Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

RANGIN QORLAR
Olloyor
Qadim-qadim zamonda qish paytlari rang-barang 
qorlar yog‘ar ekan. Ular ba’zan alohida-alohida, ya’ni 
bir ko‘chaga sariq, boshqa mahallaga yashil, yana bir 
boshqasiga pushti ranglarda yog‘sa, ba’zan bir joy-
ning o‘ziga yetti-sakkiz xili yog‘ib, juda g‘aroyib rang 
bo‘lar ekan. Ayoz esa deraza oynalariga rangin naqsh
-
lar chizarkan. Shunday qilib, o‘sha davrlar ham suv-
day oqib o‘tib ketibdi. Keyin-keyin faqat oq qorlar 
yog‘adigan bo‘libdi.
Odamlar ham oq qorlarga o‘rganib ketishibdi. Ular-
ga qorning oqligi yillar osha tabiiy tuyula boshlabdi. 
Endi ular biror narsaning oqligini ta’riflaydigan bo‘lishsa, 
«qorday oppoq» deb gapirishar ekan.


84
Nega qorlar faqat oq rangda yog‘adigan bo‘lib qol
-
di? Buning boisini bilish uchun o‘sha qadim zamonlar 
haqidagi ertakka quloq solish kerak. Bu ertakda bir 
necha ming yilda bir marta bo‘ladigan bo‘yoq bozori 
to‘g‘risida so‘z boradi.
Buyuk bo‘yoqchi qirqta qirq quloqli qozonda bo‘yoq 
pishirib xaridor kutib, yo‘l kuzatayotgan mahali olis
-
dan bir qora ko‘rinibdi. Agar qo‘lni peshanaga so yabon 
qilib, yo‘l qaralsa, ushbu yo‘lovchi Bahor ekanligini bi
-
lish mumkin ekan. U tobora shitob bilan yaqinlashib, 
uning libosi-yu qiyofasi tiniq ko‘rina boshlabdi. U juda 
chiroyli qiz ekan: sochlarida kurtak va g‘unchalar 
bo‘rtib turganmish; ko‘ylagining etaklariga binafshalar 
qadalgan; moychechaklar chambari kiydirilgan boshi 
uzra qaldirg‘ochlar charx urib, yelkasiga qo‘ngan sa’va-
yu qumrilar chax-chaxlab kelayotir.
Bahor bozorga ye tib kelgach
Buyuk bo‘ yoqchiga ta’zim bajo 
qilibdi. Buyuk bo‘yoqchi xaridor
-
larining birinchisini bug‘lanib tur
-
gan qirq quloqli qozonlar sari 
boshlabdi.
– Bahorjon, mana, bu bo‘yoq-
lardan keragicha ol! – debdi u.
Bahor esa eng avval yashil bo‘yoq qaynayotgan qo
-
zon yoniga boribdi. Bahor uchun yashil bo‘yoq juda 
zarur ekan.
Bahor bo‘yoq bozoridan ko‘ngli to‘lib chiqib ketibdi.
Yoz har mahalgidek mudrab qolgan ekan. Bahor 
o‘z aravasida xarid qilgan bo‘yoqlarini ortib, momaqaldi
-
roqlarni gumburlatib, chaqinlar chaqnatib o‘tgan maha
-


85
li Yoz uyqudan uyg‘onib ketibdi-da, erta-indin dalalarda 
arpa-bug‘doylar bo‘y berib, bog‘larda olma-o‘riklar ta’m 
yig‘ib olishini, ular o‘zining bo‘yoqlar keltirishini kutib, 
unga muntazir bo‘lib turishini o‘ylab, bozorga otlanibdi. 
Buyuk bo‘yoqchi uni ham rozi qilib jo‘natibdi.
Bo‘yoq bozoriga Kuz kelgan payt ko‘plab qozon
-
lar bo‘shab qolgan ekan. Qozonlardan faqat ikki
-
tasi – za’far va zarg‘aldoq bo‘yoq qaynayotgan qo
-
zonlarda hali ancha bo‘yoq bor ekan. Qolganlarida 
bo‘yoqlarning yuqigina bor ekan, xolos. Kuz o‘z tegi
-
shi – za’far rang li bo‘yoqning hammasini olibdi. Qolgan 
bo‘yoqlarning yuqini ham qozonlardan qirib olgach, oq 
bo‘yoqdan ham oz-moz idishga solib olibdi. Uning ham 
tashvishi o‘ziga yarasha ekan. Bog‘-rog‘lar, o‘rmon va 
yaylovlar dagi bahor ning yashil bo‘yoqlarini o‘chirib chi
-
qib, ularni za’far, pushti, zarg‘aldoq ranglarga bo‘yab 
chiqishi ke rak ekan.
Buyuk bo‘yoqchi bo‘shagan qozonlarini yuvib, ular
-
ni yig‘ishtirayotgan paytda so‘nggi xaridor – Qish ye-
tib kelib qarasa, ahvol chatoq. Unga faqat oq bo‘yoq 
qolibdi.
Bo‘yoqchi yangi bo‘yoqlarni tayyorlaguncha, ming-
lab yil kutish kerak ekan. Qish oq bo‘yoqni olib 
yo‘lga tushar ekan, qolgan fasllardan xafa bo‘lib ketib
-
di. O‘sha kundan boshlab Kuz va Bahorning, ilojini 
topsa, Yozning ham bo‘yoqlariga zarar keltirish payi
-
da bo‘larkan. Ayni o‘riklar gullab turgan paytda, paxta 
chaman-chaman ochilib, bog‘larda tilladay uzumlar ayni 
yetilgan kuz kunlarida Qish qahrini sochib qolarkan. 
Ba’zan esa Yozning saratoniga ham o‘z qori, sovug‘i 
bilan suqilib kirarkan.


86
Odamlar Qish o‘z qilmishidan ko‘p ham o‘kinmasligi, 
kelgusi safar bo‘yoq bozoriga o‘z vaqtida borishi uchun 
yangi yil bayramlarida archa shoxlariga turli rangdagi 
o‘yinchoqlar, qo‘g‘irchoqlar, shokilalar osishni odat qilishibdi.
1. Ertak mazmunini qisqartirib hikoya qiling.
2. Bahorning yashil rang tanlashining sababini izohlang.
QISH
Tursunboy Adashboyev
Qish ayozi tobida,
Qor erinmay bo‘ralar.
Shox-shabba orasidan
Ovchi sergak mo‘ralar.
Eman bargi tovusning
Quyrug‘iday serhasham.
Kiyik yurgan so‘qmoqlar
Qirda yo‘l-yo‘l beqasam.
Ayiq g‘orga yo‘l olar
Piymasini ivitgan.
Quyon po‘stin tikibdi
O‘ziga oq tivitdan.
Yashil taroq archalar
Keng yozib qulochini
Erinmasdan shamolning
Tarar paxmoq sochini...
1. She’rdagi qish tasvirini ifodalovchi misralarning maz
-
munini o‘z so‘zlaringiz bilan gapirib bering. 
2. She’r mazmunini Qudrat Hikmatning «Qish to‘zg‘itar 
momiq par» she’ri bilan taqqoslang.

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə