162
– Ko‘klam kelsa ko‘chat ek, degan ekan mashoyix
-
lar. Shu bog‘dagi qurigan olmalarning o‘rniga uch-to‘rt
tup yong‘oq ekayapman, – deb javob beribdi.
– Ey do‘stim-ey, qarigan chog‘ingizda bog‘ qi-
lishning
sizga nima keragi bor, axir? Siz bilan men
yoshimizni yashab, oshimizni oshagan bo‘lsak, bu
yong‘oqlaringiz qachon hosilga kiradi-yu, siz qachon
mevasidan yeysiz? Oxir umringizda mana shu bog‘dagi
mevalarning
boriga qanoat qilib, soya-salqinda tinchgina
g‘azal bitib o‘tiravermaysizmi?
– Do‘stim, yaxshidan bog‘ qoladi, degan naqlni
eshi tganmisiz? Men bu ko‘chatlarni o‘zim uchun emas,
mana shu mahallamiz ko‘chalarini
chan gitib yurgan
bolakaylar, balkim ularning ham bolalari uchun ekyap
-
man. Bir kun kelib, shu ko‘chatlarning har biri azim
daraxt bo‘ladi. Hosil bera boshlaydi.
Shunda odamlar
uning mevasidan totib: «Bu bog‘ Mir Alisherdan qol
-
gan!» – deyishadi. Shuning o‘zi menga har qanday
ne’matdan lazzatliroqdur, – deb javob beribdi.
Bu gaplarni eshitgan Sulton
Husayn Mir Alisherning
saxovatiga qoyil qolib, unga hamyon to‘la tilla chiqarib
beribdi. Mir Alisher tillaga qarab turib:
– Ana ko‘rdingizmi, do‘stim! Ekayotgan ko‘chatlarim
hozirdanoq hosil bera boshladi, – deya kulib qo‘yibdi.
Sulton Husayn Mir Alisherning
hozirjavobligiga yana
bir bor qoyil qolgan ekan.
1. Mir Alisher va Sulton Husayn o‘rtasidagi suhbatni rol
-
larga bo‘lib, rivoyatni ifodali o‘qing.
2. «Yaxshidan bog‘ qoladi» degan hikmatning ma’nosini
izohlang.