Texnika falsafasi


-mavzu. TEXNIKA VA TEXNOLOGIYaLARNI BOShQARUV TIZIMI



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə47/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

7-mavzu. TEXNIKA VA TEXNOLOGIYaLARNI BOShQARUV TIZIMI


Texnikani yaratish. Ma’lumki, boshqaruv tarkibiga quyidagi tuzilmalar kiritiladi: o‘rganilayotgan hodisa (ayni holda texnika va texnologiya)ni ideal ob’ekt sifatida tavsiflovchi sxema, bunda gap “ehtimol tutilgan ob’ekt” haqida boradi; mazkur sxema diskurslar tahlili, shuningdek, mazkur ob’ektga nisbatan ijti-moiy harakat xususiyatini e’tiborga olishi lozim; dispozitiv o‘rganilayotgan hodisani mazkur ob’ektning ayrim, nisbatan musta-qil tomonlari yoki jihatlarini o‘z ichiga oluvchi geterogen tuzilma sifatida tavsiflaydi; hodisani o‘rganish va tavsiflashning keyingi darajalariga nisbatan dispozitiv metodologik tavsif sifatida qaralishi mumkin.
Hozirgi tadqiqotlarda texnika yaratishning to‘rt asosiy usuli: amaliy texnika, muhandislik, loyihalash va texnologiya ajra-tiladi. Inson rivojlanishining dastlabki bosqichlarida, shundan so‘ng XVI-XVII asrlarga qadar texnika vositalari (qurilma va inshootlar) texnik faoliyat va texnika namunalarini, shuningdek, texnik faoliyatni tashkillashtirish qoida hamda algoritmlarini o‘z ichiga oluvchi texnik tajriba asosida yaratilgan. Bunda turli belgi va bilimlardan (atributiv, empirik bilimlardan, antik davrdan boshlab esa ilmiy bilimlardan ham) foydalanilgan1.
Yangi davrda muhandislik faoliyati vujudga keladi va unda texnika vositalari yaratishda quyidagilarni nazarda tutadi: a) amaliy effekt va’da qiluvchi tabiiy jarayonlarni ajratish va tabiiy fan yoki texnika fanida o‘rganishni; b) ajratilgan tabiiy jarayonlarni ishga solishni ta’minlovchi konstruksiyalarni muhan-dislik bilimlari va sxemalari yordamida ishlab chiqishni; v) topilgan konstruktiv yechimlarni materialda bajarish va olingan muhandislik qurilmalari yoki inshootlarini maromiga yetkazishni.
XIX asr oxiri, XX asr boshida loyihalash faoliyati shakllan-di. U XX asr o‘rtalariga kelib yuksak darajada samara bera boshlay-di. Loyihalash faoliyati doirasida semiotik kontekstda quyida-gilar ishlab chiqiladi (loyihalanadi): texnik qurilma yoki inshoot-lar tuzilishi, ularning faoliyati, ularni yaratish asosiy bosqichlari. So‘ngra loyihalar bo‘yicha tayyorlash sohasida tegishli qurilma va inshootlar materialda yaratiladi. Ilmiy va amaliy bilimlardan tashqari, loyihalashda muayyan me’yorlardan foydalaniladi. Bu me’yorlar loyihalanayotgan ob’ekt jarayonlarining ularni ta’min-lovchi konstruktiv elementlar bilan loyihalash tajribasida olin-gan munosabatlarini aks ettiradi.
XX asr o‘rtalaridan boshlab maydonga (so‘zning keng ma’nosi-dagi) texnologiya chiqadi. Texnologiyani yaratish vazifasi texnik borliq bilan bog‘lanadi va murakkab texnik sistemani yaratishni nazarda tutadi. Muhandislik tafakkuridan farqli o‘laroq, bu yerda muhandis tomonidan ajratilgan, amaliy effekt va’da qiluvchi tabiiy jarayon yo‘q. Asosiy yechim mazkur tabiiy jarayonni ishga solish va boshqarishni ta’minlovchi qurilmani yaratishdan emas, balki ko‘p sonli faoliyat turlari – ilmiy tadqiqotlar, muhandislik ishlanmalari, murakkab hamda kichik tizimlarni loyihalash, turli resurslar, siyosiy harakatlarni tashkillashtirishni uyushtirish va uyg‘un birlashtirishdan iborat. O‘z navbatida, bu rang-barang faoliyat turlarini yagona funksional asosda uyushtirish uchun o‘ylangan sistema yaratilgunga qadar qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish, muhandis-lik va texnologik ishlanmalar yaratish, qo‘shimcha loyihalar ishlab chiqish hamda resurslarni ishga solish talab etiladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, bunday vazifani hal qilishga qudratli davlatlar (masalan, AQSh yoki Yaponiya yoxud Umumiy Bozor doirasida birlashgan Yevropa mamlakatlari) qodir, bunda mazkur loyihani amalga oshirishga kirishish haqida uzil-kesil qarorning qabul qilinishi ko‘pgina ijtimoiy va madaniy omillar (jamoatchilik fikri, omma-viy axborot vositalaridagi targ‘ibot, parlament qarori, hukumat loyihalari, ishlab chiqaruvchi firma va kasaba uyushmalarining manfaatdorligi va hokazolar) bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, ko‘p sonli faoliyat turlarining loyihalashtirilgan, tashkillashtirilgan va boshqariladigan birikmasini o‘zida ifoda-lovchi texnik inshoot (sistema)lar yaratishning texnologik usuli ijtimoiy-madaniy omillarga sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə