70
AQSHda ―monopol arzon narxlar tushunchasi‖, ya‘ni monopsoniya (yoki ustun
mavqega ega bo‗lgan korxona – sotib oluvchi) holatida o‗rnatiladigan narxlar ta‘rifi
berilmagan. Kamdan-kam ko‗rib chiqiladigan ―yirtqich narxlar‖ tushunchasi mavjud.
Evropa Ittifoqida esa ―insofsiz arzon xarid narxlari‖ (monopson narxlar) Rim
SHartnomasini 82(a) moddasiga to‗g‗ri keladi, lekin EH tarixida ushbu narxlar
bo‗yicha ayblovchi bitta ham hukm chiqarilmagan. Tarixda faqatgina bitta ish ko‗rib
chiqilgan. Biroq, katta supermarketlarni (ulgurji savdo bilan shug‗ullanuvchilar va
qishloq xo‗jalik mahsulotlarini etishtiruvchilarni narxlarni pasaytirishga majbur
qiladigan) bozor hukmronligidan norozi bo‗lish holatlarini ko‗payishi oqibatida
―insofsiz arzon xarid narxlari‖bo‗yicha ishlar soni ko‗payishi ehtimoli ham yo‗q
emas.
Rossiyada faqat ―yirtqich narxlarga‖ ta‘rif berilgan:
Tovarni monopol arzon narxi (moliyaviy xizmatlardan tashqari) ushbu tovarni
ishlab chiqarish va sotishda iqtisodiy asoslangan
xarajatlar va oqilona foyda
summasidan sezilarli kam bo‗lgan, yoki raqobat sharoitida taqqoslanadigan tovar
bozorida tovarni sotib oluvchilar (sotuvchilar) bilan bitta shaxslar guruhiga
kirmaydigan va ushbu taqqoslanadigan bozorda ustun mavqega ega bo‗lmagan
sharitlarda belgilanadigan narxlardan sezilarli darajalarda past bo‗lgan, tovar
bozorida ustun mavqega ega bo‗lgan xo‗jalik yurituvchi subyekt tomonidan
tovarga
o‗rnatilgan narx. Sotuvchi tomonidan o‗rnatilgan, raqobatchilarni bozordan siqib
chiqarish oqibatida raqobatni cheklashga olib kelmasa, tovarni monopol arzon narxi
hisoblanadi. Tabiiy monopoliya subyektlarini tabiiy monopoliyalarni tartibga solish
organi tomonidan belgilangan tariflar darajalaridja o‗rnatgan narxi, tovarni monopol
arzon narxi hisoblanmaydi.
Ta‘rifni muvaffaqiyatli
berilgani shundaki, u ushbu narxlarni qo‗llamaslik
bo‗yicha ―raqobatni cheklash‖ mezonlarini eslatadi:
…Agar sotuvchi tomonidan monopol arzon narxni o‗rnatilishi tegishli tovar
bozoridan raqiblarini siqib chiqarilishiga olib kelmasa …
71
Yaponiyada bu tushunchaga ta‘rif berilmagan.
Germaniyada ham bu tushunchaga ta‘rif berilmagan. Doktrina ustun mavqeni
suiiste‘mol qilishni quyidagi turlari doirasida ishlatiladi:
… haq to‗lashni qulay bo‗lmagan shartlarini yoki boshqa shartlarni talab qiladi,
shu vaqtni o‗zida ushbu korxona taqqoslanayotgan bozorlardagi o‗xshash
xaridorlardan talab qiladi, agar ushbu tarzda tabaqalashtirishga obyektiv isbot mavjud
bo‗lmasa.
Buyuk Britaniya ―monopol arzon narxlar‖ tushunchasi, ya‘ni monopsoniya
(yoki ustun mavqega ega bo‗lgan korxona – sotib oluvchi) holatida o‗rnatiladigan
narxlar
ta‘rifi berilmagan. ―Yirtqich narxlar‖ tushunchasini quyidagicha
aniqlanadigan ta‘rifi mavjud:
Korxonani keyinchalik haddan ziyodqimmat narxlarni o‗rnatib raqibini
bozordan chiqarib tashlash maqsadida vatinchalik zarar ko‗rib ishlashga qaratilgan
strategik xatti-harakati.
Huquqni qo‗llash amaliyoti Evropa Adolat
Sudining tajribasiga binoan
asoslangan narxlarni uchta darajasi mavjud:
• o‗rtacha o‗zgaruvchan xarajatlardan past narx – yirtqich narxlarni
shakllanishi belgilarini mavjudligi
• o‗rtacha o‗zgaruvchan xarajatlardan yuqori, lekin o‗rtacha umumiy
xarajatlardan past – raqibni chiqarib tashlash niyati isbotlangan
taqdirda yirtqich
narxlar mavjud bo‗ladi
• narx o‗rtacha yalpi xarajatlardan yuqori bo‗ladi – yirtqich narxlar bo‗lmaydi.
Vengriyada esa ―ustun mavqeni suiiste‘mol qilish‖ shakli sifatida insofsiz
qimmat va arzon narxlar mavjud degan tushuncha bor, biroq ushbu tushunchaga
qonunda ta‘rif berilmagan.
Dostları ilə paylaş: