Texnika falsafasi


-mavzu. TEXNIKA-TEXNOLOGIYANOVATSIYALARI



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə42/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

6-mavzu. TEXNIKA-TEXNOLOGIYANOVATSIYALARI


Texnokratik diskurs. Texnika konsepsiyala rining tahlili texnika sohasida uch asosiy diskurs – texnokratik, tabiiy ilmiy va ijtimoiy-madaniy diskurslar to‘g‘risida so‘z yuritish mumkinligini ko‘rsatadi. Ularning doirasida texnologiyaning yuqorida ko‘rib chiqilgan uch asosiy konsepsiyasi (instrumentalistik, ijtimoiy-deterministik va avtonom texnologiya konsepsiyalari) ta’riflangan.
Hozirgi dunyo – texnik dunyo (shu tufayli ham bizning sivilizatsiyamizni ko‘pincha “texnogen sivilizatsiya” deb ataydilar), texnika esa sivilizatsiyaning asosiy muammo va vazifalarini, shu jumladan, texnikaning o‘zi yuzaga keltirgan muammo va vazifalarni yechish imkoniyatini beruvchi vositalar tizimini o‘zida ifodalaydi, degan nuqtai nazar texnokratik diskursning bosh g‘oyasi hisoblanadi.
Texnokratik diskurs doirasida inson faoliyatining barcha asosiy sohalari: fan, muhandislik, loyihalash, ishlab chiqarish, ta’lim, hokimiyat instituti “texnik” nuqtai nazardan talqin qilinadi. Fan tabiatni o‘zlashtirish imkoniyatini beruvchi bevosita ishlab chiqarish kuchi sifatida tushuniladi. Muhandislik va loyihalashning vazifasi muhandislik va texnik loyihalarni yaratishdan iborat. Ta’lim – ishlab chiqarish uchun mutaxassislar yaratuvchi institut. Ishlab chiqarish – texnika va texnik tizimlar majmui. Hokimiyat – texnik rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi institut. O‘z navbatida, hokimiyat texnika yordamida tanglik va turg‘unlikka chek qo‘yadi, barcha muammo va qiyinchiliklarni bartaraf etadi, umumiy farovonlik, to‘kinchilik, baxt-saodat va erkinlik davriga yo‘l ochadi. Davlat fan va texnikaning qonuniy aloqasini ta’minlaydi, ilmiy-texnika taraqqiyotiga har tomonlama ko‘maklashadi1.
Texnika texnokratik diskursning tavsifiga texnikaga qarab mo‘ljal oluvchi inson ongining xususiyatlarini ham kiritadi. Mafkuraviy nuqtai nazardan mazkur ong o‘zini taraqqiyot va normal-lashtirish (barcha narsa va jarayonlarni standartlashtirish) asosida namoyon etadi; texnikaga qarab mo‘ljal oluvchi ongga uzluksiz o‘sishga intilish xos; nihoyat, mazkur ong texnik borliqning mavjudligiga tahdid soluvchi har qanday tafakkur shakllari yo‘lini to‘sadi1.
Fikrlash nuqtai nazaridan texnikaga qarab mo‘ljal oluvchi ongga ratsionalizm xos. Oqilonalik optimistik diskurs bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u texnikaning muhim jihati – muqarrarligini asos-laydi. Texnika oqilona fan mahsuli hisoblanadi. Binobarin, ratsional amallar bilan belgilanuvchi texnikaning o‘zi ham oqilona. Umuman olganda, odamlar o‘rtasidagi munosabatlar oqilona bo‘lgan holdagina normal hisoblanadi2.
Texnika inson va madaniyat ravnaqiga xizmat qiladi, degan g‘oyani ilgari suruvchi gumanistik diskurs texnika texnokratik diskursning tarkibiy qismidir. Bu har bir fuqaroning jamiyat texnologik mo‘ljallarini tanlashga aralashish huquqini barqaror etishni, texnika sohasidagi barcha yirik masalalar yuzasidan qaror-lar qabul qilish sohasida demokratiyani kengaytirishni talab etadi. O‘tgan asrning 70-yillari o‘rtalarida Fransiyada ilgari surilgan Jyul-Lyabbe dasturi ayni shu vazifalarni hal qilishga qaratildi. Quyidagilar mazkur dasturning asosiy bandlari hisoblanadi: 1) tadqiqot ishlari va texnologik novatsiyalarga potensial qiziqishni identifikatsiya qilish; 2) mazkur dasturni amalga oshirish uchun vositalarni taklif qilish; 3) ushbu novatsiyalarning ikkilamchi va ko‘ngilsiz oqibatlarini ular muqarrar tus olgunga qadar aniqlash; 4) yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni bartaraf etish uchun zarur choralar ko‘rish maqsadida ular haqida jamoatchilikni xabar-dor qilish. Shundan so‘ng qarorlar qabul qilish hokimiyati barcha fuqarolar o‘rtasida mutanosib ravishda taqsimlanishi lozim. Hoki-miyat fuqarolarning ehtiyojlariga muvofiq zaruriy choralar ko‘rishi darkor.
Fan va texnikaning rivojlanish jarayoni chuqurlashgani sari xavfli vaziyat ham kuchayib boradi. Agar bu haqda oldindan o‘ylanmasa, insoniyat halokatga uchrashi muqarrar.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə