Texnika falsafasi


Tajribaviy amaliy matnlar



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə41/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Tajribaviy amaliy matnlar
Fan va muhandislik, eksperiment fan, noklassik texnika fanlari, proeklashtirish, an’anaviy proeklashtirish, Yangi davrning texnik realligi, texnika taraqqiyoti qonuniyatlari.


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Fan va texnika mutanosibligi muammosini hal qilishga doir asosiy yondashuvlar.

  2. Fan va texnika munosabatining liniyali va evolyusion modeli.

Qo‘shimcha va tushuntiruvchi matnlar






Bilim va ko‘nikmalarni baholash materiallari

1. Qaysi davrda odam o‘zini xudoning bandasi sifatida emas, balki dunyoning markaziga qo‘yilgan, o‘z xohish-irodasi va istagiga ko‘ra yo tuban, yo oliy mavjudotga aylanishi mumkin bo‘lgan “erkin usta” sifatida idrok etadi?


A) Uyg‘onish davri
B) Yangi davr
V) Eng yangi davr
G) Antik davri
2. Uyg‘onish davri madaniyatining xususiyatlarini ayting.
A) Ilohiy qonunlar o‘rnini asta-sekin tabiat qonunlari, yashi-rin ilohiy kuchlar, jarayon va energiyalar o‘rnini yashirin tabiiy jarayonlar egallaydi.
B) Yaratilgan va yaratuvchi tabiat umumiy qonunlarga bo‘ysunuv-chi yashirin tabiiy jarayon manbai sifatidagi “tabiat” tushunchasiga aylanadi.
V) Fan va bilimlar tabiatni tavsiflovchi bilimlar sifatida-gina emas, balki uning qonunlarini aniqlovchi va belgilovchi bilimlar sifatida ham tushunila boshlaydi.
G) A, B, V javoblar to‘g‘ri.
3. Gapni davom ettiring. Olim-muhandis siymosida Uyg‘onish davri mutafakkiri tabiat qonunlaridan insonga kerak bo‘lgan “yangi tabiat”ni yaratish uchun foydalanishi mumkin. Natijada quyidagilar yaqinlashadi va qayta anglab yetiladi:
A) Tabiat qonunlari va antik asoslar (g‘oyalar, mohiyatlar, shakllar, sabablar);
B) bilish, refleksiya va texnik harakatlar (bilish va refleksiya texnik harakatlar sharti sifatida, texnik harakatlar bilish va refleksiyani asoslash omili sifatida);
V) ilohiy aql, koinot va tabiat;
G) A, B, V javoblar to‘g‘ri.
4. Yangi davrda ilm-fanning rivojlanishiga qaysi faylasuf ulkan hissa qo‘shdi? U tabiatni yangi fanning asosiy ob’ekti deb e’lon qildi va uning to‘laligicha tabiiy modallikka muvofiq keluvchi talqinini ilgari surdi?
A) F.Bekon
B). B.Spenser
V) R.Bekon
G) K.Yaspers
5. Quyidagi fikr F.Bekonning qaysi asarida keltirilgan: “Harakatda inson tabiat jismlarini birlashtirish va ajratishdan boshqa ishga qodir emas. Qolgan ishni tabiat o‘z ichida bajaradi?”
A) “Yangi Organon”
B) “Organon”
V) “Metafizika”
G) To‘g‘ri javoblar yo‘q

  1. Galiley real ob’ektni bilimda nechta tarkibiy qismga ajratadi?

A) Ikkita
B) To‘rtta
V) Beshta
G) Oltita
6. Quyidagi fikrni qaysi faylasuf aytgan: “Muhandislik vazifasi mayatnigi izoxron tebranuvchi, ya’ni muayyan fizik nisbatga (bunday mayatnikning yo‘ldagi biron-bir nuqtadan uning eng quyi nuqtasigacha tushish vaqti tushish balandligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas) bo‘ysunuvchi soat yasashdan iborat bo‘lgan?”
A) X.Gyuygens
B) G.Galiley
V) F.Bekon
G) Ch.Pirs



Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə