Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

ERKACHOLNING O‘RIGI
Xudoyberdi To‘xtaboyev
Tug‘ilib o‘sgan qishlog‘imga borib, qarindosh-urug‘lar 
huzurida bir necha kun mehmonda bo‘ldim. Tengqur
-
larim, yoshlar davrasida ishtirok etib, goh qizg‘in 
suhbatlarga qo‘shildim, goh aytilayotgan fikrlarning 


157
«
mazasini» shimayotgandek jimgina o‘tirdim. Yosh
-
lar orasida ko‘proq bo‘ldim desam ham bo‘ladi, ular-
ning beg‘ubor suhbatini yoqtiraman. Bir galgi suhbatda 
yigitchalardan biri: «Amaki, o‘rikdan yeng, og‘zingizda 
erib ketadi. «Qoraqandak» deyishadi bu navni, Erka
-
cholning o‘rigidan», – deb qoldi. Yuragim xapriqib ketdi.
Shirin-shirin 
entika 
boshladim. 
Suhbatdoshlarim
-
ga qayta-qayta tikilaman, yuz-u ko‘zlarida yeyayotgan 
o‘riklaridan olayotgan huzurdan o‘zga ifodani sezmay
-
man. Erkacholning kimligini ham, u kishi menga bobo 
bo‘lishini ham bilishmaydi, deb o‘ylayman. Axir u zot
-
ning olamdan o‘tganiga necha-necha yillar bo‘ldi-ku...
Otam olamdan o‘tgach, yigirma yoshida beva qol
-
gan onam ikki-uch yildan so‘ng turmushga chiqib, 
mening tarbiyam bobomning ixtiyorida qolgan edi... 
Sutga to‘ymagan qo‘zi onasining orqasidan qolmaga-
nidek, erta-yu kech bobomning ortidan ergashib yurar
-
dim. Hatto tunda ham bir o‘rinda yotardik. Yotishim 
bilan barmoqlarim bilan soqollarini tarab, ertak aytib 
berasiz deya, qiyin-qistovga olardim. 
Bir kuni ertalab katta ko‘k eshagimizni yetaklab 
chiqib:
– Qani, orqamga mingash-chi, – deb qoldilar.
– Qayoqqa boramiz? – deya so‘rayman sevinib.
– Qashqar qishloqdan o‘rik ko‘chati olib kelamiz.
– O‘rik ko‘chati o‘zimizda bor-ku?
– U boshqasi, o‘g‘lim.
– Qanaqasi?
Bas endi, jim ket.
– Yo‘q, oldin qanaqaligini ayting, keyin jim keta
-
man. Bo‘lmasa eshakning junidan tortaman.


158
– Qo‘y, bolam, junidan torta 
ko‘rma, yana yiqitsa, ishimiz bitmay 
qoladi... Qashqarda «Qoraqandak» 
degan o‘rik bor, faqat o‘sha yer-
da o‘sadi u. Quruq, suv siz yerni 
xohlaydi, shekilli. Mevasi, hay-hay, 
biram shirin bo‘ladiki, tog‘alaringnikiga 
borganda yegansan-ku.
– Yeganim yo‘q, – deyman.
– Yegansan, cho‘ntagingni to‘ldirib solib berishardi-ku!
– Bobojon, nega «Qoraqandak» deyishadi?
– Quriganda shirasi ko‘p bo‘lgani sabab rangi 
qorayib qoladi-da.
Shu yo‘sin Qashqarga borib bir quchoq mayda 
ko‘chat olib qaytdik.
Hali-hali esimda, erta bahor, yerdan nam ketib ul
-
gurmagan, tuproq ham xamirdek ko‘pchib turibdi. Te
-
palikning kungay tomonida chuchmomalar yerni yo-
rib chiqa boshlagan, havo ham xiyla ayoz bir palla 
edi. Bobom bir hafta davomida tepalikni gir aylan
-
tirib, orasida besh-olti gaz joy qoldirib, chuqurcha
-
lar kovladilar. Men esa goh o‘tgan yilgi xas-xashak
-
lardan yig‘ib, guldiratib olov yoqib yuboraman, goh 
katta qumg‘onni toshdan yasagan o‘chog‘imizga qo‘yib, 
varaqla tib choy qaynataman, goho nima maqsaddali
-
giga o‘zim ham tushun magan holda yuqoridan pastga
pastdan yuqoriga halloslab yugurib terga botaman.
– Kel endi, mana bu ko‘chatni ushlab tur, – deydilar 
ba’zan bobom. – Angrayma, nihol qiyshayib qolyapti.
– Bobojon, bog‘imizda o‘rik ko‘p-ku, endi qolgani
-
ni ekmay qo‘ya qolaylik, qishloqqa qaytgim kelyapti
enamni sog‘indim.


159
– Yo‘q, bo‘talog‘im, hammasini ekib ketganimiz yax
-
shi. Katta bo‘lsa, mevasini odamlar yeb sen bilan 
meni duo qilishadi.
Shu yo‘sin nihollarni ekib tugatdik. Rahmatli bobom 
o‘sha yili ham, keyingi paytlarda ham xurjunning ikki 
ko‘ziga ikki ko‘zani solib, tepalikka suv tashiganlari-
tashigan edi. Meni qanchalik suyib erkalasalar, nihol
-
larni ham to hosilga kirguncha ana shunday erkala
-
ganlari hali-hali esimda.
1. Erkacholning o‘rigi haqida gap ketganida nima uchun 
yozuvchi: «Yuragim xapriqib ketdi. Shirin-shirin entika 
boshladim», – deb yozadi?
2. «Yaxshidan bog‘ qoladi» maqolining hikoyaga qanday 
aloqasi bor? O‘z so‘zlaringiz bilan izohlang. 

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə