Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

VATANIMIZ O‘TMISHIDAN
KITOBGA IXLOS
Mirkarim Osim
I
Muntazam qo‘shindan ajrab, zaiflashib qolgan Buxoro 
son-sanoqsiz ko‘chmanchilar tomonidan bosib olindi.
Qorabug‘roxon shaharni ishg‘ol qilib, saroydagi boy
-
liklarni qo‘lga kiritdi, o‘z askarlariga bozorni talatdi; 
ko‘p imoratlarga o‘t tushib ketdi, achchiq tutun sha
-
harni o‘rab oldi. O‘z mol-dunyosini saqlab qolmoqchi 
bo‘lganda qilich yeb yiqilgan kishilarning faryodi, asir 
qilib olib ketilayotgan ayollarning oh-u nolasi, quturgan 
dushman askarlarining suroni quloqlarni qomatga kelti
-
radi. Uch oy ahvol shu zaylda davom etdi.
Ibn Sino esa alamini kitobdan olar, yarim tungacha 
o‘tirib mutolaa qilar, yozar edi. Bir kuni kechasi uyqu
-
si kelib, ko‘ziga qum tiqila boshlaganda, uyqu qochi
-
radigan dorisini ichib, hovliga tushdi. Odati bo‘yicha 
osmonga qarab, Hulkar yulduzi qayerga kelganini bil
-
moqchi bo‘ldi. Shu payt Registon tomon qizarib, os
-
monga uchqunlar sachrab turganini sezdi. O‘qtin-o‘qtin 
olovning qip-qizil tillari qorong‘i osmonni yalar, uzoqdan 
qiy-chuv ovozlar eshitilardi. Yosh hakimning yuragi bir 
falokatni sezgandek dukullab urib ketdi. Darrov kavush-
mahsisini, choponini kiyib, onasini uyg‘otdi.
– Onajon, Registon maydoni yaqinida bir uyga o‘t 
ketganga o‘xshaydur, borib bilib kelay, qo‘limdan kel
-
gancha o‘t o‘chirishga yordam beray.


91
– E, qo‘ysang-chi, o‘g‘lim. Sensiz ham o‘t o‘chi-
ruvchilar topilib qolar.
– Yo‘q, onajon, bormasam bo‘lmaydur. – Yosh yi-
git ko‘ngliga kelgan shubhani onasiga aytishdan ham 
qo‘rqardi. «Bordi-yu, agar... yo‘q, yo‘q, bu mumkin 
emas. Necha yuz yillab to‘plangan ilm-fan xazinasining 
kuli ko‘kka sovurilishi mumkin emas».
Sitorabonu uning aftiga qarab ijozat bermaslikning 
ilo ji yo‘qligini angladi.
– Mayli, borsang boraqol, ammo kechikma...
Ibn Sino halloslab Registon maydoniga kelganda
ko‘nglini ezayotgan shubha haqiqat bo‘lib chiqqanini 
ang ladi. Yuzlab kishilar qo‘lma-qo‘l chelak uza tib, may
-
don o‘rtasidagi hovuzdan suv bilan kitobxo naga tush
-
gan o‘tni o‘chirishga urinar edilar. Madrasa talabala-
rining, 
tevarak-atrofdagi 
ma halla 
ahlining 
jonbozligiga 
qaramay, 
yong‘in borgan sari kuchayar, qim
-
matli kitoblarni ajdarhodek yuta-
yotgan alanga quturib, hujra eshi-
gidan tutun aralash chiqib turar 
edi.
Chelaklab sepilgan suv unga 
kor qilmas, aksincha, moydek 
ta’sir qilayotgandek edi. 
Ibn Sino boshida chelaklab suv 
tashib o‘t o‘chirayotganlarga qara-
shib turdi. Keyin ko‘pchilikning 
hafsalasi pir bo‘lganini ko‘rib, g‘azabiga chidolmay, olov 
chiqib turgan bir hujraga o‘zini urdi. Bunda tibga doir 
kitoblar saqlanardi.


92
Odamlar uni tutib qololmadilar. Bir necha daqiqadan 
keyin etagining yonayotganiga ham parvo qilmay, bir 
necha kitobni quchoqlab chiqdi...
– Bu qanday falokat, qanday mudhish falokat! – 
dedi ibn Sino yig‘lamoqdan beri bo‘lib.
Chol xo‘rsinib qo‘ydi:
– Ha, baxtsizlik, ammo bilib qo‘yingki, dunyoviy ilm 
dushmanlari ma’rifat chirog‘ini o‘chirolmaydilar.
Shuncha urinib yong‘inni so‘ndira olmagan odamlar 
birin-ketin uy-uylariga tarqalishdi. 
Ibn Sino xuddi yaqin bir kishisini ko‘mib, qabris
-
tondan qaytgan kishidek boshini quyi solib, yarim-yor
-
ti kuygan bir necha kitobni qo‘ltiqlagan holda uyiga 
jo‘nadi...
Matn mazmunini qisqartirib hikoya qiling.
II
Oradan ikki oycha vaqt o‘tdi. Shu vaqtgacha o‘zini 
qo‘yarga joy topolmay yurgan ibn Sino bir kuni uyiga 
xursand bo‘lib keldi.
– Suyunchi bering, onajon. Qorabug‘roxon qo‘shini 
Buxoroni tashlab chiqib ketmoqda. Qo‘liga yarog‘ ol
-
gan Buxoro xalqi turkmanlar bilan birgalikda ularni 
haydab chiqarmoqda. Talab olingan mollarni qaytarib 
olmoqda.
Karmana tomon chekinayotgan istilochilarning orqa
-
da qolgan qismi bilan buxoroliklar o‘rtasida bo‘layotgan 
jangning suroni uzoqdan sal-pal eshitilib turardi. Sitora
-
bonuning rangi o‘chib:
– Oxiri baxayr bo‘lsin, – deb qo‘ydi.


93
Buxoro ko‘chmanchilar qo‘liga o‘tgandan keyin ilm-
fan ahllari quvg‘in ostiga tushdi. Ibn Sino qora 
quzg‘unlar uyasiga aylangan shaharni tark etib, o‘ziga 
ma’rifatparvar bir hokim, homiy izlash to‘g‘risida o‘ylay 
boshladi. Lekin uning otasi vafot etib, onasi beva qol
-
gan, uni tashlab ketishga ko‘zi qiymas edi. Sochlari
-
ga oq oralab, ko‘zlari atrofini ajin bosgan Sitora
-
bonu o‘g‘lining qanday ahvolga tushib qolganini, nima 
uchun peshanasini tirishtirib yurganini yaxshi bilar edi. 
Bir kun kechki ovqatdan keyin sharbat ichib dam olib 
o‘tirganlarida, rangi biroz siniqqan Husaynga qarab:
– O‘g‘lim, nima to‘g‘risida bosh qotirayotganing
-
ni bilib turibman, – dedi xo‘rsinib. – O‘z shahring 
o‘zingga torlik qilib qoldi. Xorazmlik qo‘shnimiz Abu 
Bakr bobo xotiniga: «Husayn zudlik bilan Buxorodan 
chiqib ketsin, chiqib ayt», – debdur. Shu gapni eshit
-
dim-u, kechasi bilan uxlay olmay chiqdim. Abu Bakr 
Barakiy o‘qimishli odam, bir narsani bilmay gapirmaydur. 
Jon bolam, boshim omon bo‘lsin desang, shahardan 
chiqib ket, o‘zingga tinchgina bir joy top. Menga xat 
yozib tursang, shuning o‘zi kifoya, eson-omon yurga-
ningni bilib tinchgina umr kechiraman.
Onasining gapi qay tomonga og‘ishini bilmay turgan 
tarozining bir pallasiga qo‘yilgan toshdek ta’sir ko‘rsatdi.
Husayn qat’iy qarorga kelib, qaddini ko‘tardi-da:
– Mayli, sizning aytganingiz bo‘lsin. Bu yerda qol
-
sam, bir kun meni chaqirib oyog‘imga bolta uradurlar. 
Men erkin o‘ylab, erkin yashashga o‘rganib qolganman. 
Menga oq fotiha bering, safar otini egarlab yo‘lga 
chiqay. Siz ham tinch bo‘ling, men ham.


94
– Qayerga borsang ham, Olloh seni o‘z panohida 
asrasin, ishlaringga rivoj berib, falokatlardan asrasin...
Ibn Sino orqasiga qarashdan qo‘rqib darvozadan 
chiqdi-da, Gurganj tomon yo‘l oldi.
1. Ibn Sino nima uchun Buxoroni tashlab ketishga maj-
bur bo‘ldi?
2. Sitorabonu xayrlashuv chog‘ida o‘g‘liga nimalarni tayin
-
ladi?

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə