Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

QUSH TILI
Mirtemir
Qushlar, hey, ketmang uzoq,
Qo‘ymayman sizga tuzoq.
Bo‘zto‘rg‘ay, bo‘zlashaylik.
Turumtoy, so‘zlashaylik.
Qaldirg‘och, quvlashaylik.
Betilmoch, quvnashaylik.
Sa’vaoy, sayrashaylik.
Soyma-soy yayrashaylik.
Qushlar, hey, ketmang uzoq,
Qo‘ymayman sizga tuzoq.
Cho‘chimang, hoy chumchuqlar,
Laylag-u chug‘urchuqlar,
Ko‘kqarg‘a-yu, zarg‘aldoq,
Bulduruq ham tuvaloq,
Suqsur, oqqush, tustovuq,
Sayranglar menga yovuq.
Mendan qochma, hoy burgut,
Do‘stlashaylik, qarchig‘ay,
Kaklik, to‘ti, bedana,
Sepay tariq, sedana.
Keling, ha, sirlashaylik,
Keling, ha, tillashaylik.
1. She’rda qaysi qushlarga murojaat qilinadi?
2. Qaysi qushlarning hayotini bilasiz?


131
YOMG‘IR
Farhod Musajonov
Yomg‘ir yog‘ayotganda odam qattiq uxlaydi degan
-
lari rost ekanmi, Halima opa bugun o‘g‘li Erkinjonni 
uyg‘otaverib charchab ketdi. Oxiri Erkinjon onasining 
qistovi kor qilib zo‘rg‘a ko‘zini ochdi. Nomiga chala-
chulpa yuvingan bo‘ldi.
Qaytib uyga kirdi-da, yana karavotiga o‘tirdi. Ko‘zini 
lo‘q qilib derazaga tikildi. Tashqarida yomg‘ir shig‘illab 
quyar, osmonni esa qop-qora bulut qoplab olgan edi.
Halima opa derazaning darchasini ochdi, xo-
naga zax va nam havo urdi. Erkinjon junjikib o‘zini 
ko‘rpaning tagiga oldi.
– Kiyinmaysanmi tezroq, Erkinjon, choying sovib 
qoladi, – dedi Halima opa.
Erkinjon indamadi. Shu havoda yomg‘irda ivib mak
-
tabga borishga sira oyog‘i tortmadi. Qani endi issiqqina 
uyda maza qilib derazadan ko‘chani tomosha qilib o‘tirsa! 
– Ha, nima bo‘ldi senga, kasal bo‘lib qolmading mi? 
– Halima opa o‘g‘li indamaganiga hayron bo‘ldi, pesha
-
nasini ushlab ko‘rdi. – Ozgina issig‘ing bor shekilli?
Erkinjon yana indamadi. Onasining gaplaridan keyin 
o‘ziga-o‘zi kasaldek tuyulib ketdi.
– Boshim og‘riyapti, – deb ko‘zini yumib oldi. Nega 
shunday dedi, o‘zi ham bilmaydi. Qo‘rqib ketgan Hali
-
ma opa darrov uning atrofida girdikapalak bo‘lib qoldi.
Ko‘rpasini, yostig‘ini to‘g‘rilab, yaxshilab yotqizib 
qo‘ydi.
Karavotining oldiga stul surib, nonushtani o‘shaning 
ustiga olib kelib qo‘ydi. Lekin Erkinjon nonushtaga qay
-


132
ri
lib ham qaramadi. Hozir u bitta ortiqcha harakat qi-
lishga, qimirlashga erinardi.
Halima opaning ishga ketadigan vaqti bo‘ldi.
– Qimirlamay yotgin, men shifokor chaqirib keta
-
man, – dedi u.
Peshin bo‘ldi. Derazadan ko‘chaga mo‘ralab o‘tirgan 
Erkinjon maktabdan qaytayotgan o‘rtoqlarini ko‘rdi. Nima 
uchundir yuragi orziqib, xo‘rsinib qo‘ydi. Bora-bora xur
-
sandligi yo‘qolib, o‘rnini xomushlik, g‘ashlik egalladi.
Shu payt eshik taqillab qoldi. Erkinjon borib ochdi. 
Qarshisida sochlariga oq oralagan, qotmadan kelgan ki
-
shi turardi.
– Men shifokorman, kasal Erkinjon Madrahimov shu 
yerda turadimi? – deb so‘radi u.
– Ha, shu yerda, – Erkinjonning ovozi zo‘rg‘a eshitildi.
– Bo‘lmasa, yigitcha, ruxsat etasiz, bir tekshirib 
ko‘ramiz, qayeringiz og‘riyotganikin. Durustmi? – shifokor 
juda shoshilardi.
Erkinjonning nafasi ichi ga tushib ketdi. Shifokor 
uni karavotga o‘tqazib isitmasini o‘lchadi, og‘zini ochib 
tomog‘ini ko‘rdi, re zinka naychasining uchini ko‘k ragiga 
qo‘yib, nafas olishini eshit di.
– Qayering og‘riyapti? – deb so‘radi Erkinning 
ko‘ziga tikilib.
Shifokor go‘yo ichingdagi bor 
gapni 
bilib 
turgan 
sehrgarga 
o‘xshardi. Erkinjon indolmadi.
– Ha, mayli, – dedi shifokor 
muloyimlik bilan, – mana shu 
dorini ichsang, tuzalib ketasan.


133
Shifokor dori qog‘ozini yozib to‘ldirdi-da, Erkinjonning 
yostig‘i tagiga qo‘ydi.
– Oying kelganlarida bergin. Dorini, albatta, topsin
-
lar, – dedi shifokor, – kasaling xavotirli, oldini olma
-
sa, oqibati yomon bo‘ladi. 
«Dovdirroq» shifokor qanday shoshib kelgan bo‘lsa, 
shunday shoshib chiqib ketdi.
Erkinjon sal yengil tortdi, peshanasidan chiqib ket
-
gan terni artdi. Ammo g‘ashligi tarqalmadi, zerika-zeri
-
ka bir amallab kunni kech qildi.
Halima opa ishdan sal barvaqt qaytdi. U eshikdan 
kira solib o‘g‘lidan hol-ahvol so‘radi.
– Tuzuk bo‘lib qoldim, ertaga maktabga bora
-
man, – dedi Erkinjon va shifokor tashlab ketgan dori 
qog‘ozini olib onasiga berdi. – Ammo shifokor hov
-
liqmaroq ekan, kasaling og‘ir, oldini olmasang, ishing 
chatoq, deb vahima qilib ketdi.
Halima opa qog‘ozni olib o‘qidi, birdan o‘zgardi, 
qo‘llari bilan ikkala chakkasini qisib o‘tirib qoldi.
– Nima bo‘ldi, oyijon? – Erkinjon qo‘rqib ketdi. 
Halima opa indamasdan qog‘ozni Erkinjonga uzatdi: 
– O‘qi!
Erkinjon qog‘ozni oldi, hijjalab o‘qidi: «Ehtiyot 
bo‘ling, o‘g‘lingizda mug‘ambirlik va yalqovlik kasalining 
alomatlari paydo bo‘lyapti».
1. Hikoyani o‘qing. Erkinjonning maktabga bormaganligi 
sababini izohlang.
2. Uni qanday kasallikka yo‘liqqan deb o‘ylaysiz?


134

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə