Texnika falsafasi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə45/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Ijtimoiy-madaniy diskurs. Ayni shu diskurs doirasida texnikaning yuqorida ko‘rsatilgan ikki konsepsiyasi – “instrumenta-listik” va “ijtimoiy-deterministik” konsepsiyalar ta’riflangan. Bu yerda texnika va texnologiyaning mohiyati muhokama qilinadi. Mazkur muhokama texnika va texnologiyani boshqa hodisalar – borliq, tabiat, inson, til, faoliyat bilan nisbatlashni nazarda tutadi. Texnikaning ijtimoiy-madaniy diskursiga texnikadan sirtdagi turli xil ontologiyalar – faoliyat, texnik oqilonalik shakllari, qadriyatlar, madaniyatning qaysidir jihatlariga texnika-ning reduksiyasi xos. Bunga ishonch hosil qilish uchun falsafa doirasida texnikaga berilgan asosiy ta’riflarga nazar tashlashning o‘zi kifoya. Texnika nima, degan savolga berilgan javoblardan biri shunday: texnika – maqsadlarga erishish vositasi, insonning muayyan faoliyati. Ayrim ta’riflarda g‘oya va ularni amalga oshirishning, ilmiy bilimlarning roli yoki muayyan qadriyatlarning ahamiyatiga urg‘u beriladi. Texnikaga berilgan (ayrim tadqiqotchilarning yondashuvlarini aks ettiradigan) bunday ta’riflarda texnikaning o‘zi go‘yoki g‘oyib bo‘ladi, uning o‘rnini muayyan faoliyat shakllari, bilimlar, qadriyatlar, madaniyatning ba’zi jihatlari egallaydi. Umuman olganda, bu tabiiy hol, zero ijtimoiy-madaniy diskurs vakillari (bular, eng avvalo, faylasuflar, madaniyatshunoslar, antropologlar, sotsiologlar) texnika mustaqil organik birlik emas, balki boshqa borliqning muayyan jihatidir, deb hisoblaydilar. Shu tufayli ham ular texnikaning mohiyatini anglab yetish yoki uni o‘zgartirish xususiyatlarini tushunish uchun texnikaning o‘zini emas, balki mazkur borliqlarni tahlil qilish zarur, degan fikrni isbotlashga harakat qiladilar. Aksariyat hollarda bunday borliqlar sifatida tabiiy fan, texnika fani va ular bilan bog‘liq bo‘lgan amaliyot (muhandistik va industrial ishlab chiqarish), umuman, inson faoliyati, madaniyat va sotsium qaraladi.
Ijtimoiy-madaniy diskurs vakillari mazkur borliqlarni tahlil qilish va ular texnikaga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganish jarayonida murakkab muammoga duch keladilar: demak, texnik rivoj-lanishga amalda ta’sir ko‘rsatish mumkin emas. Darhaqiqat, so‘nggi yillarda ijtimoiy-madaniy diskurs doirasida o‘tkazilgan tadqi-qotlar hozirgi zamon texnikasining faoliyati va rivojlanishi hozirgi odam mo‘ljallarigagina emas, balki inson dunyoning qaysi manzarasi doirasida fikrlayotgan va voqelikni anglayotgan bo‘lsa, shu manzaraga, shuningdek, asosiy ijtimoiy institutlar (ishlab chiqarish, iste’mol, ta’lim va sh.k.) tuzilishiga ham sezilarli darajada bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Shu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi: sivilizatsiyaning bu elementlari va tuzilmalariga qanday ta’sir ko‘rsatish mumkin? Agar ularga ta’sir ko‘rsatish mumkin bo‘lmasa, texnik rivojlanishni boshqarish ham mumkin emasmi? Umuman olganda, texnikaning tabiiy ilmiy diskursida ham ayni shu xulosa kelib chiqadi. Masalan, qaysi sharoitlarda texnogen sivili-zatsiyamiz inqirozga uchrashi muqarrar ekanligini texnetika bizga faqat ko‘rsatishi mumkin, xolos.
Shu o‘rinda ijtimoiy-madaniy va tabiiy ilmiy diskurslar-ning o‘zaro nisbati masalasiga to‘xtalish o‘rinli bo‘ladi, deb o‘ylay-miz. Bu diskurslar turli muammolarni yechishga, chunonchi: ijtimoiy-madaniy diskurs – texnikaning ekzistensial muammolarini (masalan, texnikaning mohiyati, uning rivojlanish imkoniyatlari, texnik qaramlikka barham berish imkoniyati, texnogen sivizilatsiya taqdiri to‘g‘risidagi masalalarni) yechishga, tabiiy ilmiy diskurs esa – texnikaga doir texnik muammolarni yechish (texnik rivojlanishni ilmiy prognozlashtirish, texnik majmualar hayot sikllarini hisob-kitob qilish, ilmiy-texnikaviy siyosat uchun tavsiyalarni yaratish)ga xizmat ko‘rsatadi. Ijtimoiy-madaniy diskursda texnika inson faoliyati va madaniyatning kengroq kontekstida, tabiiy ilmiy diskursda esa – faqat alohida tabiat (hayot shakli) sifatida qaralgani bois, birinchi diskurs ikkinchi diskursni belgilaydi, deb hisoblash (ya’ni, ijtimoiy-madaniy diskurs tabiiy ilmiy diskurs asoslaridan biri sifatida qaralishi) mumkin. Masalan, ijtimoiy-madaniy diskursda “hujjat” tushunchasi “me’yor” tushunchasining ayrim ko‘rinishi hisoblanadi va turli-tuman tuzilmalar – texnik faoliyat namunalari, tabiat qonunlari, texnik konsepsiyalar, muayyan hujjatlar va hokazolarni o‘zida ifodalashi mumkin. Shu nuqtai nazardan, texnik senozlar va texnoevolyusiyadan tashqari, texnik hayotning boshqa shakllari haqida ham gapirish, ya’ni texneti-kani texnik hayotning tegishli shakllarini tavsiflovchi ideal muhandislik qurilmalari boshqa nazariyalari bilan to‘ldirish mumkin bo‘lsa kerak.
Xulosa. Umuman olganda, ijtimoiy-madaniy diskurs zamonaviy va istiqboli porloq diskurs hisoblanadi, lekin unda ijtimoiy harakat muammosi o‘z yechimini topmagan. Bundan tashqari, u qolgan ikki diskurs bilan uncha yaxshi bog‘lanmaydi.



Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə