Texnika falsafasi


Yangi Yevropa fani g‘oyasining Galiley asarlaridagi talqi-ni



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə31/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Yangi Yevropa fani g‘oyasining Galiley asarlaridagi talqi-ni. Yangi davr olimlari fanda olingan bilimni tajribada asoslash g‘oyasini ilgari surar ekanlar, quyidagicha mulohaza yuritgan bo‘lsalar kerak. Bir tomondan, fan tabiat qonunlarini tavsiflashi va belgilashi lozim. Boshqa tomondan esa, tabiat o‘zini o‘zi tajriba-da namoyon etadi. Agar fan to‘g‘ri yaratilgan bo‘lsa, qonunlar (tabiat-ning nazariy holatlari) tabiatning tajribada kuzatish mumkin bo‘lgan haqiqiy holatlariga muvofiq keladi. Tabiiyki, bu yerda fan ham, tabiat ham antik davr yoki o‘rta asrlardagidan boshqacha tushuni-ladi. Fan tabiatning o‘ziga xos modeli sifatida, tabiat esa fanda modellashtiriladigan jarayon sifatida talqin qilina boshlaydi (keyinchalik bu “tabiat matematika tilida yozilgan” degan aforizmda o‘z ifodasini topadi). Tajribaga esa fan (nazariya) va tabiatning muvofiqligini tasdiqlash usuli sifatida qaraladi.
Ammo ob’ekt va bilimlar izomorfizmini qanday qilib aniqlash mumkin? Aristotel falsafasida – bu xato. Biroq Platon g‘oyalari (ular Uyg‘onish davrida ancha mashhur bo‘lgan) bunday amalga yo‘l qo‘yadi. Ma’lumki, g‘oya va narsalarning muvofiqligi aynan Platon falsafasida aniqlangan. Aristotel qat’iyan rad etgan voqelikning ikkilanishi (g‘oyalar dunyosining narsalar dunyosiga muvofiqligi) ayni holda yaxshi samara bergan. Ammo, nazariya va tabiatning muvofiqligini tajriba qanday qilib tasdiqlashi mumkin, degan savol ochiq qolgan. Bu savolga birinchi bo‘lib javob bergan olim Galileo Galiley hisoblanadi. Ammo bunga erishish uchun u tajriba (tabiat hodisalarini bevosita kuzatish)ni nazariya va tabiat hodisalarining muvofiqligini texnik yo‘l bilan, ya’ni sun’iy tarzda aniqlashni nazarda tutuvchi eksperimentga aylantiri-shiga to‘g‘ri keladi. Boshqacha qilib aytganda, tajribada tabiat o‘zini doim nazariyada belgilanganidan o‘zgacha tutadi, lekin eksperimentda tabiat nazariya talablariga javob beruvchi holatga keltiriladi, shu tufayli ham o‘zini fanda nazariy darajada aniqlangan qonunlarga muvofiq tutadi.
G.Galiley fandan tabiat jarayonlarini tavsiflash maqsadida foydalanish uchun har qanday ilmiy tushuntirish va bilimlar emas, balki, bir tomondan, tabiat ob’ektlarining haqiqiy xulq-atvorini tavsiflaydigan, lekin, boshqa tomondan – bu tavsif tabiat ob’ekt-lariga ilmiy nazariyani tatbiq etishni nazarda tutadigan ilmiy tushuntirish va bilimlargina yaroqli ekanligini ko‘rsatib berdi. Boshqacha qilib aytganda, tabiiy ilmiy nazariya muayyan real ob’ektlarga muvofiq keladigan ideal ob’ektlar xulq-atvorini tavsiflashi lozim. Bunda G.Galileyni tabiiy jarayonlarni o‘zlashti-rishni ta’minlovchi – ularni atroflicha tavsiflovchi (ilmiy nazariyada) va ularni boshqarish (ularning xususiyatini bashorat qilish, zaruriy sharoitlar yaratish, amalda ishga solish) imkoniyatini beruvchi ideallashtirish qiziqtirgan. Nazariya yaratish va uni amalga tatbiq etish mo‘ljali G.Galileyni modellarning tavsiflari va nazariy munosabatlarni real ob’ekt (tushayotgan jism)larga tatbiq etishga, ya’ni real ob’ektni ideal ob’ekt bilan tenglashtirishga majbur qiladi. Biroq, ular turlicha bo‘lgani bois, Galiley real ob’ektni bilimda ikki tarkibiy qismga ajratadi. Bir tarkibiy qism ideal ob’ekt bilan muvofiq keladi (Galiley o‘tkazgan tadqi-qotda gap jismning bo‘shliqda erkin tushishi haqida boradi,bu hodisa mazkur jism tezligining mutanosib ravishda o‘sishi qonuni bilan tavsiflanadi), ikkinchi tarkibiy qism esa undan ajralib turadi. Ayni shu ikkinchi tarkibiy qismga Galiley turli omillar – muhit, ishqalanish, jism, qiya, tekislikning o‘zaro ta’siri va hokazolar ta’sirida buzilgan ideal xulq-atvor sifatida qaraydi. So‘ngra real ob’ektning uni ideal ob’ektdan ajratish imkoniyati-ni beruvchi mazkur ikkinchi tarkibiy qismi eksperimentda texnik yo‘l bilan eliminatsiya qilinadi (aniqrog‘i, hisobga olmasa ham bo‘ladigan darajada kichraytiriladi).
Galileygacha ilmiy o‘rganish doim ob’ektning o‘zi o‘zgarmas bo‘lgan holda u haqda ilmiy bilimlar olish sifatida tushunilgan. Real ob’ektni amalda o‘zgartirish niyati tadqiqotchilarning xayoliga ham kelmagan (bu holda u boshqa ob’ekt sifatida tushunilgan bo‘lar edi). Olimlar boshqa yo‘ldan borganlar, aniqroq aytganda, model va nazariyani takomillashtirib, ular real ob’ekt xulq-atvorini to‘liq tavsiflashiga erishishga harakat qilganlar. Real ob’ektni ikki tarkibiy qismga ajratish va nazariya ob’ektning asl tabiatini belgilashiga, u nafaqat bilimda, balki bilim bilan yo‘lga solinadi-gan tajribada, ya’ni eksperimentda ham namoyon bo‘lishi mumkinligi-ga bo‘lgan ishonch Galileyga boshqacha fikrlash imkonini beradi. U real ob’ektga ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan uni o‘zgartirish mumkin-ligini asoslaydi. Bunda real ob’ektning modelini o‘zgartirish talab etilmaydi, chunki ob’ekt model bilan muvofiq keladi. Ayni shu yo‘lda Galiley muvaffaqiyatga erishadi. Binobarin, ko‘pgina olimlar Galileydan oldin ham o‘tkazgan tajribalardan farqli o‘laroq, eksperiment, bir tomondan, real ob’ektdan uning ideal elementini (real ob’ektga nazariy bilimni tatbiq etish yo‘li bilan) ajratib olishni, boshqa tomondan esa real ob’ektni texnik yo‘l bilan ideal holatga, ya’ni nazariyada to‘laqonli aks etuvchi holatga o‘tkazishni nazarda tutadi3. Qizig‘i shundaki, Galiley qarshilik asosiy kuchlari ta’sirini hisobga olmasa bo‘ladigan holatnigina tajribada tekshirib ko‘rgan. Real amaliyotda bunday vaziyat mavjud bo‘lmagan, u nazariy darajada aniqlangan va texnik yo‘l bilan amalga tatbiq etilgan ideal vaziyat hisoblangan. Biroq kelajak aynan shunday ideal vaziyatlarniki ekanligi ayon bo‘ldi; ular inson amaliyotida yangi davr – fanga tayanuvchi muhandislik davriga yo‘l ochdilar.
Kezi kelganda yana shuni ham qayd etib o‘tish lozimki, Galiley eksperimenti muhandislik tasavvurlari, masalan, mexanizm haqida-gi tasavvur shakllanishiga zamin yaratdi. Darhaqiqat, fizik mexa-nizm muayyan tabiiy kuch va jarayonlar o‘zaro ta’sirining tavsifi-dangina emas (masalan, Galileyda jismlarning erkin tushish mexanizmi tushayotgan jism tezliklarining jism og‘irligi ta’siri-da mutanosib ravishda o‘sish jarayonini o‘z ichiga oladi), balki mazkur kuch va jarayonlarni belgilovchi shartlardan (tushayotgan jismga muhit – havo ta’sir ko‘rsatadi, u ikki kuch – Arximedning itaruvchi kuchi va tushayotganda jism muhit zarralarini surishi hamda itarishi natijasida vujudga keluvchi ishqalanish kuchini yaratadi) ham tarkib topadi. Mazkur shartlarni tavsiflovchi parametrlar orasida fizik, odatda, o‘zi nazorat qilishi mumkin bo‘lgan parametrlarni ham aniqlaydi. Masalan, Galiley jismning hajm, og‘irlik, yuzaga ishlov berish kabi parametrlarini u nazorat qilishi mumkinligini aniqla-gan; hatto jism tezligini ham qiya tekislikda uning tushishini sekinlashtirish yo‘li bilan nazorat qilish mumkinligi aniqlangan. Natijada Galiley shunday sharoitni yaratishga muvaffaq bo‘lganki, ularda tushayotgan jism o‘zini nazariyaga muvofiq tutgan, ya’ni jism tezligining o‘sishi mutanosib ravishda yuz bergan va jismning tezligi uning og‘irligiga bog‘liq bo‘lmagan. Ammo bunga erishish uchun tabiiy jarayonlar va o‘zaro aloqalarni tavsiflash, ularni belgilov-chi shartlarni aniqlash bilan bir qatorda, eksperimentda mazkur tabiiy jarayonlarning ayrim parametrlarini nazorat qilish ham talab etilgan. Galiley mazkur parametrlarni nazorat qilish, o‘zgartirish va ularga ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan eksperimentda o‘z nazariyasini tasdiqlashga muvaffaq bo‘lgan. Keyinchalik muhandislar tabiiy o‘zaro aloqalarning texnik maqsadlar uchun zarur bo‘lgan parametrlarini aniqlash va hisoblash yo‘li bilan mazkur texnik maqsadlarga erishish imkoniyatini beruvchi mexanizm va mashina-larni yaratishni o‘rgandilar.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə