155
BAHOR TA’RIFIDA
Yusuf Xos Hojib
Sharqdan bahor nasimi esib keldi, olamni bezamoq
uchun firdavs yo‘lini ochdi.
Oq
rang ketib, bo‘z yerni alvon rang qopladi, olam
o‘ziga oro berib bezanmoq taraddudiga tushdi.
Zerikarli qishni bahor nafasi haydadi, musaffo ba
-
hor yana o‘z hukmiga kirdi. Uyquga kirgan daraxtlar
yana yashil to‘n kiydi, oq, sariq, ko‘k,
qizil rangli harir
yopinchiqlar bilan bezandi.
Bo‘z yer yuziga yashil parda tortdi, go‘yo Xitoy kar
-
voni ipak matolarini har tomonga yoydi. Dala-tuz, tog‘,
o‘nqir, past baland qirlar ko‘k va alvon rangga ko‘milib
burkandi. Turli-tuman chechaklar qiyg‘os ochildi, olam ichi
ifor va kofur isi bilan to‘ldi. Dimog‘larni chog‘
qiluvchi
sabo yeli ko‘tarildi, butun olamga mushk-anbar hidi taraldi.
G‘oz, o‘rdak, oqqush, qilquyruqlar osmonni to‘ldirib
qag‘illashib yuqori-quyi uchmoqda. Mag‘rur turnalar
ko‘kda ovozini baralla yangratmoqda, tizilgan tuya kar
-
vonidek uchmoqda.
Kaklik xushovoz bilan sayrab,
qah-qah urib kulmoqda,
uning tumshug‘i qon kabi qizil, qoshi esa qop-qora.
Qora qarg‘a tumshug‘ini ko‘pirtirib qag‘illaydi, uning
ovozi tantiq qizning ovozi kabi yoqimsizdir.
Gulzorda bulbul ming ohangda navo qilmoqda, tun-
kun tinmasdan yoqimli sayramoqda...
Osmonni bulut qoplagan, yomg‘ir yog‘moqda,
gullar
yuz ochib qah-qah urib kulmoqda.
1. O‘lkamizga bahor kelganini qayerdan bilamiz?
2. Matndan qushlar hayoti haqida nimalarni bilib oldingiz?
3. Bahorda janubdan qanday qushlar uchib keladi?
156
JALA DARAKCHISI
Habib Rahmat
Bahor chog‘i osmonda
Shunday hol bo‘lar goho:
Gumburlab momaqaldiroq,
Berar xunuk bir sado.
Gumbur-gumbur,
gum, gumbur,
Gumbur-gumbur,
gum, gumbur.
Go‘yo toshlar sharaqlab,
Tusha boshlar yer sari.
Birdan
chaqmoq charaqlab,
Porlar olov singari.
Gumbur-gumbur,
gum, gumbur,
Gumbur-gumbur,
gum, gumbur.
Menga esa tomosha,
Qo‘rqib, rangim o‘chmaydi.
Bilaman bu toshlarning
Bittasi ham tushmaydi.
Bu guldirak, guldirak,
Jaladan berar darak.
1. She‘rda momaqaldiroq nimaga o‘xshatilgan?
2. Qaysi faslda momaqaldiroq gumburlaydi?
U nimadan
darak beradi?
Dostları ilə paylaş: