Texnika falsafasi


Antik fanda “texnik nazariya”



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə27/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Antik fanda “texnik nazariya”. Texnikada ayrim ilmiy bilimlardan foydalanishdan o‘ziga xos antik “texnika fani”ni yaratishga o‘tishni biz Arximed tadqiqotlarida kuzatishimiz mumkin. Ammo mazkur jarayonning ayrim asoslariga antik matematikaning o‘zida ham duch kelish mumkin. Masalan, Yevklidning “Asoslar” asari-da amalga oshirilgan teorema (qoida)larni guruhlash texnik bilim-larni guruhlashga o‘xshab ketishini payqamaslik mumkin emas. (Ma’lumki, texnik nazariyalarda turdosh ideal ob’ektlarning tur-kumlari – tebranish konturlari, kinematik zanjirlar, issiqlik mashinalari, elektr mashinalar va hokazolar tavsiflanadi.) Yevklid turdosh ob’ektlarning turkumlarini tavsiflovchi matematik bilim-larni alohida kitoblarga birlashtiradi.
Antik matematika (Yevklidga qadar yaratilgan asarlar va uning “Asoslari”)da bir ideal ob’ekt (nazariyada tavsiflanmagan shakl) larni boshqa ideal ob’ekt (nazariyada tavsiflangan shakl)larga bog‘-lash va o‘zgartirish taomili ilk bor qo‘llanilgan va maromiga yetka-zilgan. Bunday o‘zgartirish jarayonida nisbatlar (“teng”, “katta”, “kichkina”, “o‘xshash”, “parallel” va sh.k.)ga doir bilimlar olingan. Keyinchalik bu bilimlardan fundamental fanlarda foydalaniladi va ular parametrlashtiriladi, ya’ni tabiiy, real ob’ektlar para-metrlarining aloqalari bilan bog‘lanadi. Nihoyat, antik geometriya-da nazariy mulohaza yuritishning ikki asosiy taomili: to‘g‘ri taomil – geometrik qoidalarni isbotlash, teskari taomil – muammolarni yechish yaratilgan va maromiga yetkazilgan. Bu ikki taomil hozirgi zamon texnika fanlarida “sintez – tahlil” vazifalarini nazariy qo‘yish va yechishning tarixiy muodili hisoblanadi.
Texnik ta’fakkurning ayrim unsurlarini antik astronomiyada ham kuzatish mumkin. Nazariy astronomiyaning pirovard mo‘ljallari pragmatik xususiyatga ega bo‘lgani shak-shubhasiz (oy va quyosh tutili-shini, sayyoralar va oy chiqishi va botishini bashorat qilish, uzoqlik va kenglikni aniqlash va sh.k.). Antik astronomiyaning barcha ob’ekt-lari ma’lum ma’noda turdosh ob’ektlarga kiritilishi mumkin. Ularning modellari – osmon jismlari va episikllarning geometrik tasvirlari shaklining bir xilligi ham bu fikrni tasdiqlaydi. Mazkur modellarda ifodalangan ideal ob’ektlar texnika fanlari-ning ideal ob’ektlari kabi shakllanadi, ya’ni ayrim nazariy ifoda-langan hodisalarni boshqa hodisalar bilan bog‘lash taomillarini sxemalashtirish va ontologiyalashtirish jarayonida yaratiladi (Dastavval bu hodisalar turdosh “fundamental nazariyalar” – arif-dmetika, geometriya, proporsiyalar nazariyasida tavsiflangan.). Nazariya doirasida o‘rganilayotgan real ob’ektning parametrlari o‘rtasidagi munosabatlarni olish taomili ham ilk bor antik nazariy astronomiyada maromiga yetkazilgan bo‘lsa kerak.
Dastavval nazariy astronomiya geometrik modellarining bosh-lang‘ich parametrlari pog‘onasimon va zigzagsimon funksiyalarni qayd etuvchi jadvallardan bevosita o‘zlashtirilgan. Bu jadvallarni yunon astronomlari bobilliklardan olganlar19. Keyinchalik yunon astronomlari osmon hodisalarini qayd etuvchi yangi, “trigono-metrik” modellarga, shuningdek, mazkur modellarni o‘zgartirish jarayonida yuzaga keluvchi talablarga qarab mo‘ljal olgan holda o‘z o‘lchashlarini amalga oshira boshlaganlar (yangi davrda bu taomilni Galiley mexanikaga o‘tkazgan, XIX asrda esa u tabiatshunoslikdan texnika fanlariga kirib kelgan).
Osmon jismlari va ularning traektoriyalarini faqat xudo yaratishi mumkin bo‘lsa (ular asosan tabiiy, kosmik hodisalar sifatida tasavvur qilinadi), kemalar qurish to‘laligicha inson – mohir texnikning ishi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, Arximedning “Suzuvchi jismlar haqida” asarida ilmiy bilimlar-dan texnikada foydalanishning o‘ta qiziqarli ko‘rinishlariga duch kelish mumkin. Asar antik fanning barcha qonunlariga muvofiq yaratilgan: aksioma ta’riflanadi, unga muvofiq teoremalar isbotla-nadi, keyingi teoremalarni isbotlashda oldingi teoremalarni isbotlash jarayonida olingan bilimlardan foydalaniladi. Asar matnida empirik bilimlar, o‘tkazilgan kuzatish yoki tajribalarning tavsiflari keltirilmagan; ideal suyuqlik va unga botirilgan ideal jismlar real suyuqlik va jismlarga qarama-qarshi qo‘yilmagan. Umuman olganda, agar “suyuqlik” va “jism” atamalari real ob’ekt-larga nisbatan ishlatilmasa, ular faqat ideal ob’ektlar va nazariya yaratish taomillari bilan bog‘lansa, Arximed yaratgan fanni tavsif-lash usuliga ko‘ra, Yevklid “Asoslar”ining matematik nazariyalaridan ajratish mumkin emas. Shunga qaramay, Arximed o‘z nazariyasini yaratishda real suyuqlik va jismlar haqidagi empirik bilimlardan foydalangani, uning isbotlash metodi matematik metoddan sezilar-li darajada farq qilishini ko‘rsatish mumkin.
O‘z qoidalarini isbotlashda Arximed suyuqlik va unga botiril-gan jismlarni tasvirlovchi murakkab chizmalardan foydalanadi. Matematik va fizik qoida (bilim)lar ham ayni shu chizmalarga tegishli. Chizmalarda Arximed ideal ob’ektlar – geometrik shakl va jismlarni, shuningdek, to‘g‘ri jismlar botirilgan ideal suyuqlikni o‘zgartirishning turli yo‘llarini namoyish etadi, matematik ideal ob’ektlardan fizik ideal ob’ektlarga o‘tadi. Bu geometrik jismlar-dan kemasozlik amaliyotida kemalar kesimlarining modellari sifatida foydalaniladi. Umuman olganda, Arximed nazariyasi ama-liy jihatdan to‘laligicha kemalarning mustahkamligi “qonun-lari”ni aniqlashga qaratilgan (ayni holda o‘zgaruvchi parametr bo‘lib, kesim shakli xizmat qiladi).
Arximedning “texnika” fani hozirgi zamon texnika fanlari-dan nima bilan farq qiladi?,degan savolga ularning barchasida texnika ob’ektlariga murojaat etiladi, ularning tuzilishi va faoliyati qonuniyatlarining tavsifi keltiriladi, shu maqsadda matematik apparat vositalaridan foydalaniladi, texnikaning real ob’ektlari bilan bir qatorda ideal ob’ektlar ham o‘rganiladi deb javob berish mumkin. Bizningcha, Arximedning “texnika” fani bilan hozirgi zamon texnika fanlari o‘rtasida prinsipial farq mavjud – Arximedda texnik nazariyaning maxsus tili, texnika faniga xos bo‘lgan ontologik sxema va tushunchalar yo‘q. Uning asarida turli tillarning bog‘lanishiga hali ilmiy-texnik tafakkurning maxsus, mustaqil vositasiga aylanmagan ontologik sxema (chizmalar) hisobiga erishiladi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə