Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

AYIQNI YENGGAN CHO‘PON
Pirimqul Qodirov
I
Tog‘ yonbag‘riga qo‘ylarni Suyun otaning sherigi 
yoyib ketdi. Suyun ota o‘g‘li bilan nevarasini chodirga 
boshlab kirdi-da, og‘zi bog‘lab qo‘yilgan meshdan piyo-
laga ayron quyib berdi.
– Qo‘yning ayroni dori-da, – deb qo‘ydi Suyun ota.
– Bu ayron emas, dada, buni qo‘yning qimizi de-
yish kerak.
– E, bu qimizdan ham yaxshi, – dedi Suyun ota.
– Men shu ayrondan ichaversam, yigit yoshimga 
qaytganday bo‘laveraman. 
Akrom bobosining yigitligida ayiq bilan olishganini 
eshitgan edi.


145
– Ayiq bilan shu tog‘da olishganmisiz, bobo? – deb 
so‘radi...
Suyun ota oq oralagan qo‘ng‘ir soqolini barmog‘i bi-
lan tarab, chigalini yozdi. U so‘kishni va qarg‘ashni 
bilmaydigan odam edi, birovni qattiq urishganda «He, 
bolang yig‘lagur» deb qo‘yardi. Hozir ham u:
– Bolang yig‘lagur ayiq, – deb so‘zida davom 
etdi, – itlarimizni oldiga solib vang‘illatib quva
-
di... Birinchi kelgan kuni qarasam, se miz bir qo‘yni 
g‘ijimlab otyapti. Dumbalik qo‘y kamida besh pud 
keladi. Bolang yig‘lagur ayiq uni oldingi ikki oyog‘i 
bilan g‘ijimlab turib otganda, o‘n qadamcha na ri ga 
borib gursillab tushadi. Itlar akillab kelsa, bo‘kirib 
shunday panja soladiki, ular g‘ingshib qochib qoladi. 
Mening qo‘limda tayoqdan boshqa narsa yo‘q.
– Miltig‘ingiz qayerda edi? – dedi Sanjar aka.
– E, u paytlarda miltiq kamchil edi-da. Bizda mil
-
tiq yo‘q edi. Bolang yig‘lagur ayiq haligi qo‘yni otib-
otib, qo‘tondan jilg‘aga olib tushib ketdi. O‘choqda o‘t 
yonib turgan edi. Men ayiq o‘tdan qo‘rqadi deb eshit-
gan edim. Eski ko‘ylagimni tayoqqa bog‘lab, ustidan 
moy sepib yondirdim. Keyin ayiq tushgan jilg‘aga qarab 
qiyqirib chopdim. Qarasam, qo‘y do‘mpayib yotibdi. Bo-
lang yig‘lagur ayiq, uning dumba tomonidan ancha joyi
-
ni yebdi-yu, ketib qolibdi. Jonivor qo‘y bir tipirchiladi. 
Hali jon bermagan ekan. Darrov belimdan pichog‘imni 
olib, uni halolladim... Oradan bir kun o‘tgandan keyin 
ayiq qo‘shni suruvga hujum qilibdi.
1. Hikoyani ifodali o‘qing va mazmunini qisqartirib takror
-
lang.


146
II
U suruvni Chaqmoq degan bir 
cho‘pon boqar edi. Kiyikdek kelish
-
gan yigit edi. Ayiq bir qo‘yni bos
-
gandan keyin yugurib borib ayiq
-
ni tayog‘i bilan ura ketibdi. Bolang 
yig‘lagur tayoqni pisand qiladimi? 
Terisining qalinligi ikki enli kela-
di. Chaqmoq bir-ikki tayoq urgan
-
dan keyin ayiq unga hamla qilibdi. 
Chaqqon yigit edi, qochibdi. Lekin 
ayiqning bir panjasi yelkasiga tegib ketibdi. Biz keyin 
ko‘rdik, ko‘ylagi yelkasidan yirtilgan. Ayiqning tirnog‘i 
badaniga biroz botgan.
Unchalik qattiq yarador bo‘lgan emas. Ayiqdan 
qochib qutulib ketibdi. Lekin yelkasiga ayiqning pan
-
jasi tekkanda yomon qo‘rqqan ekanmi, yo ayiq qu
-
turgan bo‘lsa, kasali yigitga yuqdimi, xullas, becho
-
ra Chaqmoq og‘ir kasal bo‘lib, qazo qildi. Chaqmoq 
nobud bo‘lgandan keyin bizning juda g‘azabimiz kel
-
di. Atrofdagi cho‘ponlar hammamiz yig‘ilib: «Buni bir 
yoqlik qilmasak, ertaga yana birortamizni o‘ldirib ke-
tadi», – dedik. Qo‘shni qishloqdan bitta miltiq topil
-
di. Lekin uning ikkitagina o‘qi bor ekan. Aksiga hech 
birimiz mergan emasmiz. Bu bilan ish bitmaydi, deb 
o‘yladim-u, qo‘y qirqimidan qolgan qirqliklarni oldim.
– Qirqlik deganingiz nima, bobo? – so‘radi Akrom.
Suyun ota chodirning bir chetida yotgan uchlari 
nayzasimon uzun qaychini ko‘rsatdi: – Mana shu 
nayzalarni baquvvat tayoqlarning uchiga mahkam 


147
bog‘ladim. Qo‘shni cho‘ponlardan biri miltiqni o‘qlab 
qo‘ydi. Ayiqning kelishini kutdik. Bolang yig‘lagurning 
quturganini qarangki, bir kun qo‘tonga qorong‘i tush
-
masdan keldi. Bitta qo‘yga hamla qilib borayotgan
-
da, qo‘shni cho‘ponga: «Ot!» – dedim. Qo‘li qaltirab 
mo‘ljalni yaxshi ololmagan ekan. O‘q ayiq o‘tgan joy
-
dan besh-o‘n qadam beriga tushib, yerni bir chan git-
di.
Ikkinchi o‘q ayiqning tepasidan o‘tib borib, toshga 
tegdi. Lekin miltiq ustma-ust gumburlaganidan ayiq 
harqalay qo‘rqdi. Orqasiga burilib qochdi.
Biz qiyqirib ketidan quvdik. Nariyoqdan besh-olti
-
ta bo‘ribosar itlar shovqin solib chiqdi. Bu gal ayiq 
itlarning ustiga bosib borolmadi-yu, o‘ng tomonga 
buril di. O‘ng tomondan biz qirqlik bog‘lagan tayoqla
-
rimizni ko‘tarib chiqdik. Ayiq shoshib qoldi. Chap to
-
monda tirik jon chiqolmaydigan toshjar bor edi. Biz 
bunday toshjarni zov deymiz. Shu zovning tagida 
– kun tegmaydigan chuqur jilg‘ada ichi kovak bo‘lib 
qolgan muz aralash qor bor edi. Ayiq qochib bo
-
rib, ana shu muzning kovagiga kirdi. Kovakning muzi 
erib, teshilib qolgan joylari bor edi. Qirqlikni shu 
teshikka to‘g‘riladim-u, ayiqning biqinini mo‘ljallab, bor 
kuchim bilan sanchdim.
Kovakning 
ichidan 
ayiqning 
bo‘kirgani 
eshitildi. 
Mo‘ljalni durust olganimni shundan sezdim. Nayzani 
tortib olib, yana bir sanchdim. Ayiq bir gandirakladi-yu, 
orqasiga tisarildi, keyin muz ustiga ag‘anab tushdi...
1. Cho‘ponlar ayiqdan qanday qilib qutulishdi?
2. «Suyun otaning hikoyasi» mavzusida insho yozing.


148

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə