Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»


partaga endigina o‘tirgan Sobir o‘rtog‘iga jiddiy tikilib



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017


partaga endigina o‘tirgan Sobir o‘rtog‘iga jiddiy tikilib:
– Nega yolg‘on gapirasan? – dedi va ko‘chada 
bo‘lgan voqeani aytib berdi. 
– Shunaqami, Qodirjon? – dedi o‘qituvchi odatda-
gicha muloyimlik bilan va bolalarga qaradi. – Zo‘r 
odam kuchini o‘qishda ko‘rsatadi. To‘g‘rimi, bolalar?
– To‘g‘ri, to‘g‘ri! – deyishdi bolalar.
1. Qodir o‘zini qanday so‘zlar bilan ta’rifladi? Uni maqtan
-
choq deyish mumkinmi? Sobirni-chi? Nima uchun?
2. Sobir o‘qishdan kechikishlarining sababini aytib to‘g‘ri 
qildimi? Uning o‘rnida bo‘lganingizda siz nima qilar dingiz?


113
XATOSINI TUSHUNGAN BOLA
Xudoyberdi To‘xtaboyev
I
Qosimjon ochiq deraza oldida bog‘ tomonga tikil
-
ganicha o‘yga tolib o‘tiribdi. Bog‘da esa o‘riklar op
-
poq bo‘lib gullagan, asalarilar gul atrofida viz-vizlasha
-
di, qayerdadir qushlar sayraydi, ariqchadagi suvning bir 
me’yorda jildirab oqishi quloqqa chalinadi.
Qosimjon bo‘lsa bularning hech biriga parvo qilmay
-
di, xafa, ko‘ksida allaqanday dard... Axir sinfdoshi Mu
-
habbat tug‘ilgan kuniga butun sinfni taklif etsa-yu, uni 
loaqal yur ham demasa, alam qilmaydimi?! To‘g‘ri, Qo
-
simjon butun o‘quvchilar bilan, yaqin sinfdoshi Muhab
-
bat bilan ham arazlashib qolgan. 
Bir kuni sinfda o‘tirgan edi. Tohir hovliqib kirdi:
– Sherik, qani, bir o‘ynab yubor-chi!
– Nima gap o‘zi? – hayron qoldi Qosimjon.
– Avval o‘yinga tush, keyin bilasan...
Qosimjon qo‘llarini ko‘tarib o‘ynagan bo‘ldi. Do‘sti 
xatni uzatdi. Bundoq o‘qib qarashsa, xat Toshkentdan, 
tahririyatdan ekan. Xatda Qosimjon yozgan «Men ek
-
kan nihol» she’ri olinganligi, uni gazetaning kelgusi 
sonlarida bosib chiqarilishi, yana she’rlar yozib turishi, 
ko‘p mashq qilishi kerakligi aytilgandi...
O‘sha kuni xatni o‘qimagan o‘quvchi qolmadi, hatto 
sinf rahbari Abdullayev ham o‘qib, Qosimjonni maqtab 
qo‘ydi. Uning o‘zi bo‘lsa, bosar joyini bilmay qolgan 
edi. Darsga quloq solgisi kelmadi. «Zo‘r shoir bo‘lib 
ketsam, Tohirni haydovchilikka olaymi, shlapaning qaysi 
rangidan kiysam ekan», degan o‘y-xayollar bilan butun 
kunni o‘tkazdi. Dars tugagach, devoriy gazeta muharri
-


114
r
i Muhabbat uning yoniga kelib: «She’rni qachon yozib 
berasan», – deb qistab qoldi.
– Sening devoriy gazetangga she’r yozishga vaqtim 
yo‘q.
– Nega vaqting bo‘lmas ekan?
– Yo‘q, vassalom, men Toshkentga yozishim kerak. 
Mendan she’r so‘rashyapti... Tushundingmi?
– Voy-bo‘y, shunaqa katta odam bo‘lib ketdim, de
-
gin hali.
Qosimjon javob o‘rniga kulib qo‘ya qoldi. Muhab
-
bat ertasiga she’rni yana qistab, «qo‘lingdan kelsa, 
o‘zing yozib ol», degan javob oldi. «Men ekkan nihol» 
sarlavhali she’r bosilib chiqqan kuni gazeta maktabda 
qo‘lma-qo‘l bo‘ldi. Hamma: «Bu o‘zimizning Qosimjon
-
mi, voy qurmagur-ey. Bundan tuzuk odam chiqadiganga 
o‘xshab qoldi-ku!» – degan gaplarni aytishdi. Qosimjon 
kun bo‘yi, hatto darsda o‘tirib ham she’r yozdi, o‘chirdi, 
yana yozdi. Tarix darsida qo‘lga ham tushib qoldi.
– Barmoqlaring bilan nimani sanayapsan? – so‘radi 
Abdullayev.
– Yetti bo‘g‘in, – dedi Qosimjon shoshib-pishib. 
Keyin o‘quvchilar «gur» etib kulib yuborishdi. U 
noto‘g‘ri javob berganini sezib o‘zidan o‘zi uyalib ket
-
di. O‘qituvchi uning she’r yozib o‘tirganini ko‘rib she’rni 
darsdan keyin yozasan, deb ogohlantirdi. Qosimjon 
bo‘lsa, xuddi eshitmagandek, uning ko‘zlariga tikilgancha 
jim turaverdi.
– Sen manman bo‘lib ketyapsan, – dedi-da, o‘qituv-
chi darsini davom ettirdi.
1. Qosimjonning manmanlikka berilishi sababini izohlang.
2. O‘qituvchi unga nima uchun tanbeh berdi?


115
II
Ertasiga devoriy gazeta chiqdi. Unda Qosimjon
-
ning rasmini boplab chizishgan edi. Yuzi osmonga qara
-
gan, bo‘yni olmaning bandidek, burnini shunaqangi uzun 
cho‘zishibdiki, naq devoriy gazetadan chiqib ketay deb tu
-
ribdi, rasmning ostiga «yosh shoir» deb yozib qo‘yilgan.
Qosimjon shunaqangi achchiqlandiki, ancha mahalga
-
cha tili so‘zga kelmay duduqlanib qoldi.
– Kim chizdi? – dedi u nihoyat.
– Men, – dedi o‘tirgan o‘rnida Muhabbat.
– Nega chizding?
– Chizdim...
– Mana senga! – Qosimjon urmoqchi bo‘lib qo‘l 
ko‘targan edi, qizning yonida o‘tirgan Odil chaqqonlik 
bilan ushlab qoldi.
– Hozir kechirim so‘ra! – dedi u qaltirab.
– Sen mening shaxsiy ishimga aralashma! – deb 
Qosimjon Odilning qo‘lini siltab tashladi.
Bu voqea bir nafasda sinf rahbarining qulog‘iga 
borib yetdi. Darsdan so‘ng Qosimjonni o‘quvchilar 
o‘rtasida muhokama qiladigan bo‘lishdi. Lekin sinf maj-
lisi endigina boshlanay deb turganda, Qosimjon payt 
poylab derazadan oshib tushdi-da, Tohirni ergashtirib 
uyiga jo‘nab qoldi.
– Qani bittasi g‘ing deb ko‘rsin-chi, gazetaga yoza
-
man, – dedi u achchiqlanib.
– Albatta, sen qayoqda-yu, ular qayoqda, – dedi 
Tohir. 
Keyin ikkovlari ham ancha mahalgacha so‘z-
lashmasdan jim ketdilar. Tohir do‘stining ortidan soya-
dek ergashib borarkan, eng og‘ir paytda uni yolg‘izlatib 
qo‘ymaganidan mamnun edi. Qosimjon bo‘lsa butun 


116
sinfni, o‘rtoqlarini, undan keyin o‘qituvchisini ham al-
dab, ularning yuziga oyoq bosganiga yuragining al
-
laqayeri achishib turgan bo‘lsa-da: «Barcha shoirlar 
ham qiyinchilik bilan shoir bo‘lishgan. Men ham hozir 
qiynalyapman. Keyinchalik hammasi ham uyalib qola
-
di», – deb o‘ziga o‘zi tasalli berardi. Ertasiga uni sinf 
rahbari direktor xonasiga chaqirtirdi.
– Sendan yaxshi yigit chiqadi, deb yurardim, – gap 
boshladi Abdullayev, – sen bo‘lsang, hech kimni hur
-
mat qilmay qo‘yibsan.
Qosimjon boshini quyi solgancha jim turaverdi.
– Nega majlisdan qochding? O‘rtoqlaringni kuttirib 
qo‘yishga uyalmadingmi?
Qosimjonning ko‘zlarida yiltirab yosh tomchilari 
ko‘rindi. Abdullayev: «U o‘z qilmishiga pushaymon 
bo‘ldi», – deb o‘yladi shekilli: «Bor, o‘rtoqlaringdan ke
-
chirim so‘ra», – dedi-da, ketishga ijozat berdi.
Lekin Qosimjon kechirim so‘ramadi. Shu sabab 
bo‘ldi-yu, kundan kunga o‘rtoqlaridan uzoqlashib, oxiri 
Tohirdan boshqa hech kim u bilan gaplashmay qo‘ydi.
...Kimdir ko‘cha eshikni ustma-ust ikki marta qoq-
qan edi, o‘yga tolgan Qosimjon bir cho‘chib tushdi-yu, 
o‘ziga keldi. Keyin bir xo‘rsindi-da, borib eshikni ochdi. 
Tohir ekan.
– Muhabbat seni tug‘ilgan kuniga aytdimi? – uning 
birinchi gapi shu bo‘ldi.
– Aytgani yo‘q... – ma’yus javob berdi Qosimjon. 
– Bizni aytmadi-ya, – xo‘rsinib qo‘ydi Tohir. Ular 
uzoq o‘tirishdi. Bir mahal Qosimjon o‘rnidan turib yuz-
larini sovuq suv bilan yuvdi, sochlarini yaxshilab taradi, 
sovg‘a uchun jildining ichki tomoniga she’r yozilgan al
-
bomni qo‘liga oldi.


117
– Qani, yur!
– Sherik, aytilmagan joyga boryapmiz-da, qalay bo‘-
larkin? – dedi Tohir asta. Qosimjon negadir sal yumshadi:
– Qiziq ekansan-da, biz begona joyga boryapmizmi? 
Sinf rahbarimizning so‘zi yodingdan chiqdimi, xatosini 
tushunib, kechirim so‘ragan kishini hamma hurmat qila
-
di, degan edilar-ku... Boraveramiz.
1. Qosimjonni manmanligi uchun o‘rtoqlari qanday jazo
-
lashdi?
2. Hikoyaning «Xatosini tushungan bola» deb nomlanishi
-
ni izohlang.

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə