171
...Bir kuni kosadagi sutni to‘kib qo‘yib oyisidan
qochib chiqqan edi. Ko‘chalarda
bekor aylanish joniga
tegdi. Keyin nima gaplar bo‘layotganini bilish uchun
maktab hovlisiga kirgan edi, yangi ko‘chib kelgan rus
tili o‘qituvchisining eshigi oldida loy qorib turgan malla
sochli bolaga ko‘zi tushib qoldi.
Abduqodir yaqinroq bo
-
rib begona bolaning kurakchasini oldi-da, ura qochdi.
– Kerak bo‘lsa, olaver, – dedi to‘satdan o‘z bek chalab
Vova, – menda ko‘p.
O‘sha kuni Abduqodir Vova bilan durustgina tani-
shib oldi. Ma’lum bo‘lishicha, Vovalar «Katta dovon»
qishlog‘idan ko‘chib kelayotganlarida ularning yettita
quyonlari o‘sha yerda qolib ketibdi. Bitta ona quyonni
olib qaytishibdi. Hademay o‘qishlar
ham boshlanib ket
-
di. Ikkovlari bir sinfda o‘qiy boshladilar. Endi ular bir
-
ga dars tayyorlashar, birga o‘ynashar, bo‘sh vaqtlarida
esa Vovaning quyonlariga o‘t keltirish uchun dalalarga
chiqishar edi. Bir kun ikkovlari
adir tomonda adashib
ham qolishgan. Bu voqea 4-sinfda o‘qiyotganlarida yuz
bergan edi. Ular olma keltirish uchun bog‘ga borish
-
di. Erta bahor, daraxtlar kurtak yoza boshlagan, ham
-
mayoqda o‘t-o‘lanlar ko‘karib, zilol suvli ariqlar bo‘yida
chuchmomalar ochilgan payt... Ishlarini bitirib,
endigina
orqaga qaytamiz deb turganlarida, Vovaning yonginasida
bir quyon bolasi sakrab, o‘ynoqlab qoldi:
– Quyon! – deya qichqirdi Vova va ortidan quv-
lay boshadi. Abduqodir ham yugurdi.
Quyon bolasi
o‘ynoqlab, oyoqlarini osmonga otib yugurar edi. Qorong‘i
tushib, ko‘z ko‘rmay qolguncha quyonni quvlashdi.
Shu payt yaqinginada chiyabo‘rining chaqaloq ning
ingalashiga o‘xshash ovozi eshitilib, ikkovlarini ham
cho‘chitib yubordi...
172
– Vova, – dedi Abduqodir o‘zidagi qo‘rquvni bosish
uchun
ataylab qattiq tovushda, – sen katta bo‘lsang
quyonchi bo‘lmoqchimisan?
– Albatta, – dedi Vova tovushini undan ham baland
qilib.
– Men bobomga o‘xshab bog‘bon bo‘lsam kerak,
bobom: «Qarib qoldim, o‘rnimga seni qoldirmoqchiman»,
– deydilar.
...Bir nafasdan so‘ng xat ham tayyor bo‘lgan edi.
Abduqodir pochta tomon yo‘l oldi.
1. Abduqodir xatida Vovaga nimalar haqida yozdi?
2. Daftaringizga do‘stlik haqidagi maqollarni yozing.
MANGU OLOV
Ravshan Isoqov
Mangu olov – yoniq xotira,
Yuraklardan o‘chmaydi sira.
O‘tar lip-lip ko‘z oldimizdan,
Goho tiniq, gohida xira.
Qadr nima, xotira nima?
Xotirasiz
qadr bor, dema.
Shahidlarga el-yurt hurmati,
Ehtiromi, cheksiz himmati.
Jasorating abadiy, o‘g‘lon –
Sof oltinning baland qimmati.
Noming bugun zar varaqlarda,
Har bir yurak, qalb charoqlarda.
Mangu olov so‘nmagay toki,
Qalbimizda sen, ardoqlarda.
1. She’rni ifodali o‘qing va yod oling.
2. Mangu olov nimaning ramzi ekanligini ayting.
3. Shoir uni nima uchun «Yuraklardan o‘chmaydi sira»
deb ta’riflaydi?