Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»


HUNARSIZ KISHI O‘LIMGA YAQIN



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

HUNARSIZ KISHI O‘LIMGA YAQIN
I
O‘tgan zamonda bir podshoh yashagan ekan. 
Kunlarning birida u ovga chiqibdi-da, o‘sha yerdagi 
bir o‘tinchining go‘zal qizini ko‘rib, sevib qolibdi.
Podshoh tomonidan kelgan sovchilarga:
– Podshohingizning nima hunari bor, men hunarli 
kishiga turmushga chiqaman, – debdi qiz.


58
Sovchilar:
– Dunyoda podshohlikdan ham katta hunar 
bo‘ladimi? Podshoh barcha hunarli fuqaroning otasi 
bo‘ladi, – deyishibdi.
Qiz:
– Menga hunarlilarning otasi kerak emas, hunarli-
ning o‘zi kerak. Zamon o‘zgarishi bilan bugun pod
-
shoh bo‘lgan kishi ertaga tilanchi bo‘lib qolishi mum
-
kin. Podshohingizga borib ayting, menga hunarini 
ko‘rsatsin, undan so‘ng tegaman, – debdi.
Sovchilar qaytib kelib, qizning javobini aytibdi
-
lar. Podshohning bu so‘zlarga achchig‘i kelib, qizni 
o‘ldirmoqchi bo‘libdi-yu, biroq qizga bo‘lgan sevgisi 
bunga yo‘l bermabdi.
Nima qilarini bilmay, o‘zini o‘qitgan muallim bilan 
kengashibdi.
Muallim «Yetmishta yangi hunar» degan kitobni 
keltiribdi-da, uni tovush chiqarib o‘qibdi. Bir yerdan 
«hunarsiz kishi o‘limga yaqindir» 
degan so‘zlar chiqib qolibdi. 
Muallim ham shu yerda kitobni 
yopibdi-da:
– Qizning so‘zi to‘g‘ri, «Hu-
narliga tegaman» desa, haqqi 
bor, – debdi.
Podshohning 
ilgarigi 
dardi
-
ga yana ming dard qo‘shilibdi. 
Muallimga 
ruxsat 
beribdi-da, 
o‘zicha bir hunar o‘rganmoqqa 


59
ahd 
qilibdi. 
Ertasiga 
podshoh 
taxtiga 
o‘tirgan 
chog‘ida, bir kishi bir gilam olib kelibdi. Bu gilamni 
ko‘rishi bilanoq podshoh ning ko‘ngliga gilam to‘qishni 
o‘rganish 
havasi 
tushibdi. 
Gilamdo‘zdan 
gilam 
to‘qishni o‘rgatishni o‘tinib so‘rabdi. U podshohga gi
-
lam to‘qishni yigirma besh kun davomida o‘rgatibdi. 
Kerakli narsa larni tayyorlab, podshoh o‘z qo‘li bilan 
gilam to‘qib, o‘tinchining qiziga sovchilardan berib 
yuboribdi. Sovchilar qizga podshohning o‘z qo‘li bilan 
to‘qigan gilamini ko‘rsatganlarida u:
– Mana endi podshoh men istagan kishi bo‘libdi, 
borib aytinglar, to‘yni boshlayversin, – debdi.
1. O‘tinchining qizi podshohga qanday shart qo‘ydi?
2. Qiz shartini sovchilar qanday tushunishdi? 
Podshoh-chi?
II
Podshoh tezda to‘y qilib, o‘tinchining qiziga uy
-
lanibdi.
O‘sha kunlarda el orasida taomining yaxshiligidan 
bir kabobchining dong‘i chiqqan ekan. Podshohga 
ham uning kabobi yoqib, ko‘ngli istagan chog‘larda 
u yer dan kabob oldirib yer ekan. Kunlardan bir 
kuni yarim kechada podshohning kabob yegisi kelib 
qolibdi, borib kabobchining do‘konini taqillatibdi.
– Kimsan, nima ishing bor? – debdi kabobchi.
Men bir musofirman, qornim och, kabob yegani 
keldim, – debdi podshoh.


60
Podshoh kabobchining uyiga kirib ko‘rpachaga 
o‘tirgan ekan, birdan gumburlab yerto‘laga yiqilib 
ketibdi. Yerto‘lada podshohdan boshqa bir necha 
odamlar ham bor ekan.
Shunda u aniq bilibdiki, kabob yegani kelganlarni 
zindonga tashlab, so‘ngra qul qilib sotishar ekan. Bu 
yerga meni o‘lim haydab kelgan ekan, debdi pod
-
shoh va chidamoqqa majbur bo‘libdi. Oradan bir 
necha kun o‘tgandan so‘ng gal podshohga yetibdi. 
Podshoh:
– Agar sizning istagingiz aqcha topish bo‘lsa, 
me ning yaxshi hunarim bor, yigirma kunda bir gilam 
to‘qiyman. U gilamni podshohga tortiq qilsangiz, juda 
ko‘p pul beradi, – debdi kabobchining odamlariga.
Ular maslahatlashib: «Hunaring tufayli o‘limdan 
qutulding, bizlarga gilam to‘qib ber», – deyishibdi. 
Podshoh yigirma kun orasida bir gilam to‘qib, cheti
-
ga yonidagi muhrini bosib:
– Mana, gilamni podshohga tortiq qilib olib bo ring! 
– debdi. Kabobchilar gilamni podshohning o‘rdasiga 
olib boribdilar. Vazir gilamni sinchiklab ko‘zdan ke
-
chirgach, bir chetida podshohning muhrini ko‘rib 
qolibdi. U darhol navkar yo‘llab, kabobchi ning ma
-
konini o‘rab olib, podshoh va boshqa asirlarni zin
-
dondan qutqaribdi. Podshoh xalqni to‘plab, ular 
uchun ibrat bo‘lsin deb, odam larni qiynab, so‘ngra 
qul qilib sotadigan kabobchilarni bozor ning o‘rtasida 
dorga ostiribdi.


61
1. «Hunarli kishi xor bo‘lmas» maqolining ertak mazmu
-
niga qanday aloqasi bor?
2. Matndan hunarning afzalligi haqidagi o‘rinlarni tanlab 
o‘qing.

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə