Texnika falsafasi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə44/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Uchinchi bosqichda noklassik turdagi texnika fanlarida ideal muhandislik qurilma (tizim)lari nazariyalari yaratiladi. Masalan, nazariy radiolokatsiyada XX asrning 50-yillaridan keyin radio-lokatsiya tizimlari nazariy sxemalarini tahlil va sintez qilish taomillari ishlab chiqildi. Turli xil radiolokatsion qurilmalar ishining sifatini tahlil qilish vazifasi ularga shovqin va halaqitlar bilan aralash signal ta’sir ko‘rsatganida mazkur qurilmalar faoliyati murakkab jarayonlarni o‘rganishdan iborat bo‘ladi. Radiolokatsiyada qo‘llanilayotgan metodlar o‘z vazifasi, parametrlari va konstruksiyasiga ko‘ra farq qiluvchi (bort, dengiz, yer usti, aniqlash, kuzatish va sh.k.) radiolokatsiya tizimlarini yagona nuqtai nazardan taqqoslashni amalga oshirish imkonini beradi. Ushbu maqsadga erishish uchun bir jinsli ideal radiolokatsiya ob’ekti – “ideal radiolokatsiya tizimi” quriladi va unga nisbatan radiolokatsiya uzoqligining asosiy tenglamasi, shuningdek, uning ish ko‘rsatkichlarini tavsiflovchi tenglamalar ta’riflanadi12.
Klassik texnika fanlarining shakllanish jarayoni ham, noklassik texnika fanlarining shakllanish jarayoni ham ideal muhandislik qurilmalari nazariyasining yaratilishi bilan yakunla-nadi. Bu nazariyalar texnika fanlarini tabiiy fanlarga qarama-qarshi qo‘yadi, chunki ideal muhandislik qurilmalarining hayoti va faoliyati birinchi tabiat qonunlari bilangina emas, balki muhandislik ob’ektlarining paydo bo‘lishi va yashashini belgilovchi ikkinchi tabiat qonunlari bilan ham belgilanadi. Shu ma’noda, texnetika ideal muhandislik qurilmalari nazariyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Unda kvazitabiiy tuzilmalar sifatida tavsiflangan texnika va texnologiya o‘rganish ob’ekti hisoblanadi. Ayni holda ularning “hayoti” biologik qonuniyatlar bilan belgilanadi. Mazkur nazariyani yaratishda “axborot”, “evolyusiya”, “tanlanish”, “hujjat” tushunchalaridan foydalanilgan bo‘lib, ular texnika va texnologiyada o‘xshash jihat va jarayonlarni ajratish, so‘ngra ular bo‘ysunadigan munosabatlarni aniqlash imkoniyatini bergan. Texnetikada N-taqsimlanish ana shunday munosabatlarning asosiylaridan biri hisoblanadi13. Shunday qilib, texnetika aslida (noklassik turdagi) texnika fani bo‘lsa-da, u texnika va texnologiyani muayyan qonunlarga bo‘ysunadigan fenomenlar (texnoevolyusiya) sifatida tavsiflaydi.
Shuni qayd etish lozimki, tabiiy ilmiy diskursdan ba’zan texnokratik diskurs doirasida ham foydalaniladi. Masalan, I.B.Kudrin o‘zining ayrim asarlarida voqealar hozirgi zamon texnogen sivilizatsiyasi doirasida rivojlanishi muqarrar ekanligi-ni ko‘rsatadi, lekin, shu bilan bir paytda, bunday rivojlanish sivilizatsiyamizning asosiy muammolarini yechish imkoniyatini berishi va insonni baxtli qilishini ham ta’kidlaydi. Ayni shu asarlarning boshqa o‘rinlarida esa u qarama-qarshi fikrlarni ilgari suradi, masalan, sivilizatsiya inqirozini taxmin qiladi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə