160
– Navro‘zni har yili zo‘r quvonch, katta tayyorgarlik bi
-
lan kutib olish elimizning eng yaxshi odatlaridan biri
bo‘lib qolgan.
Dehqonlar Navro‘zda dala ishlariga kirishganlar, ish
hayvonlarini,
asboblarini olib chiqib, yer hayday boshla
-
ganlar.
Yurt soya-salqin bo‘lsin, o‘tgan-ketganlar rohatlan
-
sin deb, Navro‘zgacha yo‘llarga ko‘chat, bolalarga atab
hovli va bog‘larga meva nihollari ekiladi. Ko‘chalar to
-
zalanib, ariqlar qaziladi. Hammayoq supurib-sidiriladi.
Uylar «ko‘tarilib», idish-tovoqlar yuvilib pokizalanadi.
Navro‘zga atab yoshlar
rang-barang kiyimlar tikti
-
radilar. Qariyalarga sarpo tayyorlanadi, Navro‘z uchun
uzum, qovun, olma kabi yoz mevalari saqlangan
bo‘ladi. Shinni,
qiyomlardan tashqari, turli qandolatlar,
sumalak pishiriladi.
Navro‘z kirar kuni qo‘g‘irmoch qovurilib, turshak
qaynatiladi. Moy, qaymoq, jizza, yong‘oq solib cho‘zma,
chalpag-u kulcha, patir, lochiralar pishiriladi. Yal
-
piz, isma loq kabi ko‘katlardan somsalar tayyorlanadi.
Navro‘zda tug‘ilgan o‘g‘il bolaga Navro‘z,
Murod kabi
ism qo‘yilsa, qizlarning ismiga gul qo‘shilib aytiladi.
Masalan, Gulasal, Gulbahor, Gulzamon kabi.
Navro‘z kunlari yoshlar keksalar oldiga navro‘zlik
ko‘tarib salomga borishadi. Yalpiz, binafsha kabi
xushbo‘y narsalarni olib borsalar, qariyalar qo‘llariga
olib, «Esonlik-omonlik, hech ko‘rmaylik
yomonlik, yana
-
gi oylar-yillarga o‘ynab-kulib yetaylik», deb tilak bildiri
-
shadi.
1. Erta bahorda tabiatda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
2. Navro‘zgacha va Navro‘z kunlari qanday ishlar qilinadi?