Texnika falsafasi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə35/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Texnika fanining keyingi rivojlanish jarayoni bir necha omil-lar ta’sirida yuz beradi. Birinchi omil – barcha yangi holatlarni (ya’ni, muhandislik faoliyatining turdosh ob’ektlarini) texnika fanida o‘rganilgan holatlar bilan bog‘lash. Bunday bog‘lash o‘rgani-layotgan ob’ektlarni o‘zgartirishni, ular haqida yangi bilimlar (munosabatlar) olishni nazarda tutadi. Texnika fani shakllanishi-ning dastlabki bosqichlaridan boshlab, unga fundamental fanni tashkil etish ideali tatbiq etiladi. Mazkur idealga muvofiq, munosabatlar haqidagi bilimlar qonun yoki teoremalar sifatida, ularni olish taomillari esa dalillar sifatida talqin qilinadi. Dalillar vositasida isbot qilish yangi ideal ob’ektlarni nazariyada tavsifi keltirilgan eski ideal ob’ektlar bilan bog‘lashnigina emas, balki bilimlar olish taomillarini kuzatish qulay bo‘lgan ixcham qismlarga ajratishni ham nazarda tutadi. Bularning barchasi doim oraliq bilimlar ajratilishiga sabab bo‘ladi. Uzun va murakkab dalillarni nisbatan soddaroq (aniqroq) dalillarga ajratish yo‘li bilan olingan bunday bilim va ob’ektlar texnik bilimlarning ikkinchi guruhini tashkil etgan (tabiiyki, nazariyaning o‘zida ular alohida guruhlarga ajratilmagan, balki boshqa bilimlar bilan oldinma-ketin kelgan). Uchinchi guruhdan muhandislik ob’ekti para-metrlari o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash usul va taomillarini soddaroq, ixchamroq usul hamda taomillar bilan almashtirish imkoniyatini bergan bilimlar o‘rin olgan.
Texnika fanining shakllanishi va rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan ikkinchi omil matematikalashtirish hisoblanadi. Texni-ka fani rivojlanish jarayonining muayyan bosqichidan boshlab tadqi-qotchilar ayrim matematik bilim yoki matematik nazariyalarning bo‘limlarini qo‘llashdan texnika fanida yaxlit matematik apparat “til”larni qo‘llashga o‘tadilar. Bunga ixtiro qilish va konstruksiya-lash paytida ayrim jarayonlar va ularni ta’minlovchi konstruktiv elementlarni tahlil qilish bilan bir qatorda sintez qilishni ham amalga oshirish zaruriyati turtki beradi. Bundan tashqari, olimlar muhandislik imkoniyatlari maydonini to‘laligicha tadqiq etishga, ya’ni muhandislik ob’ektining yana qanday tavsif va munosabatlari-ni aniqlash, qanday hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkinligini tushunishga harakat qiladilar. Tahlil jarayonida tadqiqotchi-muhan-dis muhandislik ob’ektlari haqida bilim olishga, ularning tuzili-shi, faoliyati, ayrim jarayonlari, tobe va mustaqil parametr-lari, ular o‘rtasidagi munosabat va aloqalarni tavsiflashga harakat qila-di. Sintez jarayonida u amalga oshirilgan tahlil asosida konstruk-siyalash va hisob-kitob qilishni amalga oshiradi (umuman olganda, tahlil va sintez amallari oldinma-ketin bajariladi va bir-birini belgilaydi).
Xo‘sh, texnika fanlarida matematik apparatlarni qo‘llashning qanday shartlari bor? Eng avvalo, buning uchun texnika fanlarining ideal ob’ektlarini ontologiyaga kiritish, ya’ni tegishli matematika tiliga o‘tkazish, lo‘nda qilib aytganda, ularni muhandisni qiziqti-rayotgan matematika ob’ektlariga xos bo‘lgan elementlar, munosabat va amallar majmui sifatida tavsiflash zarur. Ammo, texnika fan-larining ideal ob’ektlari, odatda, tanlangan matematik apparat ob’ektlaridan sezilarli darajada farq qiladi. Shu tufayli ham muhandislik ob’ektlarini sxemalashtirish va ontologiyalashtirish jarayoni boshlanadi, u texnika fanining muayyan matematika tilida bayon etilgani tufayli ontologiyaga kiritish mumkin bo‘lgan yangi ideal ob’ektlarini yaratish bilan yakunlanadi. Shu paytdan e’tibo-ran tadqiqotchi-muhandis: a) tahlil va sintez vazifalarini samarali hal qilish; b) muhandislik ob’ektlarining o‘rganilayotgan sohasida nazariy darajada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni tadqiq etish; v) ideal muhandislik qurilmalari nazariyasini (masalan, ideal bug‘ mashinasi nazariyasi, mexanizmlar nazariyasi, radiotexnik qurilma nazariyasi) yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ideal muhandis-lik qurilmasi nazariyasi tegishli texnik nazariyaning ideal ob’ekt-lari tilida bajarilgan muayyan turdagi muhandislik ob’ektlari modelini yaratish va tavsiflash (tahlil qilish)ni nazarda tutadi. Ideal qurilma – tadqiqotchi tomonidan texnika fani ideal ob’ektlarining element va munosabatlaridan yaratilgan, muayyan turdagi muhandislik ob’ektlarining modeli bo‘lib xizmat qiladi-gan konstruksiya. Shunday qilib, texnika fanida mustaqil ideal ob’ektlargina emas, balki soxta tabiiy xususiyatga ega bo‘lgan musta-qil tadqiqot ob’ektlari ham paydo bo‘ladi. Bunday konstruksiya-modellarni yaratish muhandislik faoliyatini sezilarli darajada yengillashtiradi, chunki tadqiqotchi-muhandis endi o‘zi yaratayotgan muhandislik ob’ektining faoliyatini belgilovchi asosiy jarayon va omillarni (shu jumladan, ideal holatlarni ham) tahlil qilib, o‘rga-nishi mumkin.
Klassik tipdagi texnika fanining rivojlanish natijasini quyidagicha tavsiflash mumkin. Har bir mexanizm bir yoki bir nechta tutash konturlardan va kontur bo‘g‘inlarini mexanizmning asosiy bo‘g‘inlari bilan birlashtirish uchun xizmat qiladigan bir nechta tutash bo‘lmagan zanjirlardan iborat kinematik zanjir sifatida qarala boshladi. Mexanizmlar nazariyasida mexanizmlarning yangi konstruktiv sxemalarini deduktiv yo‘l bilan yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi. Mexanizm tahlili uning konstruktiv elementlarini qayd etuvchi tarkibiy sxemasi asosida muayyan kinematik sxemani ishlab chiqishdan boshlanadi. Mazkur sxema tabiiy jarayon – elementlar, juftlar, zanjir va ayrim nuqtalar harakatini o‘rganish imkoniyatini beradi. Bu vazifani hal qilish uchun mexanizm reja-laridan, ya’ni uning biron-bir holatdagi sxematik tasvirlaridan foydalaniladi. Ularga muvofiq, mexanizm bo‘g‘inlarining ko‘chish-lari, tezliklari va tezlanishlari o‘rtasidagi matematik bog‘lanish-larni aniqlovchi tenglamalar sistemalari tuziladi. Grafik va analitik hisob-kitob metodlari yordamida har bir bo‘g‘inning o‘rni, bo‘g‘inlar nuqtalarining ko‘chishi, burilish burchaklari, boshlang‘ich bo‘g‘in harakatining berilgan qonuniga muvofiq nuqtalar hamda bo‘g‘inlarning bir lahzali tezlik va tezlanishlari aniqlanadi. Murakkab mexanizmlar hisob-kitobi uchun ularni soddaroq sxema-larga aylantirish amalga oshiriladi. Mazkur texnik nazariya tahlili quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi: strukturaning paydo bo‘lishi qonunlari barcha mexanizmlar uchun umumiy tus oladi; mexanizmlar strukturasi umumiy qonunlarning tahlili mexanizm-larning barcha turi va turkumlarini aniqlash, shuningdek, ularning yagona umumiy tasnifini yaratish imkonini beradi; ayni bir tur va turkumga kiruvchi mexanizmlarning strukturaviy va kinematik tahlili ayni bir metod bilan amalga oshirilishi mumkin; struk-turaviy tahlil metodi texnikada hanuzgacha ishlatilmayotgan ko‘p sonli yangi mexanizmlarni aniqlash imkonini beradi6.
Shunday qilib, mexanizmlarning matematikalashtirilgan nazariyasi yaratildi, deb hisoblash mumkin. U konstruktorlar qo‘lida ta’sirchan vositaga aylandi. Muhandislik amaliyoti mazkur texnik nazariya va undan chiqarilgan xulosalarning universalligini tasdiqlaydi.
Klassik tipdagi texnika fanlari shakllanish jarayonining ko‘rib chiqilgan bosqichi quyidagilarni qayd etish imkonini beradi. Texnika fanlari vujudga kelishiga sanoat ishlab chiqarishi rivojlanishi natijasida turdosh muhandislik ob’ektlari sohalari-ning paydo bo‘lishi, ixtiro qilish, konstruksiyalash va hisob-kitoblarda tabiiy fanlarning bilimlaridan foydalanilishi turt-ki berdi. Bilim va ob’ektlarni bir-biri bilan bog‘lash, ontologiya-lashtirish va matematikalashtirish jarayonlari texnika fani ilk ideal ob’ektlari va nazariy bilimlarining shakllanishini, dastlabki texnik nazariyalar yaratilishini belgilaydi. Ayrim mate-matik bilimlardan emas, balki muayyan matematikalardan to‘laqonli foydalanishga, muhandislik ob’ektlarining turdosh sohalarini o‘rganishga, yangi muhandislik qurilmalarini yaratishga intilish shakllanish jarayonining navbatdagi bosqichiga yo‘l ochdi. Texnika fanlarining matematik ontologiyaga kiritish mumkin bo‘lgan yangi ideal ob’ektlari yaratildi, ular asosida texnik bilimlar tizimlari shakllana boshladi, nihoyat, “ideal muhandislik qurilmasi” nazariya-si yaratildi. Amalda bu texnika fanlarida soxta tabiiy tadqiqot ob’ekti paydo bo‘lganini, ya’ni texnika fani uzil-kesil mustaqil xususiyat kasb etganini anglatadi.
Texnika fani shakllanish jarayonining oxirgi bosqichi mazkur fan nazariyasini ongli tashkillashtirish va tuzish bilan bog‘liq. Tadqiqotchilar falsafa va fan metodologiyasida yaratilgan ilmiylik mantiqiy tamoyillarini texnika fanlariga tatbiq etish orqali ularda (mazkur fanlarda) boshlang‘ich tamoyil va bilimlar (funda-mental fan qonunlari va boshlang‘ich qoidalari ekvivalenti)ni ajratadilar, ulardan ikkilamchi bilim va qoidalarni keltirib chiqaradilar, barcha bilimlarni bitta tizimga soladilar. Ammo, tabiiy fanlardan farqli o‘laroq, texnika fanlariga hisob-kitoblar, texnika fanlarining tavsiflari, metodik ko‘rsatmalar ham kiriti-ladi. Texnika fanlari vakillari muhandislikka qarab mo‘ljal olishlari ularni texnika fanlari qoidalaridan foydalanish mum-kin bo‘lgan “kontekst”ni ko‘rsatishga majbur etadi. Hisob-kitoblar, texnik qurilmalarning tavsiflari va metodik ko‘rsatmalar ayni shu kontekstni belgilaydi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə