Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»


KO‘KYOL Nosir Fozilov I



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

KO‘KYOL
Nosir Fozilov
I
Ko‘klam nafasi esib, qatqaloq qorlar eriy boshla
-
gan payt. Har yilgidek, bu paytda jamoa xo‘jaligimiz 
cho‘ponlari Sirdaryo bo‘yidagi yassi yaylovga o‘tov 
tikib, ko‘chib chiqishadi. Yaylov bilan qishlog‘imiz ora
-
si unchalik olis ham emas. Juda ko‘p deganda o‘n 
chaqirim kelsa keladi, kelmasa yo‘q. Men bu joylar
-
ga Pachcha xon amakim bilan kuniga bo‘lmasa ham, 
kunora ovga chiqib turaman. Ko‘klam!
Albatta, bu paytda Sirdaryoning suvi toshib, yon-
veridagi 
to‘qayzorlarga, 
ko‘l-ko‘lmaklarga 
chiqadi. 
O‘rdak, g‘ozlar «g‘ag‘a»lashib bu joylarni qushlar bo
-
zoriga aylantirib yuboradi.
Bugun 
ham 
amakim 
ikkalamiz 
ikki 
otda, 
yo‘ldamiz. Bo‘rijar soydan o‘tib, yassi yaylovga bo
-
raverishda ol dimizdan ikki kishi chiqdi: biri eshakda, 
ikkinchisi otliq.
Yaqinlashganda tanidim, ot mingani jamoa xo‘ja-
ligining mol doktori – Qo‘chqor aka, eshakdagisi – 
bosh cho‘pon Iso bobo ekan.
– Assalomu alayko‘-o‘m, – dedi Pachchaxon ama-
kim cho‘zib.
– Vaalaykum... – dedi Iso bobo qisqa qilib. – 
Yaxshi kelding, uka. Qani yur!
– Nima gap?
Qo‘chqor aka «yuravering» deganday o‘ng ko‘zini 
qisib qo‘ydi. Bir gap bo‘lsa kerak, deb amakim ik
-


149
ka
lamiz otlarimizning boshini orqaga burdik. Qo‘chqor 
akam, amakim uchovimiz yonma-yon ketib boryap
-
miz. Iso bobo ancha oldinda.
– Samanga bo‘ri tashlanibdi, – dedi Qo‘chqor 
akam asta. Men angrayib qoldim. Samanni o‘tgan 
kuni o‘tov oldida ko‘rgan edim. Gijinglab turuvdi.
Iso bobo sal yurgandan so‘ng eshagini o‘ngga 
bu rib, butalar orasiga kirib ketdi. Biz yetib borguni
-
mizcha, u kishi eshakdan tushib, nobud bo‘lgan sa
-
man jasadi yonida qaqqayib turar edi.
– Yo‘q, bunga ortiq chidab bo‘lmaydi. Chorasini 
ko‘rish kerak!
– Bitta bo‘rining ishi emasga o‘xshaydi-yov.
– E, to‘rtta. Eng zo‘ri Ko‘kyol, – dedi Iso bobo 
bo‘g‘ilib. – Qo‘lga tushirolmay dog‘daman. Qani 
ovchilar, qani miltig‘i bor azamatlar!
Bu gap Pachchaxon amakimga sal tegib ket
-
di she killi, quloqchinini peshanasiga surib, yelkasini 
qashidi. Qo‘chqor akam indamay, egarining qoshi
-
ga osig‘liq xaltachasini olib, cho‘qqayib o‘tirib yecha 
boshladi. Undan bir shisha olib yerga qo‘ydi. Ichida 
qoramtir suyuqlik. Shishaning sirtiga yopishtirilgan oq 
qog‘ozga odam ning bosh suyagi, uning tagida ikkita 
ilik suyagining ayqashib turgan surati solingan.
Keyin Qo‘chqor akam men ko‘rib yurgandan ik
-
ki-uch marta kattaroq bir shprisga haligi doridan 
to‘ldirib oldi-da, saman toy jasadining besh-olti joyiga 
ukol qildi.
– Ana, endi ertalab ko‘ramiz, – dedi Qo‘chqor 
akam qo‘llarini paxta bilan artayotib. – Bo‘ri bu


150
o
‘limtikka kechasi tag‘in keladi. Yesa bas, qotadi. 
Ko‘ramiz-da, – dedi yana u bamaylixotir. – Qani, 
ketdik. Ertaga shu paytda kelamiz.
...Kechagi 
va’dalashgan 
joyimizga 
Pachchaxon 
ama kim ikkovimiz vaqtliroq yetib keldik. Kechasi yer-
ga bir qarich qalinlikda qor yog‘gan. Butalar ning 
shox-shabbalari qordan egilib turibdi. Momiq qor 
usti qim-qiyg‘os ov izi... Ana, itnikidan kattaroq uch-
to‘rttacha iz, bo‘riniki bo‘lsa kerak.
Kechagi toy jasadi yotgan joyga kelsak, g‘alati 
voqeaning ustidan chiqib qoldik: Samanning jasadi 
qor tagida qolibdi.
Ustida bo‘rilar rosa dumalagan ko‘rinadi, o‘limtik 
atrofidagi qorlar payhon bo‘lib ketibdi. Toy bechorani 
tortqilashaverib tilka-pora qilib yuborishibdi. O‘n metrcha 
narida ikkita bo‘ri birining ustiga biri mingashib, sham
-
day qotib qolibdi. Yana nariroq yurgan edik, bir bu
-
taning tagida uchinchisi yer tishlaganicha mukkasidan 
tushibdi...
Iso bobo aylanib, uchala bo‘rini ko‘rib keldi-da:
– Ana, aytmadimmi? Ko‘kyol dori isini biladi deb. 
Ko‘kyol yo‘q. U makkor shu yerda ham ayyorlik 
qilibdi. Endi nima qildik?
– Shu bugunoq iziga tushish kerak, – dedi 
Pachchaxon amakim. – Qopqonga chap bersa, mil
-
tiq bor joyga yo‘lamasa, dorining hidini olsa, buning 
yo‘li bor. Iziga tozi solamiz... Mansur, sen qishloqqa 
borib Oq shunqorni olib kel!..


151
1. Ovchilar nima uchun bo‘rilarning ketiga tushishdi? 
Bo‘rilar qanday vahshiylik qilishgan edi?
2. Ovchilar qanday hiyla ishlatishdi?
II
Oqshunqorni olib kelganimda quyosh ikki terak 
bo‘yi ko‘tarilib qolgan edi. Bo‘rijarga yetib borishim bi
-
lan meni Iso bobo, Qo‘chqor akam bilan Pachchaxon 
amakimlar kutib olishdi. Pachchaxon ama kim tozining 
bo‘yinbog‘ini qo‘limdan olib, Iso boboga tutqazdi:
– Gap shunday, oqsoqol, – dedi Pachchaxon 
ama kim. U shunday dedi-da, yelkasidagi qo‘shog‘iz 
miltig‘ini Iso boboga berdi. Keyin otiga sakrab min
-
di. – Mendan ishora bo‘lganda Oqshunqorni qo‘yib 
yubo rasiz.
Pachchaxon amakim bilan Qo‘chqor akam otlar
-
ni yeldirishib Bo‘rijar tomonga ketishdi: qo‘llarida bit
-
tadan cho‘qmor. Iso bobo bilan men haligi joyda 
qoldik. Biz lar ham borsak bo‘laverar edi-ku, biroq 
hech zamonda eshak bilan bo‘ri quvlabdi, degan 
gapni eshit ganmisiz? Tozini keltirish uchun borganim
-
da otimni qoldirib, eshakda kelganimga achindim...
Iso boboning ko‘zi Bo‘rijar tomonda. Bir mahal 
bir dan hayt-haytlagan, qiyqirgan ovozlar eshitildi. Naq 
yu ragim qinidan chiqib ketayozdi, Iso bobo negadir 
to zining bo‘yinbog‘ini qo‘liga mahkam o‘radi. Oqshun
-
qor bo‘lsa hamon yer tirnab, g‘ingshib, oldinga inti
-
lardi.
Birdan Bo‘rijarning yonginasidagi qalin changal
-
zordan bo‘ri otilib chiqib, biz tomonga kela boshla
-


152
di. Qo‘chqor akam bilan Pachchaxon amakim ancha 
orqada qolib ketibdi. Bo‘ri shunday yonginamizga 
kelib qolganida Iso bobo birdan ovozining boricha 
hayt-hayt lab qoldi. Bo‘ri bo‘lsa boboning tovushini 
eshitib, yassi yaylovga qarab burildi. Orqada quvib 
kelayotganlar ham birpasda ol dimizga yetib kelishdi.
– Aylantirib quvinglar! Bir tomonidan... 
Otliqlar quv lab ketishdi.
– Aylantirib quvilsa nima bo‘ladi, bobo?
Shunda uzoqlashib, yo‘l adashtirib ketolmaydi, 
– dedi bobo qo‘lini peshanasiga soyabon qilib. – 
Ko‘zim qurg‘ur o‘tmay qoldi... Ko‘rinadimi? Qara-chi?
– Huv ana, otliqlardan biri bo‘rining ro‘parasidan 
kesib chiqdi.
– Ha barakalla, ish bundoq bo‘pti, – dedi Iso 
bobo. Bo‘ri uchinchi bor aylanib kelishida Pachcha-
xon amakim bizga qarab qalpog‘ini ko‘tardi. Iso 
bobo bo‘yinbog‘ning bir tomonini bo‘shatib yubor
-
di. Bo‘yinbog‘ tozining bo‘ynidagi mis halqadan 
«shir-r» etib chiqdi-yu, boboning qo‘lida qoldi. Hash-
pash deguncha tozi Ko‘kyolga yetib borib, orqasidan 
bir yulqib qoldi. Bo‘ri orqasiga qarab tishlarini irjay
-
tirdi-yu, yana hech narsa bo‘lmagandek, chopishda 
davom etdi. Iso bobo bilan men ham eshaklarimizni 
niqtashib, ularning ketidan baqirishib borardik.
– Endi chap tomoniga o‘tinglar! Bo‘yni qayishib 
qoldi, – deb qichqirdi bobo yo‘l-yo‘lakay eshagini 
battar niqtab.


153
Boboning maqsadiga tushundim. Bo‘ri doim bir to
-
monga qarab chopaversa, bo‘yni qayishib qoladi, de-
yishardi kattalar. Keyin chap tomonga o‘tib quvlagan
-
da, u o‘ng tomonga qaragancha ketaverar ekan-u, 
orqasidan 
quvlab 
ketayotganlarga 
burilib 
qarol
-
mas ekan.
Shu xayol bilan bobo ikkalamiz changalzordan 
jadallab o‘tsak, Qo‘chqor akam bilan Pachchaxon 
ama kim ot ustida bir tup jing‘ilga tikilishgancha tu
-
rishibdi. Oqshunqor bo‘lsa g‘ingshib jing‘il tupidan 
gir-gir aylanadi, biroq yaqinlasha olmaydi. Borsak, 
Ko‘kyol bo‘ri orqa tomonini jing‘ilga berib, cho‘qqayib 
o‘tirar, negadir orqa oyoqlarini ko‘tara olmasdi.
O‘zi ham rosa charchabdi.
– Ehtiyot bo‘linglar, qochib ketmasin, – dedi Iso 
bobo kelishi bilan. – Bu la’nati juda ayyor.
– Qochib bo‘pti! Oqshunqor orqa oyog‘ining pay
-
larini qirqib yubordi.
– Endi buning jazosini miltiq bersin. Qani, oqso
-
qol, miltiqni bering-chi!
Iso bobo miltiqni olib Pachchaxon amakimga ber
-
di. Amakim bo‘rini nishonga olganda men beixti
-
yor ko‘zlarimni yumdim. Birdan qarsillab ketma-ket 
o‘q uzil di. Bo‘ri qisqagina g‘ingshib, ovozi o‘chdi. 
Ko‘zimni ochganimda Ko‘kyol jing‘il tagida cho‘zilib 
yotardi...
1. Ovchilar Ko‘kyolni qanday qilib qo‘lga tushirishdi?
2. Itlarga, otlarga qo‘yiladigan qanday nomlarni bilasiz?


154

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə