni yaratishda vosita sifatida foydala-niladi.
Shunday qilib, loyihalash vujudga kelishi bilan ob’ektni yaratish jarayoni o‘zaro bog‘langan ikki qism: ob’ektni intellektual (semiotik) yaratish (sof loyihalash) va loyihaga muvofiq yaratish (loyihani amalga oshirish bosqichi)ga ajratiladi. Keyinchalik amaliyot darajasida maromiga yetkazilgan va nazariyada anglab yetilgan loyihalash usul hamda tamoyillari boshqa turdagi faoliyatlarga ham tatbiq etila boshlaydi, ularda muayyan o‘zgarishlar yasaydi. Shahar-sozlikka oid loyihalash, sistemotexnik loyihalash, dizaynerlikka oid loyihalash, ergonomik loyihalash, tashkiliy loyihalash paydo bo‘ladi.
Ilmiy adabiyotlarda loyihalashni muhandistik va fanga qarama-qarshi qo‘yish hollariga ham, uni ular bilan ayniylashtirish hollariga ham duch kelish mumkin. Masalan, P.Xill shunday deb yozadi: “Muhandislikka oid loyihalashga fan sifatida qaralishi mumkin. Fan deganda, odatda, umumlashtirilgan va tizimlashti-rilgan bilimlar tushuniladi”9. Ammo, ideal tip sifatida, loyiha-lash fandan ham, muhandislikdan ham butunlay farq qiladi. Eng avvalo, ular o‘z mahsuliga ko‘ra farq qiladi: ilmiy tadqiqotning (hatto amaliy tadqiqotning ham) mahsuli – bilim, loyihalash mahsuli esa – loyiha. “Loyihalash va fan o‘z mahsuliga ko‘ra bir-biridan ajralib turadi”, – deb yozadi V.L.Glazыchev. – “Loyihalash o‘z vositalari qatoriga fan doirasida yaratilgan bilimlarni kiritadi, fan esa o‘z vositalari qatoriga loyihalash elementlarini kiritadi (nazariy va texnik eksperimentlarni loyihalash, ularni jihozlash va sh.k.), lekin vositalardagi prinsipial farq saqlanib qoladi”10.
Keng ma’nodagi loyiha ob’ektni yaratish borasidagi faoliyat-ni tashkillashtiradi, xolos, bilim esa, noma’lum (yangi) mazmunni ma’lum mazmun orqali tavsiflab, bilishga doir munosabatni qanoatlantiradi. Ilmiy bilim (amalda shakllantirilgan) “real” ob’ektda emas, balki mazkur ob’ekt o‘rnini bosuvchi belgili opera-tiv modelda olinadi. Bundan tashqari, bilim real ob’ektga emas, balki tabiiy modallikda sabab, tabiat qonuni sifatida qaraladigan “ideal” ob’ektga tegishli bo‘ladi. Ilmiy bilimlar olish jarayoni yangi belgili modellarni operativ yo‘l bilan yaratish (rivojlangan shaklda mazkur operativlikning asosiy manbalaridan biri – mate-matika), so‘ngra yaratilgan modelning ob’ektga nisbatan samarador-ligini isbotlash bilan tavsiflanadi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə