Texnika falsafasi


O‘rta asrlar: tabiat va fan haqidagi tasavvurlarning yangicha tushunilishi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə28/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

O‘rta asrlar: tabiat va fan haqidagi tasavvurlarning yangicha tushunilishi. S.S.Averinsev ayrim madaniyatshunos olim-larga ergashib o‘rta asrlar madaniyatida har xil qimmatga ega bo‘lgan uch asos: arxaik (majusiylik), antik va diniy madaniyat mavjudligini qayd etadi. Aynan xristiancha dunyoqarash yetakchi qadriyatlar tizimi sifatida ong va xulq-atvorning arxaik hamda antik shakllarini mustahkamlagan, ularga yangicha mazmun baxsh etgan. Ammo, shu bilan bir vaqtda, diniy dunyoqarashning shakllani-shiga ongning antik falsafiy va ilmiy shakllari ham kuchli ta’sir ko‘rsatgan.
O‘rta asrlarda tabiat, fan (bilim) va inson harakati haqidagi tasavvurlarning yangicha tushunilishi keyinchalik texnikaning yevro-pacha yangi talqini vujudga kelishiga ulkan ta’sir ko‘rsatdi. Antik madaniyat oxirida bu tuzilmalarning uchalasi ham ancha oqilona tushunilar edi. Endi tabiat ham, fan ham, inson harakatlari ham xristianlarning tirik Xudo haqidagi tasavvurlari nuqtai nazari-dan tushunila boshlaydi. Muhimi shundaki, bunda mazkur tasavvur-larning oqilona ma’no tuzilmalari ham o‘zgargan ko‘rinishda bo‘lsa ham saqlanib qoladi.
Tabiat” tushunchasi. O‘zining ikki antik ma’nosidan tashqa-ri, bu tushuncha yana kamida uch ma’no kasb etadi. Tabiat “yaratilgan” (Xudo tomonidan), “yaratuvchi” (garchi Xudo tabiatni yaratgan bo‘lsa-da, unda doimo mavjud bo‘ladi va tabiatda barcha jarayonlar ayni shu mavjudlik tufayli yuz beradi), “inson uchun tabiat” sifatida tushunila boshlaydi. Birinchi ma’no ta’sirida borliqning antik fanlarda tavsiflangan ayrim turlari Tangrining rejasiga muvofiq yaratilgan, shu tufayli ham uyg‘un va mukammal bo‘lgan yagona jonli tabiat haqidagi tasavvurda qaytadan tushunila boshlaydi. Qisman, dunyoni besh kunda yaratgan Xudo, hozirgi texnik retrospeksiya nuqtai nazaridan, g‘oya yaratish va g‘oyani ro‘yobga chiqarish funksiyalari birin-chi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lg‘usi loyihachi va muhandisning g‘oyasi sifatida amal qiladi. Ayni vaqtda, “tabiat” tushunchasining harakat va o‘zgarishning o‘ziga xos asosi sifatidagi antik talqini ham saqlanib qoladi. Garchi Xudo yaratgan tabiat haqidagi tasavvur o‘rta asrlar ongida, hech shubhasiz, yetakchilik qilgan bo‘lsa-da, ba’zan unga aynan “tabiat” tushunchasining antik talqini soya tashlaydi. “Olov o‘z tabiatiga ko‘ra osmonga intiladi”, – deb yozadi Ioann Zlatoust. – “Ammo Xudo quyoshni butunlay boshqacha qilib yaratgan: uning nurlarini yerga qarata yo‘naltirgan va yorug‘likni pastga qarab intilishga majbur qilgan, go‘yoki o‘zining bu amali bilan quyoshga pastga qara va odamlarga nur soch: sen aynan ular uchun yaratilgansan, demoqchi bo‘lgan”20.
Tabiatning jonli tabiatda kuzatilayotgan barcha o‘zgarishlar bunyodkori (tiriklik yaratuvchi) sifatidagi talqini ta’sirida inson yashirin ilohiy kuchlar, jarayon va energiyalarni ko‘ra boshlaydi. Tabiatda mavjud bo‘lgan o‘zgarishlar manbai tabiatga emas, balki eng avvalo Xudoga, u orqali tabiatning o‘ziga tegishli. Shu tufayli ham tabiatda kuzatilayotgan va fanda tavsiflangan tabiiy o‘zgarish va aloqalar o‘rta asrlar falsafasi hamda ilohiyotida “ilohiy qonun-lar”ga (ilohiy g‘oya, iroda, energiyaga) muvofiq yuz beruvchi o‘zgarish-lar va aloqalar sifatida talqin qilinadi. “Yaratuvchi” tabiat haqi-dagi tasavvur bilan inson tabiatda misli ko‘rilmagan kuch va ener-giya yashirinib yotganini, umuman olganda, ularga yo‘l inson uchun yopiq emasligini asta-sekin tushuna boshlaydi. Diniy dunyoqarash nuqtai nazaridan, tabiat inson uchun yaratilgan, insonning o‘zi esa Xudoga “o‘xshatib” yaratilgan, ya’ni qisman ilohiy aqlga o‘xshash tafakkurga ega. Shu tufayli ham inson muayyan ma’naviy sharoitda Xudoning niyatlaridan xabar topishga qodir. Buning natijasida u tabiatning tuzilishi va rejasini, amalda yuz beruvchi tabiiy o‘zgarishlarni belgilovchi qonunlarni aniqlashi mumkin. Ma’lumki, Arximed tayanch nuqtasini topsa, yer yuzini to‘nkarib qo‘yishni va’da qilgan. Antik madaniyatga xos bo‘lgan bu iborada yer kurrasini to‘nkaruvchi kuch insonga tegishli bo‘lgan kuch sifatida tushuniladi. O‘rta asrlar-da mutafakkirlar bunday xatoga yo‘l qo‘ymagan bo‘lardilar: yer kurrasini to‘nkarishga qodir bo‘lgan kuch manbai faqat Xudo va uning o‘xshashi sanalgan tabiatdir. Antik faylasuf uchun tabiatda mohiyatdan boshqa hech narsa yo‘q (u boshqa ko‘plab narsa va hodisalar kabi mavjud, xolos), o‘rta asrlar odami uchun esa tabiat qo‘ynida qudratli kuchlar, jarayon va energiyalar yashirin.
O‘rta asrlar faylasuflari fikriga ko‘ra, tabiatni Xudo inson uchun, uning foydasini ko‘zlab yaratgan. Shunday qilib, tabiat Xudo-ning niyati va faoliyati ob’ekti hisoblanadi, ayni vaqtda inson uchun amaliy ahamiyat kasb etadi. To‘g‘ri, inson tabiatni yaratishga qo‘l urish haqida hali o‘ylamaydi, hozircha bu faqat Xudoning ishi, lekin uning keng yelkasi ortida turib, inson go‘yoki bu vazifani bajarish imkoniyatini chamalaydi.
Fan” tushunchasi. Diniy dunyoqarash ta’sirida fan ham yangi-cha ma’no kasb etadi. Bilimlar (fan) endi mantiq va ontologiyani qanoatlantiruvchi, mavjud narsa va hodisalarni tavsiflovchi fenomen sifatidagina emas, balki ilohiy vahiy va g‘oyaga muvofiq keluvchi fenomen sifatida ham idrok etiladi. Inson aqli, uning tafakkuri ilohiy aql bilan hamohang bo‘lishi, unga o‘xshashga harakat qilishi lozim. Buning natijasida tafakkur mantig‘i “muhabbat va nafrat” nuqtai nazaridan qayta anglab yetiladi21. Tabiatni bilish nuqtai nazaridan bu inson tabiatni tirik yaxlitlik sifatida, yara-tilgan va yaratuvchi sifatida anglab yetishga harakat qilishi lozim-ligini anglatar edi. Umuman olganda, fan endi tabiatni tavsif-lovchi sifatidagina emas, balki ilohiy vahiyning chorloviga javob beruvchi, ya’ni tabiatda ilohiy mohiyatni aniqlovchi sifatida ham tushuniladi. Shu ma’noda, o‘rta asrlar fani tabiatga nisbatan nafaqat diskreptiv, balki amr etuvchi, me’yoriy xususiyat ham kasb etadi.
Harakat” tushunchasi. Inson o‘zining qadimgi (majusiylik) dunyoqarashiga qisman qaytib, o‘z harakatiga uni Xudo qo‘llab-quvvat-lagan holdagina samarali deb qaraydi. Ammo saqlanib qolayotgan antik tasavvurlar ta’sirida bu tushuncha aynan ilohiy talqin kasb etmaydi, balki inson harakati va ilohiy harakatning o‘xshashligi g‘oyasi paydo bo‘lishiga olib keladi. Ammo ilohiy harakat ilohiy niyatni anglab yetishni, shu jumladan, tabiatni bilishni ham nazarda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, diskreptiv (tavsiflovchi) va amr etuvchi (ma’naviy mohiyatni aniqlovchi) funksiyalarda tabiat-ni bilish amaliy harakatning zaruriy shartiga aylanadi. Bu yerda eng mashhur misol – cherkovlar, machit, madrasa, ibodatxona va boshqa diniy qurilmalarni yaratish texnikasi. Ushbu hollarda hunarmand-lar harakati va cherkov faoliyati doim toat-ibodat qilish, ro‘za tutish bilan birga amalga oshirilgan. Ko‘rsatilgan inshootlar shakli va tuzilishi an’ana, qonun, ko‘rsatma harakatidangina emas, balki maz-kur inshootlarning ilohiy tabiati (mohiyati)dan ham kelib chiqib belgilangan. Aristotelga ko‘ra, davolash “salomatlik” tushuncha-siga asoslansa, shu ma’noda “salomatlikka salomatlik asosida” erishilsa, o‘rta asrlar kishisi odamlar salomatligi to‘laligicha Xudoning qo‘lida va shu tufayli ham davolash insonda tegishli ilohiy irodani namoyon etishi (aniqlashi) lozim, deb hisoblagan. Albatta, tabibning qarshi harakatlarisiz ilohiy irodani aniqlash mumkin emas, deb hisoblangan. Texnika falsafasi doirasida texni-ka genezisini o‘rganishni maqsad qilganimiz bois, tarixiy rivojla-nishning barcha xususiyat va bosqichlarini atroflicha o‘rganish shart bo‘lmasa kerak.
Xulosa. Antik madaniyat texnikasining tahliliga yakun yasar ekanmiz, oqilona, falsafiy-ilmiy tafakkur antik texnologiyaning rivojla-nishiga ham ma’lum darajada o‘z ta’sirini ko‘rsatganini qayd etib o‘tishni istar edik. Texnologik tafakkur zamirida, odatda, oqilona shakllar yotadi. Antik falsafa va fanda ilk bor texnologiyaning rivojlanishi uchun anglab yetishning adekvat shakllari shakllantiri-ladi. Mutanosib harakat, osmon, jon, musiqa, davlat, suzib yuruvchi jismlar haqidagi fanlarning rivojlanishi antik texniklarga qator yangi tabiiy effektlarni aniqlash, tegishli sohalar – harbiy mashina va kemalar qurish, astronomik asbob va musiqa asboblari yasash, osmon jismlari va sayyoralarning harakatlarini modellash-tirish, mexanik va suvda suzadigan o‘yinchoqlar ixtiro qilish, davlatni boshqarish san’atida texnika va texnologiyani olg‘a siljitish imkoniyatini beradi.
O‘rta asrlarda texnikaning rivojlanishi ancha an’anaviy tarzda yuz bergan, shu tufayli ham biz unga to‘xtalib o‘tirmaymiz va undan keyingi davrga o‘tamiz.



Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə