Texnika falsafasi


-mavzu.YANGI DAVR MADANIYATIDA TEXNIKA



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə30/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

5-mavzu.YANGI DAVR MADANIYATIDA TEXNIKA


Yangi davrda fanlar va muhandislik asoslarining shakllanishi. Biz uchun muhimi shundaki, bu davrda yetakchi madaniy asosning o‘zgarishi yuz beradi: oqilona falsafiy-ilmiy tasavvurlar yana birinchi o‘ringa chiqadi, o‘rta asrlarda amal qilgan tushunchalar ayni shu tasavvurlar nuqtai nazaridan qayta anglab yetila boshlaydi. Uyg‘onish davri madaniyatining boshqa muhim xususiyati – insonni yangicha tushunish. Uyg‘onish davri odami o‘zini xudoning bandasi sifatida emas, balki dunyoning markaziga qo‘yilgan, o‘z xohish-iroda-si va istagiga ko‘ra yo tuban, yo oliy mavjudotga aylanishi mumkin bo‘lgan “erkin usta” sifatida idrok etadi1. Garchi inson o‘zining ilohiy kelib chiqishini tan olsa-da, u o‘zini ham yaratuvchi sifatida his qiladi.
Uyg‘onish davri madaniyatining mazkur xususiyatlari “tabiat”, “fan” va “inson harakati” tushunchalarining yangicha talqini paydo bo‘lishiga ham olib keladi. Ilohiy qonunlar o‘rnini asta-sekin tabiat qonunlari, yashirin ilohiy kuchlar, jarayon va energiyalar o‘rnini yashirin tabiiy jarayonlar egallaydi, yaratilgan va yaratuvchi tabiat esa umumiy qonunlarga bo‘ysunuvchi yashirin tabiiy jarayonlar manbai sifatidagi “tabiat” tushunchasiga aylanadi. Fan va bilimlar endi tabiatni tavsiflovchi bilimlar sifatidagina emas, balki uning qonunlarini aniqlovchi va belgilovchi bilimlar sifatida ham tushunila boshlaydi. Ayni holda tabiat qonunlarini aniqlash – qisman ularni tavsiflash, xolos, muhimi shundaki, tabiat qonun-larini aniqlash ularni ta’riflashni nazarda tutadi. “Tabiat qonu-ni” tushunchasining mazmunida yaratish g‘oyalari, shuningdek, tabiat va insonning o‘xshashligi g‘oyasi (tabiatni bilish, uning jarayonlari insonga xizmat qilishi mumkin) o‘z aksini topadi.
Nihoyat, “tabiat qonunlari”ni bilish insonning “tabiat kuchi” va energiyalaridan foydalanishga qaratilgan faoliyatining zaruriy shartiga aylanadi. Boshqa bir zaruriy shart – insonning tabiat jarayonlarini ishga soluvchi harakatlarini aniqlash. Aristotelning amaliy faoliyatni boshlab beruvchi “so‘nggi bo‘g‘in”ni aniqlash g‘oyasi ayni holda insonning tabiat jarayonlarini ishga soluvchi harakat-lari g‘oyasiga aylanadi. Bunda mazkur harakatlardan so‘ng tabiat o‘zi (P.Engelmeyer ta’biri bilan aytganda, “o‘z-o‘zidan”) harakat qiladi.
Shunday qilib, Uyg‘onish davri mutafakkiri Galileyning fikriga ko‘ra, tabiat qonunlarini nafaqat avliyo, balki oddiy inson (olim) ham bilishi mumkin. Ammo buning uchun u o‘z faoliyatini ilohiy andoza-dan kelib chiqib idrok etishi lozim. Olim-muhandis siymosida Uyg‘onish davri mutafakkiri tabiat qonunlaridan insonga kerak bo‘lgan “yangi tabiat”ni yaratish uchun foydalanishi mumkin. Natija-da quyidagilar yaqinlashadi va qayta anglab yetiladi: tabiat qonun-lari va antik asoslar (g‘oyalar, mohiyatlar, shakllar, sabablar); bilish, refleksiya va texnik harakatlar (bilish va refleksiya texnik harakat-lar sharti sifatida, texnik harakatlar bilish va refleksiyani asos-lash omili sifatida); ilohiy aql, kosmos va tabiat. Ammo Uyg‘onish davrida tabiat haqidagi yangicha tasavvurlar shakllanadi, xolos. Ularni tavsiflash, tahlil qilish va rivojlantirish esa Yangi davr faylasuflarining asarlaridagina amalga oshiriladi.
Bu davrda ilm-fanning rivojlanishiga F.Bekon, ayniqsa, ulkan hissa qo‘shadi. U tabiatni yangi fanning asosiy ob’ekti deb e’lon qiladi va uning to‘laligicha tabiiy modallikka muvofiq keluvchi talqinini ilgari suradi. Shu bilan bir paytda, F.Bekon tabiatni insonning amaliy harakatlari bilan ishga solinuvchi tabiiy jarayonlar manbai sifatida, “yangi tabiat”ni yaratuvchi ama-liy harakat (muhandislik harakati) omili sifatida talqin qiladi. “Harakatda inson tabiat jismlarini birlashtirish va ajratishdan boshqa ishga qodir emas. Qolgan ishni tabiat o‘z ichida bajaradi”2, deb ta’kidlaydi u.
F.Bekon ilmiy bilish va amaliy harakatning prinsipial aloqasini aniqlaydi. Shu davrdan e’tiboran tabiatning inson tabiat qonunlariga fanda tavsif bergan taqdirdagina u amalda foydalana oladigan materiallar, kuch va energiyalarning cheksiz zahirasi sifatidagi talqini shakllana boshlaydi.
Uyg‘onish davri va XVI-XVII asrlarda yuzaga kelgan tabiat, fan va inson harakatining imkoniyatlari haqidagi tasavvurlar bugungi kunda mazkur narsa va hodisalarning mohiyati (tabiati)ga muvofiq keluvchi tasavvurlar sifatida qaralishi mumkin. Ammo ularga munosabat o‘sha zamonda ham shunday bo‘lgan deb o‘ylash xato bo‘ladi. Aksincha, bu tasavvurlar o‘ta inqilobiy bo‘lgan, ularni yangi davrga mansub olimlarning kichik bir guruhigina e’tirof etgan. Boz ustiga, o‘sha zamonlarda hatto shu olimlar uchun ham bunday tasavvurlar qisman gipotetik bilim bo‘lib qolgan. Darhaqiqat, g‘oya (tabiat kuchlarini fan asosida ishga solish) va uning ro‘yobga chiqarilishi o‘rtasida ulkan masofa mavjud bo‘lgan. Hozirgi davr nuqtai nazari-dan bu g‘oya, o‘ziga xos ijtimoiy loyiha (Platon davlatiga o‘xshash) hisoblangan va inson uni amalga oshirishni uddalay olishi yoki uddalay olmasligi noma’lum bo‘lgan.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə