Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

XATARLI UCHRASHUV
Pirimqul Qodirov
Urush vaqti edi. Biz Turkiston tizma tog‘ining etagi
-
da, shahardan yigirma besh chaqirim naridagi kichkina 
qishloqda turar edik. Harbiy xizmatdagi akamning xotini 
qish kunlarida qattiq betob bo‘lib qoldi-yu, shahardan 
oyimni chaqirib keling, deb iltimos qildi.
U vaqtlarda mashina juda kam, ot-ulov xo‘jalik ishi 
bilan band edi. Men piyoda yo‘lga chiqdim.
Ancha yo‘l yurdim. Yog‘ib turgan qor pardasi orti
-
dan uch-to‘rt g‘amgin chordevorlar ko‘rindi. Ulardan na-
rida qurib qolgan bir hovuz ham bor. Shunga yetsam 
yo‘lning yarmi qoladi.


139
Atrof biyday dala. Bir vaqt yo‘lning chap tomo
-
nida qandaydir sharpa sezganday bo‘ldim. Durust
-
roq qa rasam, mendan yuz qadamcha narida ikkita kul
-
rang jonivor turibdi. Men avval ularni it deb o‘yladim. 
Shu atrofda yo yilib yurgan qo‘y qo‘rasi bordir deb, 
yon-ve rimga alangladim. Lekin ko‘z ilg‘aydigan joy
-
da bironta qo‘y yoki poda ko‘rinmas edi. Meni ser
-
gaklanib kuzata yotgan haligi kulrang jonivorlar it 
emas edi. Men ular ning bo‘ri ekanligini tushundim-u,
etim junjikib ketdi. Bir lahza o‘zimni yo‘ qotib qo‘ydim. Keyin 
sal hu shimni yig‘ishtirib qa ra sam, oyoq larim go‘ yo o‘zidan 
o‘zi yurib ket yapti. To‘x tashga ham, jadallashga ham, avzo-
yimni o‘zgartirishga ham, hatto bo‘rilarga yana bir qarashga 
ham jur’at yo‘q. To‘g‘riga qarab avvalgiday yurib ketyap
-
man-u, butun vujudim bilan bo‘rilar tomonga quloq sola
-
man. Menga qarab ke lishsa, shitiri eshitiladi-ku, deyman.
Kishining qo‘rqqanini sezsa, jur’atsiz kuchuk ham 
hujum qiladi, men buni yaxshi bilar edim. Shuning 
uchun yuragim vahimadan uvushib ketayotgan bo‘lsa 
ham boyagiday shoshilmay, bo‘rilarni ko‘rmaganday bir 
maromda yurib borardim. Bir jihatdan hozir menga 
osonrog‘i shu edi.
Chunki avzoyimni o‘zgartirsam, masalan, chopsam, 
bo‘rilar ham orqamdan chopadiganday tuyular edi. 
Men esa hammadan ham shuni istamas edim.
Avvalgiday shoshilmay yurib ketyapman. Yo‘l keng, 
oyog‘im tagidagi qor juda mayin. Biroq men o‘tkir qi-
lichning ensiz tig‘ida yurib borayotgandayman. Yura-
gimni hovuchlab nuqul ortga quloq solaman.
Shu ahvolda qancha yo‘l bosganimni bilmayman. 
Shunda: «Qochsam, quvadi!» – degan vahimali o‘y 
meni yana qochishdan tutib qoldi...


140
Narigi qishloqqa yetib, endi qutuldim deganda bir-
dan bo‘shashib ketdim. Xuddi o‘n kun yo‘l yurganday 
charchab, qorga o‘tirib qoldim. Ichim kuyib, og‘zim 
qaqrab, taxir bo‘lib ketgan edi...
Kelinoyim tuzalib ketdi. Keyin akam urushdan yara
-
dor bo‘lib qaytib keldi. Biz sirdosh aka-ukalardan edik. 
Bir kun men yerga qarab, uyalib bo‘rilar bilan qanday 
uchrashganimni akamga aytib berdim. Akam mendan 
kuladi, deb o‘ylagan edim. Yo‘q, sekin boshim
-
ni ko‘tarib qarasam, menga jim tikilib turibdi. Ko‘zlari 
zavq langanday yonyapti. 
– Qo‘rqoq bo‘lganingda, aqlingni yo‘qotib qochar
eding. Ana unda bo‘rilar seni sog‘ qo‘ymas edi. Urush
-
da ham kim aqlini yo‘qotib qochsa, o‘q avval o‘shanga 
tegadi. Hamma gap aql bilan irodada, – dedi akam.
1. Bola bo‘rilardan nima uchun qochmadi?
2. Akasining: «Hamma gap aql bilan irodada» degan 
gapini siz qanday tushunasiz?
3. Hikoyaning «Xatarli uchrashuv» deb nomlanishini 
izohlang.

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə