Texnika falsafasi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə39/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Tugallanganlik tamoyili, aksincha, loyihalash jarayonida kamroq darajada anglanadi. Ayni hol loyihaga qo‘yilayotgan asosiy talablarni qanoatlantirish loyihalovchi erishishni ko‘zlaydigan asosiy maqsadlardan biri hisoblanishi bilan izohlansa kerak. Bu tamoyil hozirgi davrga kelib loyihalovchi – mualliflarni shaxsan qanoatlantirsa-da, lekin buyurtmachi va jamiyatni qanoatlantirmay-digan loyihalar yaratila boshlaganidan keyingina idrok etilgan.
Loyihalashning optimalligi (loyiha yechimlarining optimal-ligi) tamoyili nafaqat teran anglab yetilgan, balki nazariy daraja-da ham faol muhokama qilinadi13. Loyihalash jarayonini optimal-lashtirish yo‘lidagi harakatlar amalda uning yanada takomillashuvi va yangilanishiga olib keladi.
Shuni qayd etish lozimki, an’anaviy loyihalashning yuqorida ko‘rsatilgan olti tamoyilining har biri loyihalash tafakkurining muayyan mo‘ljali va qadriyatigina emas, balki loyihalash nazariyachi hamda metodologlari muammo va faoliyatining muayyan maydoni ham hisoblanadi.
Loyihalashning ko‘rib chiqilgan xususiyat va tamoyillari faqat klassik an’anaviy loyihalashga (muhandislikka oid, arxitektura-viy-qurilishga oid, texnik loyihalashga oid) xos. Ularni boshqa faoliyat turlari (shaharsozlik, dizayn, boshqaruv, iqtisodiy reja-lashtirish va sh.k.)ga tatbiq etishni tegishli ob’ektlar (shaharlar, boshqaruv, iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy hayot va h.k.)ning faoliyat qonuniyatlariga doir ilmiy va amaliy bilimlarning yo‘qligi yoki mukammal emasligi qiyinlashtiradi. Shunga qaramay, mazkur faoliyat sohalariga loyihalash asta-sekin kirib kelmoqda. Ammo yangi kvaziloyihalash faoliyatlarida loyihalash asosiy vositalari-ning ishlatilishi sezilarli darajada o‘zgaradi, loyihalashning o‘zi esa boshqa, murakkabroq (tashkiliy-boshqaruv, sistemotexnik, ijti-moiy-texnik) faoliyatlarning bosqichi sifatida amal qila boshlaydi.
Texnik borliq. Aynan muhandislik yondashuvi tabiiy jarayon-lar hisob-kitobiga muvofiq amal qiluvchi qurilmalarni yaratish tabiiy jarayonlar ta’siri kuchli bo‘lmagan yoki tabiiy jarayonlarni hisob-kitob qilish va belgilash mumkin bo‘lmagan boshqa turdagi yaratishlardan farq qilishini anglab yetish imkonini berdi. Texnik borliqning birinchi omili muhandislik faoliyati mahsullari, aso-san, texnika deb atalishida namoyon bo‘ladi. Texnik borliqni aniq-lashga imkoniyat yaratuvchi ikkinchi omil – inson va jamiyat hayotiga muhandislik faoliyati mahsullarining ta’siri tobora kuchayib borayotganining anglab yetilishi. Uchinchi omil muhandislik kasblari maxsus guruhi, texnika ta’limi va texnika fanlarining paydo bo‘lishi. Nihoyat, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, bir tomon-dan, fan metodologiyasida texnika fanlarining xususiyatlari va tabiatini muhokama qilish jarayonida, boshqa tomondan esa – texnika falsafasida texnik borliq o‘ziga xos tarzda anglab yetilgani haqida ham so‘z yuritish mumkin. Ilmiy va ijtimoiy ong yuzaga chiqqach, texnika shu davrdan e’tiboran inson hayotida olamshumul ahamiyat kasb eta boshlaydi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə