Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

QODIR BILAN SOBIR
Hakim Nazir
Ba’zi o‘rtoqlari Qodirni «zo‘ravon» desa, ba’zilari 
«do‘mbirachi» deydi. Nega desangiz, unda har ikki 
«hunar»dan ham oz-moz bor. «Zo‘ravon»ligi shuki, u 
yurgan yo‘lida va o‘tirgan yerida yon-veridagilarni turtib
-
netib, tegajog‘lik qilaveradi. «Do‘mbirachi»ligi shuki, agar 
sinf da biron bola xiyol yang lishsa, u lunjini pufak qilib 
olib, ikki barmog‘i bilan «taka-tum»ni chalib yuboradi. 
O‘zi yanglishganda-chi, biron kishi ning kulishga haddi 
bormi? Zo‘ravonligini ko‘rsatib qo‘yadi-ku...


111
Kunlarning birida Qodir sinf
-
doshi Sobir bilan ko‘chada keta 
turib, chiranib qoldi:
– Men hech narsadan qo‘rq-
mayman! – dedi. – Akam bilan 
dalaga borganimizda kattakon Sa
-
lorda cho‘milganmiz. Innaykeyin-
chi, odamday-odamday ba liqlarni 
tutib olganmiz, tirikligicha.
– Baliq nima bo‘pti! – dedi unga Sobir. – Biz da-
dam bilan g‘oz ovlaganmiz. Patillab uchib ketayot
-
gan g‘ozning qoq tumshug‘iga tushirganmiz. Ha, qoq 
tumshug‘iga! 
– Siz tushiribsizmi, dadang iz tushirganlar-da!
– Men ham! Men nishonni ko‘rsatib turganman. Biz-
ning dada zo‘r mergan. Ikkita ordeni bor.
– Bizning aka-chi, nomi chiqqan komandir! Ikki 
yuzta askarga boshliq bo‘lgan. Men ham katta 
bo‘lganimda komandir bo‘laman.
– Bo‘lib bo‘psan, – dedi Sobir. – Komandir bo‘lishga 
yurak kerak. O‘zing sal narsadan qo‘rqasan-ku.
– O‘zing-chi, ha, bir marta shifokor ukol qilgani kel
-
ganda, tomga qochib chiqqaning esingdami?
– U vaqtda kichkina edim-da.
– Nima bo‘pti, o‘quvchi bo‘lib darrov katta bo‘lib 
qoldingmi?
Shu vaqt birdan itning hurgani eshitilib qoldi. Qa-
rasalar, bir darvoza yonida bo‘rsiqday it ularga qa-
rab vovullayapti. Quloqlari dikkaygan, tumshug‘i bu
-
zoqnikiday yalpoq, dumi tulkinikiday uzun. Qodir yo 
qo‘rqib, yo zo‘ravonligi qistab papkasini shartta yerga 
qo‘ydi. Ariq bo‘yidagi toldan bitta novdani uzib oldi-da, 


112
uning uchiga bitta toshni bog‘lab turib itga uloqtirdi. It
-
ning fe’li aynidi. Qodirga qarab yugurdi. Qodir papka sini 
qoldirib tiraqaylaganicha orqasiga qarab qochdi. Sobir esa 
o‘rtog‘ining qilig‘iga ajablanib, indamay turar edi. It yuz 
qadam joyga borganda Sobir: «To‘xta, Ars lon, to‘xta!» 
deb uni to‘xtatdi, so‘ngra papkasidan bir burda non 
chiqarib berdi. Arslonning boshini silab aldadi-da, darvoza 
tomon jo‘natdi. Yerda yotgan papkani ko‘tarib olib, Qodir
-
ni chaqira boshladi. Qodir xiyla uzoqqa borib, birov ning 
yo‘lagiga o‘zini urgan edi. It ko‘zdan uzoqlashgandan 
keyin u asta-sekin ko‘chaning bir chetidan kela boshladi.
– Hali hech narsadan qo‘rqmayman demaganmi ding? 
– dedi unga Sobir. – It bilan o‘chakishib bo‘ladimi? 
Tosh otgandan keyin har qanday yuvosh bo‘lsa ham, 
jahli chiqadi-da. 
Qodir churq etmadi. Yuzini ter bosgan, rangi quv 
o‘chgan, zo‘r berib halloslar edi. Qodir papkani nari-
beri artib, Sobirning ketidan sekin sinf eshigini ochdi. 
– Sen nega kechikding? – deb so‘radi doska oldida 
turgan o‘qituvchi Fotima opa. Qodir peshanasidagi terni 
arta turib: – Dalada edim, – dedi ming‘illab. Orqadagi 
Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə