Texnika falsafasi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə43/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Tabiiy ilmiy diskurs. Texnokratik diskurs tanqidi hamda texnik borliqning hozirgi dunyoda inson hayotining barcha tomon-larini belgilovchi ko‘lami va ahamiyatining anglab yetilishi yangicha yondashuvlarni topish yo‘lidagi izlanishlarga zamin hozirladi. Tabiiyki, aniq fanlarning vakillari texnikaga o‘zlari odatlangan usulda nazar tashlashga, ya’ni uni muayyan qonunlarga bo‘ysunuvchi tabiiy hodisa sifatida tasavvur qilishga harakat qildilar. Bunday qonunlarning kashf etilishi texnik rivojlanishni prognozlash-tirish, hisob-kitob qilish va hatto istiqbolda boshqarish imkoniyatini va’da qilar edi. Mazkur g‘oya texnotsenoz nazariyasida, ayniqsa, izchil ro‘yobga chiqarilgan. Texnikaning tegishli diskursini texnik borliq haqidagi original ta’limotni yaratgan va uni “texnetika” deb nomlagan professor I.B.Kudrin tavsiflaydi.
I.B.Kudrin fikriga ko‘ra, texnik borliq umumiy xususiyat kasb etgan bo‘lib, uning mohiyati shunday bir tabiiy jarayonni o‘zida ifodalaydiki, unda bir texnik hodisa inson xohish-irodasidan qat’i nazar, boshqa texnik hodisani yaratadi. Hozirgi texnik borliq vaqtda qayd etilgan muayyan texnotsenozning bir zarrasi sifatidagina mavjud. Bu texnotsenozning ulkan qismi tiriklar tug‘ilgunga qadar yaratilgan bo‘lib, uning murakkab ierarxiyasi sayyora texnosferasini hosil qiladi. Texnik borliqning global evolyusio-nizmi boshqa texnik borliqning paydo bo‘lishini belgilaydi, nati-jada texnik va texnetik birliklarning har biri o‘zini qurshagan dunyoni o‘zi uchun qulay bo‘lgan yo‘nalishda o‘zgartiradi. Texnetika insonni e’tibordan soqit etadi: agar zavod qurilgan va ishlayotgan bo‘lsa, o‘rnatilgan asbob-uskunalarning tarkibiy tuzilishi giperbolik N-taqsimlanish parametrlari bilan belgilangan doirada bo‘ladi. Hozirgi borliq texnik (texnetik) borliqdir. Tiriklik dunyosida texnik borliq amalda mavjud borliq sifatida idrok etiladi. Insonni qurshagan yashash muhiti o‘zgartirilgan tabiatdir, texnosfera biosfera bilan birikdi va unda o‘zgarish yasadi4.
Texnetika muallifi texnikaga hujjatlar bilan, shuningdek, innovatsion faoliyatning diversifikatsiya, variofikatsiya, assortitsa kabi xususiyatlari bilan belgilanuvchi mahsulotlarning o‘zaro bog‘langan to‘plami sifatida yondashiladigan bo‘lsa, texnik biologik sinozlarni eslatadigan va biologik qonunlarga o‘xshash qonunlarga bo‘ysunadigan tabiiy tuzilma sifatida qaralishi mumkinligini isbotlashga harakat qiladi. “Shunday qilib, biz mashinalar dunyosi-ni hayvonot dunyosi bilan (kattalik jihatidan insonga tenglash-tirish mumkin bo‘lgan yirik hayvon va qushlar bilan) solishtiri-shimiz mumkin,” – deb yozadi I.B.Kudrin. – “Bu yerda asbob-uskunalarning har bitta birligini ajratish va bir joydan boshqa joyga ko‘chirish, uni boshqasi bilan almashtirish imkoniyati nazarda tutiladi, ya’ni boshqa mashina ham organizm sifatida, ta’bir joiz bo‘lsa, alohida hayvon sifatida qaralishi mumkin... Mahsulotning texnotsenozdan birinchi prinsipial farqi “texnik senoz” tushunchasiga berilgan ta’rifdayoq namoyon bo‘ladi: bu bir-biri bilan uncha yaxshi bog‘lanmagan va o‘zaro ta’siri zaif bo‘lgan, bilish maqsadi uchun yaxlit bir butun sifatida ajratiladigan mahsulotlarning deyarli cheksiz to‘plamidan tarkib topgan hamjamiyatdir”5. Lo‘nda qilib aytganda, o‘simlik biologiyada qanday rol o‘ynasa, mahsulot ham texnetikada shunday rol o‘ynaydi, deb faraz qilsak, tabiiy va informatsion tanlanish qonunlari bir-biri bilan muvofiq keladi. Texnoevolyusiya – variofikatsiyaga asoslangan ijodiy jarayon; novatsiyalar mavjudligi, sinov va xatolar yo‘li, ixtisoslashuv texnoevolyusiya uchun majburiy; ontogenez hujjatga muvofiq yuz beradi, texnoevolyusiya esa dasturlashtirilmagan rivojlanish bo‘lib, bu yerda hujjatda namoyon bo‘luvchi vorisiylik fundamental xossa. To‘g‘ri, ayni holda hujjat, variofikatsiya, novatsiya, sinov haqidagi tasavvurlar tafakkurning nafaqat tabiiy, balki sun’iy omilini ham nazarda tutadi6.
I.B.Kudrin bu ziddiyatni yechishga urinib, texnika va texnolo-giya haqida yangicha tasavvurni kiritadi. Bunda mazkur jarayonlar doirasida sun’iy fenomenlar tabiiy fenomenlar sifatida amal qiladi. I.B.Kudrin texnikani “texnik borliqning bir qismi” sifatida, texnologiyani esa texnikaning protsessual tomoni sifati-da tavsiflaydi. “Shunday qilib, texnika texnotsenozlarning tarki-biy tuzilishini belgilaydi, texnologiya esa ayrim mashinalar, agregatlarning faoliyat jarayonini ham, umuman, texnotsenozning faoliyat jarayonini ham ta’minlaydi. Texnologiya – texnikaning moddiylashuvchi joni. Uning negizini ayrim hujjatlashtirilgan texnologik jarayon, harakat tashkil etadi”7. Ammo bunda inson, semiozis (axborot), tabiat, texnik ishlab chiqarish mahsulot va chiqindilari texnoevolyusiya doirasidan tashqarida qoladi. I.B.Kud-rin izchil mulohaza yuritib, texnologik ishlab chiqarish material-lari sifatida tabiatni, axborotni, texnik mahsulotlar va chiqindi-larni texnik borliq tarkibiga kiritadi. Insonni esa texnetika muallifi texnik borliq shakllanishining zaruriy sub’ektiv omili sifatida talqin qiladi. Shundan keyingina I.B.Kudrin texnoevolyu-siyani tabiiy jarayon sifatida ziddiyatsiz tavsiflash imkoniyatiga ega bo‘ladi. “Texnoevolyusiya elementar bosqichining falsafiy mohiyati: material o‘z shakl-shamoyilini o‘zgartiradi, yangi mahsulot qayta tug‘ilishi uchun inkor etiladi; texnologiya ob’ektiv tabiiy (fizik, biologik) va texnik qonunlarning informatsion in’ikosi sifatida o‘zgarishsiz saqlanib qoladi, lekin ma’naviy jihatdan eskiradi; texnika o‘z resurslarini sarflab tugatadi, jismonan va ma’nan eskiradi; ayrim mahsulot baholanadi, iste’molda yo‘q bo‘ladi va paydo bo‘lgandan yo‘q bo‘lgunga qadar barcha bosqichlarda chiqindilarni vujudga keltiradi. Informatsion tanlanish – “yaxshi-yomon” fikrni hujjatli rasmiylashtirish jarayoni siklma-sikl yuz beradi”. Texnetikada inson quyidagi xususiyatlar bilan tavsif-lanadi: “Texnik borliq mutatsiya jarayonida quyidagi qobiliyatlarni qo‘lga kirituvchi insonni yaratadi: a) hayvon sifatida o‘zi yasagan mehnat qurollarini anglash; b) mahsulot “g‘oyasi”ni ajratish va uning “obrazi”ni o‘z qabiladoshiga yetkazish (informatsion borliq ibtidosi); v) o‘zi uchun ishlashga majburlash. Mazkur qobiliyat “obraz”ni N-taqsimlanish atamalarida ifodalash imkoniyatiga faqat inson ongi qodir ekanligini ko‘rsatadi”8.
Xo‘sh, texnetika inson uchun qanday imkoniyatlar yaratadi? U texnoevolyusiya qonunlarini belgilash, texnik populyatsiyalarning parametrlarini hisoblash, texnoevolyusiya jarayonini prognoz qilish imkoniyatini beradi. Masalan, I.B.Kudrin sivilizatsiyamizning inqirozini hisob-kitob qiladi va uni ehtiyotkorlik bilan gipoteza deb nomlaydi. “Endi jahonda har yili ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan mahsulot turlarining chegaraviy umumiy miqdoriga o‘tamiz”, – deb yozadi u. – “Menimcha, bu sivilizatsiya texnologik yo‘ldan hara-katlanishda davom etgan holda ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan mahsulot turlarining chegaraviy miqdoridir. Analogiya bo‘yicha texnik (texnetik) turlarning 1016 (o‘nning o‘n oltinchi darajasi) soni aytilishi mumkin. Shunda sivilizatsiyamiz inqirozga uchraydi, aniqrog‘i, uning o‘rnida texnointellektual dunyo – texnotron sivili-zatsiya vujudga keladi”9.
Umuman olganda, texnetika tabiiy fan emas, balki texnik fan, binobarin, u odatdagi tabiiy jarayonlarni emas, balki texnika dunyosini tavsiflaydi. “Texnetika texnika fanlariga kiradi va unda ijtimoiy munosabatlar emas, balki texnik moddiy dunyo va informa-sion dunyo yangi bilimlar manbai hisoblanadi”10.
Dastlabki bosqichlarda klassik tipdagi texnika fanlari shartli ravishda bazaviy deb nomlash mumkin bo‘lgan tegishli tabiiy fanlarning o‘ziga xos “amaliy” bo‘limlari hisoblangan. Keyinchalik ularning negizida o‘z ideal ob’ekt va nazariy bilimlariga ega bo‘lgan mustaqil texnika fanlari shakllangan. Hozirgi zamon noklassik texnika fanlari uchun bunday yagona bazaviy nazariya yo‘q, chunki ular ko‘p sonli (matematik, texnik, tabiiy, hatto, gumanitar) fanlar ishtirokini talab etuvchi kompleks ilmiy-texnikaviy vazifalarni yechishga qarab mo‘ljal oladi. Shu bilan bir vaqtda sintezlanayotgan fanlarning birortasi ham ega bo‘lmagan yangi maxsus metod va nazariy vositalar ishlab chiqiladi. Bu metod kompleks ilmiy-texnikaviy muammoni yechish uchun maxsus moslashtirilgan. Bunga misol qilib informatika muammolarini keltirish mumkin: ularni ishlab chiqishda muhandis va kibernetiklargina emas, balki lingvistlar, logik, psixolog, sotsiolog, iqtisodchi va faylasuflar ham ishtirok etadilar. Noklassik texnika fanlari shakllanishining uch asosiy bosqichini ajratish mumkin.
Birinchi bosqichda ancha murakkab turdosh muhandislik ob’ekt-lari (tizimlari) sohasi vujudga keladi. Mazkur ob’ektlarni loyihalash, ishlab chiqish va hisob-kitob qilish klassik tipdagi tex-nik nazariyalardan bir nechtasi qo‘llanilishiga (zarur holda rivoj-lantirilishiga) olib keladi. Bunda vazifa loyihalanayotgan (o‘rgani-layotgan) tizimning turli jarayonlari, jihati va ish rejimlarini tavsiflash hamda konstruktiv belgilashdangina emas, balki ayrim tasavvurlarning barchasini yagona serqirra model (imitatsiya)da jamlashdan ham iborat bo‘ladi. Ushbu maqsadga erishish uchun blok-sxemalar, sistema haqidagi tasavvur, turli jinsli murakkab tavsif va shu kabilardan foydalaniladi. Mazkur bosqichda tizimlar tahlili klassik turdagi bir nechta texnik nazariyalar (fan)lar asosida, sintez esa – yuqorida zikr etilgan blok-sxema, sistema haqidagi tasavvurlar, murakkab tavsiflar asosida, qisman (ayrim jarayon va kichik tizimlarga nisbatan) klassik turdagi texnika fanlari asosida amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqichda murakkab muhandislik ob’ektining turli kichik tizim hamda jarayonlarida o‘xshash reja va jarayonlar (bosh-qarish, axborotni uzatish, muayyan turdagi tizimlar faoliyati) aniqlanadi. Bu, birinchidan, mazkur muhandislik ob’ektlariga xos bo‘lgan yangi turdagi vazifalarni hal qilish (masalan, turli jinsli kichik tizimlarning ishonchliligi, ularni boshqarish va sintez qilish prinsiplarini aniqlash), ikkinchidan, bunday ob’ektlarni tavsiflash va loyihalash uchun muayyan matematik apparatlardan (matematik statistika, to‘plamlar nazariyasi, graflar nazariyasi va h.k.) foydalanish imkonini beradi. Masalan, axborot nazariyasi va kibernetikaning konseptual hamda matematik apparatidan radiolo-katsiyada foydalanish murakkab signalning nozik strukturasi tahliliga o‘tish uchun imkoniyat yaratdi. “Radiolokatsion axborot” tushunchasi axborot tashuvchisi (signal), ya’ni radiolokatsiya tizimida yuz beruvchi tabiiy jarayon tavsifi bilan bog‘liq. Bunda radio-to‘lqinlarga erkin tabiatli to‘lqinlarning turlaridan biri sifati-da qaraladi. Radiolokatsiya tizimining faoliyatiga sistemotexnikada radiolokatsion axborotga ishlov berish algoritmi sifatida yondashi-ladi. Radiolokatsion signallarga ishlov berish algoritmlarining nazariy sinteziga o‘tish muayyan matematik amallarni bajaruvchi selsin va moslamalar yordamida ma’lumotlarga ishlov berish vositalarining rivojlanishi bilan rag‘batlantirildi. Natijada radiolokatsiya tizim va hisoblash moslamalari funksiyalarini bir-biridan ajratish hozirgi vaqtda ancha mushkul ish hisoblanadi11. Shunday qilib, noklassik texnik nazariyalar ikkinchi darajali texnik nazariyalar hisoblanadi. Ularni yaratish klassik tipdagi texnika fanlaridan foydalanishni, shuningdek, ular asosida tizimli, kibernetik, informatsion va boshqa shunga o‘xshash tasav-vurlarni sintez qilishni nazarda tutadi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə