Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

HAYVONOT OLAMIDA
MO‘JIZA
Rahim Bekniyoz
O‘lib tirilgan, ya’ni avvalo o‘lib, so‘ngra tirilgan qu-
yonni ko‘rganmisiz? Albatta, ko‘rgan emassiz bunday 
«mo‘jiza»ni.
Men-chi? Ko‘rdim ham gapmi? Xo‘p dog‘da qoldirib 
ketgan kaminalarini shalpangquloq desangiz. Shuning 
uchun hech vaqt esimdan chiqmaydi bu voqea.
Quyonlar serob kuz yemishlaridan semirib, rosa 
jir boylagan paytda ovga chiqdim. Velosipedimni ta-
nish cho‘pon qo‘rasida qoldirdim-da, miltiqni kiftimga 
ilib, ro‘parada ko‘rinib turgan qamishzor tomon ketdim. 
Mo‘ljallab chiqqan «ovxonam» o‘sha. Men o‘tib borayot
-
gan dala bu yil to‘qaydan yangi ochilib ekilgani uchun 
paxta bitmagan, boriyam barvaqt yig‘ib-terib olingan, 
endilikda unda g‘o‘zadan ko‘ra yaxshiroq yetilgan yov
-
voyi o‘t-xashaklar oyoq ostida qovjirab yotardi. Bun
-
day sero‘t maydonda quyon o‘tlashini bilardim, lekin 
yotoq qiladi, deb o‘ylamagan edim. Qarasam, mendan 
atigi uch qadam narida shalpangquloqlarini kiftiga bos
-
gan holda, ko‘rpaday ajriqqa burkanib, bemalol uxlab 
yotibdi u. Qo‘llarim beixtiyor miltiqqa yugurdi. «Yotgan 
joyida otaveraymi yoki qochirib otsammikin?» Miyamda 
yilt etgan bu savolga javob pishib yetilmay, miltiqning 
tepkisini bosganimni bilmay qoldim. O‘q quyondan bir 
qarich nariga tegib, yerni o‘pirib yubordi. Quyon ses
-
kanib boshini ko‘tardi-yu, badani dir-dir titrab, joyidan 
qo‘zg‘almadi.


137
Miltiqning uchini tekkizganimda, birdan sapchib 
o‘rnidan turdi. Biroq gandiraklab kelib, o‘zini oyoqlarim 
ostiga urdi. Oyog‘im bilan bosib 
olgach, yana hayron qoldim.
Biron yerida o‘q izi ham, 
tiriklik alomati ham ko‘rinmasdi. 
Qo‘limga olga nimda, u shalpay
-
ib qolgandi. G‘alati o‘ljani xal
-
tamga joylab, qamishzor sari 
ravona bo‘ldim. U yerda chiy 
qamish o‘rib yurgan cholga 
ro‘para keldim.
– Charchagandirsiz, ukam. Ke ling endi, birpas o‘tirib 
nafas rostlang, – deb taklif qildi u. Xaltani yelkamdan 
olib, yerga qo‘ydim-da, o‘rilgan qamish ustiga o‘tirdim.
Chol xurjunni ochib oldimga dasturxon yoydi, qo
-
vun so‘ydi. Dasturxon atrofida gurung quyuqlashdi. Chol 
ham yoshligida ovchilik qilgan ekan.
– U zamonlar ovchilik alomat edi, ukam. Shu de
-
sangiz, bir safar... 
Chol birdan hikoyasini kesib, ko‘zlari olazarak bo‘ldi-
yu, apil-tapil yonimda yotgan miltiqqa intildi:
– Quyon! Quyon qochdi!
O‘rnimdan sakrab turib miltiqni qo‘limga oldim. Biroq 
kechikkan edim. Quyon yilt etib o‘zini qamishzorga urib 
ketganini ko‘rib qoldim, xolos.
– Xaltangizdan chiqib qochdi, chamamda.
Ha, xaltam bo‘m-bo‘sh, og‘zi ochiq yotardi. Quyon
-
ning bu qilmishi meni battar tang qoldirdi.
– Bir gal menam shunday bo‘lganman, – deb 
miyig‘ida jilmayib hikoya qila ketdi chol. – Quyonni ot
-
gach, so‘ygin, deb yo‘ldoshimga uzatdim.


138
U bir qo‘li bilan pichog‘ini qinidan sug‘urishga tutin
-
di. Shu topda birdan quyonga jon kirsa bo‘ladimi? Ha, 
xoh ishoning, xoh ishonmang, o‘lik quyonga jon kirdi! 
Jon-jahdi bilan tipirchilab, bir harakat qildi – quyonni 
qo‘lidan qo‘yvordi boyagi sherigim.
Quyonning ikkala orqa oyog‘ida bir arslonning kuchi 
bor, deyishadi. O‘shanday oyoqlar sharofati bilan ars-
londan ham qochib qutuladi jonivor. Bizam o‘shanda 
sizga o‘xshab orqasidan serrayib qolaverganmiz.
Keksa ovchining hikoyasi taskin berdi dilimga. Qu-
yon otgan o‘qimdan faqat behush bo‘lib, xaltada hushi
-
ga kelganini payqadim.
1. Ovchi quyonni qanday qilib tutib oldi?
2. Keksa ovchi yoshligida bo‘lgan voqea haqida 
nimalar-
ni gapirib berdi?

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə