Toshkent 2021 mundarij a: Reja Kirish


Umumta'lim maktablarida sinf rahbarining ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga doir nazariy g'oyalari



Yüklə 182,33 Kb.
səhifə4/6
tarix25.01.2023
ölçüsü182,33 Kb.
#99263
1   2   3   4   5   6
Toshkent 2021 mundarij a Reja Kirish

2. . Umumta'lim maktablarida sinf rahbarining ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga doir nazariy g'oyalari.
Sinf rahbari o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalar ekan, u o‘z faoliyatida quyidagi talablarga rioya qilishi kerak: • sinf rahbari o‘quvchi ota-onasining mansabi, boyligiga qarab bolaga muomala qilmasligi lozim. • sinf rahbari bolalarga axloqiy me’yorlarni o‘rgatishi kerak. • gerdayishi, manmanlik, tamagirlik, nodonlik kabi illatlar o‘qituvchi axloqiga yod sifatlardir. • xalq nazarida olim hisoblanadigan o‘qituvchilar yomon ishlardan, fisq-u fasoddan o‘zlarini tiya bilishlari zarur. Sinf rahbarining ota-onalar bilan to‘g‘ri muomala qila olishi murakkab, nozik ish. Chunki hozirgi ota-onalarning ko‘pchiligi o‘rta yoki oliy ma’lumotli kishilar, ular vaqtli matbuot, televideniya, radio orqali ko‘pgina pedagogik axborotlarni bilib oladilar. Shunday vaziyatlar ham bo‘ladiki, o‘g‘il yoki qiz bola maktabda o‘zboshimchalik qiladi, lekin oilada xushyor va gapga quloq soladi yoki aksincha, oilada muomalasi qo‘pol, o‘zboshimcha, maktabda esa o‘zini xushmuomala, intizomli tutadi. Buning sababi nimada? Bunday holatlarning hammasi uchun bir xil sabab va to‘g‘ri javobni topish qiyin, albatta. Chunki har bir holatda uning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. Demak, sinf rahbari va ota-onalarning maqsadlari bir xil bo‘lsa ham, ularning hamkorligi, bir-birini tushunishi, muomala munosabatlari qarama-qarshiliklarsiz bo‘lmaydi. Sinf rahbarining faoliyati kamol topayotgan kishi shaxsini tarkib toptirishga qaratilgandir. Bu faoliyatning natijalari tarbiyalanuvchining qiyofasida, uning shaxsidagi xususiyatlarida, xarakter va xulq-atvorida o‘z aksini topadi. Agar tarbiyachi pedagog nimaga intilayotganini ravshan va aniq tushunmasa, tarbiyalanuvchilar shaxsini takomillashtirishga astoydil intilish bo‘lmaydi, balki tarbiyada o‘tkaziladigan ish tasodifiy tusga ega bo‘lib, buning uchun ajratilgan vaqtni to‘ldirish uchungina olib boriladi. Tarbiya faoliyatining maqsadlarini aniq bilmagan va bu maqsadlarni hisobga olmagan holatda to‘la qimmatli tarbiya yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. 178 Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi jamiyat talablariga bog‘liq bo‘lib, bu talablar, o‘z navbatida, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va jamiyatda yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash ishlarining hammasi yosh avlodda ma’naviy axloq va e’tiqodni shakllantirishga, ularni Vatanga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozim. Yoshlarni ma’naviyaxloqiy tarbiyalash tuzimini takomillashtirishda boshlang‘ich maktab muhim o‘rin egallaydi. Ma’naviy-axloqiy tarbiya ma’naviy ongni bir maqsadni ko‘zlab tarkib toptirish, axloqiy tuyg‘ularni rivojlantirish hamda xulq-atvor ko‘nikmalari va odatlarini hosil qilishdan iborat. Sinf rahbari o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning quyidagi vazifalarini hal etishi kerak: 1) Tug‘ilib o‘sgan joyiga, O‘zbekiston Respublikasiga yuksak muhabbat tuyg‘ularini, uning tabiati va kishilari haqida, Vatanning himoyachilari va mehnat qahramonlari to‘g‘risida, ota-bobolarimiz, ularning dunyo taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari to‘g‘risida ko‘proq bilishga intilishni tarbiyalash. 2) O‘quvchilarda Vatanimizning boy tarixi, shuningdek, boshqa mamlakatlar to‘g‘risida, tinchlik uchun kurash haqida, chet ellardagi bolalar tashkilotlari haqida dastlabki tasavvurlarni hosil qilish. 3) Bolalarda o‘rtoqlik tuyg‘usini, boshqalarga yordam ko‘rsatish ishtiyoqini, umumiy foyda yo‘lida birgalikda faoliyat ko‘rsatishga intilishni tarkib toptirish. Bolalar o‘rtasida, o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rag‘batlantirish, sohta o‘rtoqlik ko‘rinishlariga qarshi kurash olib borish lozim. 4) O‘z so‘zi va va’dasi uchun, o‘qituvchi va jamoa topshiriqlarining bajarilishi uchun mas’uliyat tuyg‘usini tarbiyalash. 5) Bolalarda kishilarga to‘g‘ri munosabatni, keksalar, bemorlar, nogironlarga nisbatan e’tibor va g‘amxo‘rlikni, xushfe’l va botartib, kamtar va haqgo‘y bo‘lishini tarbiyalash. O‘quvchilarni barcha kishilarning yaxshi va yomon xattiharakatlarini farqlay olishga, o‘z xatti-harakatlariga va o‘rtoqlarining xatti-harakatiga adolatli baho berishga o‘rgatishi hamda o‘z kuch-g‘ayratini o‘quvchilarda nopoklik, adolatsizlik, kishilarga 179 rahm-shafqatsiz bo‘lishga nisbatan salbiy munosabatni tarkib topshtirishga qaratishi kerak. O‘quvchilarni tarbiyalash o‘qitishga qaraganda ancha qiyin degan fikrni o‘qituvchilar orasida tez-tez eshitish mumkin. Ma’naviy-axloqiy tarbiya ta’lim berish bilan mustahkam aloqada bo‘lgani holda, o‘zining xususiyatlariga ega. Ma’naviy-axloqiy tarbiya o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashning barcha jarayonlarini bilim berish va o‘rgatish bilan birga qamrab oladi. Bunday ikkita o‘zaro bog‘langan tomon: hayotni bilish va unga bo‘lgan munosabatni tarkib toptirish jarayonlari ajralib turadi. Hayotni bilish ma’lumot olishning asosiy funksiyasi, unga bo‘lgan munosabatni tarkib toptirish tarbiyaning asosi, vazifasini tashkil etadi. Sinf rahbari faqat ta’lim-tarbiyaning birligini emas, balki ularning xususiyatlarini ham ko‘ra bilishi muhimdir. Maktabdagi tarbiya inson shaxsini tarkib toptirish yuzasidan olib boriladigan ulkan ishning bir qismi, xolos, u bolaning ilgarigi tajribalarini hisobga olgan holda tashkil etiladi, undagi barcha yaxshi sifatlarni o‘stirib, noto‘g‘ri tasavvurlar, odatlarni tuzatib borishi va bo‘lajak sifatga zamin tayyorlashi kerak. Ma’naviy-axloqiy tarbiya o‘quvchi maktabni tamomlagandan keyin ham tugallanmaydi, u butun umr bo‘yi davom etadi. Ma’naviy-axloqiy tarbiya ta’lim berish bilan bog‘liq bo‘lgani holda, o‘z xususiyatlariga, o‘ziga xos vazifalari, uni tashkil etishning shakl va metodlariga ega bo‘lib, maxsus ravishda o‘rganilishi lozim. O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muhim sharti ularning o‘quv va o‘qishdan tashqari xilma-xil faoliyatlarining birligi to‘g‘risidagi tushunchalar bilan bog‘liqdir. O‘quv va ma’naviy-axloqiy tarbiya faoliyati bir-birlarini to‘ldirishi lozim. Sinf rahbari tomonidan tarbiyaviy bosqichga rahbarlik qilingan taqdirdagina tarbiyada biror maqsadga qaratilganlik, ma’lum bir tizim bo‘lishi mumkin. Ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, avvalo, tarbiyalanuvchi shaxsining tarkib topish jarayoniga rahbarlik qilishni taqozo etadi. Biror maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning jismoniy hamda ma’naviy-axloqiy yetukligi o‘sib borishiga qarab ularning mustaqilligi va ijodiy faolligi ortib boradi. O‘quvchilar jamoasining ongliligi ortib borishi bi- 180 lan tarbiyachining vazifalari o‘zgaradi. Tarbiya davomida tarbiyalanuvchining qarashlari, hayotiy nuqtayi nazari asta-sekin tarkib topadi.

Sinf rahbarining o’quvchilarga ko’rsatadigan tarbiyaviy ta’sir kuchi ko’p jihatdan uning ma’naviy qiyofasi o’quvchilar ongi va xulq- atvorning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab hayotida, talim-tarbiya jarayonini boshqarishda sinf rahbarining o`ziga xos o`rini bor. U maktabda juda muhim va masuliyatli vazifani bajaradi. Sinf rahbari faoliyatining aksariyat qismi tarbiyaviy jarayon bilan bog`liqdir.



Sinf rahbari deganda - o`quvchilarni bir xil saviyada, bir xil yoshda, bilmi jihatidan ham teng bo`lgan jamoani boshqarib turuvchi pedagog sinf rahbari tushuniladi . Sinf rahbarining asosiy maqsadi, o`quvchilarni to`g`ri tarbiyalash jarayonida o`quvchi va sinf rahbari bilan bir-birini tushuna olish va sinf rahbari tomo-nidan o`quvchilarga etiborliroq bo`lishdir. Boshlang`ich sinf maktab ta’limi-ning dastlabki bosqichi bo`lib, unda bolalar o`qituvchi rahbarligida birinchi qadam qo`yadilar. O`quv faoliyatida bilim, ko`nikma va malakalarni egallaydilar. O`qituvchi sinf bilan yolg`iz ishlaydi va ko`pincha tarbiyachi sifatida ish yuritadi. O`qituvchilik faoliyati bolalarga munosabatda, katta mehribonligi bilan g`amho`rligi bilan xarakterlanadi. Bular esa katta talabchanlik bilan olib boriladi. O`quchilar bilan olib boriladiga o`zaro munosabatlarni to`g`ri yo`lga qo`yish hamda o`quvchilarning o`sishi va rivojlanishiga qarab ularni tarbiyalash sinf rahbari uchun muhim ahamiyatga ega. Bunda o`qituvchi o`quvchilarga pedagogik talablar berishga erishadi, ota-onalar, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilari jamoatchilik bilan doimo aloqa bog`lab turadi. Sinf jamosini tashkil etishda sinf rahbarining o`rni katta hisoblanadi. Sinf majlisi o`tkazish uchun avvalo jamoani jipslashtirish zarur. Sinf rahbari majlisda ko`plab bolalar tarbiyasiga oid masalalarni ko`radi. Sinf majlisida 3-4 ta masalalar ko`rilib, muammoli tomonlar tahlil qilinadi va o`z yechimini topishi kerak bo`ladi. Sinf rahbari majlis o`tkazish davomida yaxshi o`qiydigan bolalarni sinfda, yangi jamoa ichida rag`batlantirishi kerak. Bunda bolalar bir-biriga do’stona munosabatda bo`lishadi. Shuning uchun ular bir-biriga intilib, yaxshi o`qishga harakat qiladi. Yomon o`qiydigan bolalar yaxshi o`qiydigan bolalarga intilib ular ham yaxshi o`qishga kirishadi.
Bundan tashqari sinf rahbari o`quvchilarni bilm darajasini oshirish uchun o`zi sinfida kutubxona tashkil qilishi kerak. Bu kutubxonadagi kitoblarni o`quvchilar sinfdan tashqari o`qish vaqtida yoki darsdan so`ng bo`sh qolgan paytlarida, o`qib o`zlariga foydali tomonlarini olishi mumkin. Bizning yosh avlod xalqimizning inqilobiy, mehnat, jangovar an’analarini o`zlashtirib o`ziga katta avlodning eng yaxshi fazilatlarini g`oyaviy etiqod va matonatini, Vatanga muhabbatini, uning iqtisodiy-siyosiy va jangovar qudratini mustahkamlashda ishtirok etishga intiladi. Sinf rahbari har doim o`quvchilardan xabardor bo`lib turishi kerak. Masalan, bir o`quvchining o`zlashtirishi yomon bo`lsa, uni yaxshilash uchun o`qituvchi birinchi o`rinda ota-onasi bilan uchrashib, surishtirishi lozim. Nimaga yaxshi o`qimaydi, nima uchun darslarni o`z vaqtida qilmaydi, shular haqida ota-onasi bilan suhbat olib borishi kerak. Agar bolaning oilasida hamma sharoit bo`lib bola o`zi yaxshi o`qishni xohlasada, o`zi o`ylagan natijaga erisha olmayotgan bo`lsa, o`qituvchi bolani yaxshi o`qiydigan o`rtog`ining yoniga o`tkazib qo`yish kerak. Bundan tashqari shunga o`xsha-gan o`zlashtiruvchi o`quvchilarni yig`ib, har xil fanlardan masalan matematika, ona tili, o`qish va boshqalardan qo`shimcha darslarni tashkil etib, bolalarni o`qishga bo`lgan talablarni, qiziqishini yanada oshirishga o`qituvchi harakat qilishi kerak. O’qituvchi o’quvchilarning ota-onalari bilan faol ishlashi zarur. Negaki, maktabda sinfda bo’layotgan ishlardan ota-onalar ham xabar topib, qiynalgan vaqtida hamroh bo’lishi lozim. Buning uchun ota-onalar bilan o’qituvchining o’rtasida bog’lab turuvchi aloqa daftarchasini tutishi va uni doim qoldirmasdan yuritib turishi darkor.
Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.O`ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarayotganda u yolg`iz emas, shu sinfda dars berayotgan turli fan o`qituvchilari bilan hamkorlikda va ularga suyangan holda o`quvchilarda milliy dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. O`quvchilarning darsdan tashqari tadbirlarini tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi.
2. O`quvchilarning bilimga bo`lgan qiziqish va qobiliyatini hisobga
olgan holda kasbga yo`naltirish va hayotiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda har bir o`quvchining sog`ligini mustahkamlashga ham e`tibor beradi.
3. Sinf rahbarining diqqat markazida o`quvchilarning yuqori darajada o`zlashtirishini ta`minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o`quvchining kundalik o`zlashtirishidan voqif bo`lib turadi. Orqada qolayotganlarga o`z vaqtida,
kechiktirmay yordam uyishtiradi.
4. Sinfdagi o`quvchilarning o`z - o`zini boshqarish ishlarini yo`naltiradi, ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini ta`min etadi, maktab miqyosida uyishtirilayotgan muhim tadbirlarda o`z sinfining faol qatna-shishini ta`minlaydi.
5. Sinf o`quvchilarining ota – onalari, o`quv kuni uzaytirilgan guruhlarning tarbi-yachilari, korxona va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqa o`rnatadi.
6. Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan o`qituvchilari o`rtasida o`quvchilarga nisbatan yagona talablar o`rnatishga erishadi, ota – onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan maktab o`rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.
7. Sinf rahbari o`z sinfidagi turli hujjatlarni: sinf jurnali, o`quvchining kundaliklari, tabellar, shaxsiy ma`lumotlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi. Ko`rinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish sinf rahbarinig shaxsiy sifatlariga ham bog`liqdir. Tarbiyaviy ishlarning sifat va sama-radorligi, avvalo tarbiyachining g`oyaviy ichonchiga va e`tiqod darajadiga bog`liq. Buning uchun sinf rahbari fan yangiliklarini muntazam o`zlashtirib borishi bilan o`zining bilimini oshiradi. Sinf rahbarining axloqiy obro`si g`oyat darajada yuqori bo`lishi ham bu o`rinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta`sir ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma`naviy qiyofasi o`quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Chunki, tarbiyachi qobiliyati juda ko`p sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon dildan ko`ngil qo`yish, bolalarga bo`lgan cheksiz muhabbat, muomala nazokatligi, oqil va adolatlilik namunasi, sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning bo`lishi taqozo qilinadi.

Tarbiyaning maqsadi. Tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi xususida fikr yuritganda, uning aniq maqsadga yo’naltirilgan hodisa ekanligi ta’kidlanadi. Inson kamolotiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, bu omillar ichida tarbiya muhim va yetakchi o’rinda turar ekan. Haqli savol tug’iladi: tarbiyaning maqsadi nima? Uning maqsadini kim va nima belgilab beradi?



Yüklə 182,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə