Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»


YOLG‘ONCHINING IZZA BO‘LISHI



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

YOLG‘ONCHINING IZZA BO‘LISHI
Kunlardan bir kuni bir kishi Mirzo Ulug‘bek huzuriga 
kelib arz qilibdi:
– Ey, podshohi olam! Men Samarqanddan Buxoro
-
ga safarga chiqqanimda hamyon-xaltamda ming tanga 
pulim bor edi. Shahardan chiqib bir daraxt soyasiga 
– suv bo‘yiga dam olgani o‘tirdim. Men endi ovqatla
-
nayotgan edim, shaharga ketayotgan bir do‘stim paydo 
bo‘lib qoldi. Uni dasturxonga taklif etdim. Birga ovqat
-


129
landik. Hamyonni haligi do‘stimga berib, shaharga bor
-
gach, uyga eltib berishni iltimos qildim. Safardan qay
-
tib kelgach bilsam, o‘sha do‘stim hamyonni uyimga olib 
bormabdi. Uning oldiga borib omonatimni so‘rasam, u:
– Jinni bo‘ldingmi?! Men seni ham, hech qanaqa da
-
raxt-paraxtni ham ko‘rgan emasman, – deb javob berdi. 
Mirzo Ulug‘bek o‘sha odam ni chaqirib keltiribdi. Ikki 
do‘st shoh huzurida ro‘baro‘ bo‘lishibdi. O‘sha odam: 
«Men u daraxt ni ham, bu odam-
ni ham ko‘r maganman», – deb 
so‘zida qat’iy turib olibdi.
Mirzo Ulug‘bek da’vogarga: 
«O‘sha daraxtdan uch-to‘rt barg 
keltirgin, men uning vositasida 
haqiqatni aniq layman», – debdi. 
Da’vogar yo‘lga tushishi bilan 
shoh uning sherigiga bir hiko-
yatni ayta boshlabdi. Voqeaning eng qiziq joyiga bor
-
ganda shoh: 
– Da’vogar o‘sha daraxtning oldiga yetib bordimi
-
kan? – deb savol tashlabdi.
Hikoyani zavq bilan tingla yotib, g‘aflatda qolgan ha
-
ligi kishi bexosdan: 
– U daraxt shahardan ancha uzoqda, hali yetib 
bormagan bo‘lishi kerak, – debdi.
Mirzo Ulug‘bek kulib yuborib di va: 
– Axir sen: «Men bu odamni ham, daraxtni 
ham ko‘rmaganman», – demabmiding, qanday qilib 
do‘stingning u yerga yetib bormaganini bilding! Yaxshisi 
yolg‘on gapirmay, omonatni egasiga topshir, – debdi.
U kishi aybiga iqror bo‘libdi va pulni egasiga qay
-
tarib beribdi.
5–O‘qish kitobi, 4-sinf


130
1. Da’vogar Mirzo Ulug‘bekdan nimani iltimos qildi?
2. Mirzo Ulug‘bek haqiqatni qanday aniqladi? Uning qay
-
si fazilati haqiqatni anglashga yordam berdi?
3. Rivoyatni yana qanday nomlash mumkin?

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə