Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

CHUMCHUQ BILAN CHUMOLI
Aziz Abdurazzoq
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir qishloqda kattakon 
tepalik bor ekan. Tepalik yonida bir tup tut bor ekan.


127
Tutning 
quyuq, 
chayir 
shoxlarida 
chumchuqlar 
chug‘ullashar ekan. Chumchuqlar chumolilarning har 
kuni tinimsiz yuk tashib yurishlari haqida gaplashib
ularni mazax qilib kulishar ekan. Chumolilar bo‘lsa ular-
ga parvo ham qilmay, indamasdan ishlab yuraverishar 
ekan. 
Bir kuni qoq tush paytida 
bitta Chumchuq pirillab yerga 
tushibdi. Bitta bug‘doyni tish
-
lab ketayotgan bir Chumolining 
yoniga qo‘nibdi.
– Bug‘doyni menga ber, – debdi Chumchuq.
– Nega? – debdi Chumoli. – Kap-katta bo‘lib 
mendan bug‘doy so‘ragani uyalmaysanmi? O‘zing topib 
yesang bo‘lmaydimi? Shu bitta bug‘doyga to‘yasanmi?
– Kun isib ketdi, – debdi Chumchuq. – Hech qa-
yerga borgim kelmayapti.
– Shuni ertalab salqinda o‘ylamadingmi? – debdi 
Chumoli. – Don kerak bo‘lsa, izlab top. Axir qano ting 
bor. Agar mening qanotim bo‘lganida ming chaqirim 
joyga ham erinmay borib kelar edim.
– Qanot menga don izlash uchun berilgan emas, – 
debdi Chumchuq. – Mushukdan saqlanish uchun beril
-
gan. Bo‘lmasa xirmonga borib to‘yib kelardim. Lekin u 
yerda Mushuk bor. Qo‘rqaman, meni yeb qo‘yadi.
– Nega Mushuk seni yeydi-yu, meni yemay di? – 
debdi Chumoli. 
Chumchuq chirillab kulib yuboribdi: 
– Gapingni qara-yu, Mushuk seni boshiga uradimi? 
Sening go‘shting oz. Buning ustiga achchiqsan.


128
– Menga o‘xshab mehnat qilsang, sen ham terlab 
achchiq bo‘lib qolar eding, – debdi Chumoli. – Sen 
bo‘lsang doim tekin ovqat qidirasan. Sen achchiqsan, 
men shirinman deb maqtanmay qo‘ya qol. Aslida se-
ning o‘zing shirin emassan, joning shirin. Joningni koy
-
itging kelmaydi. 
– Mayli, nima desang ham deyaver, lekin mana 
shu bug‘doyingni menga beraqol, – deb yalinibdi 
Chumchuq.
Shu payt qayoqdandir paydo bo‘lib qolgan olg‘ir 
Mushuk bir hamla qilib, Chumchuqni tappa bosibdi.
– Voy, Chumolijon, meni qutqar, Mushukni cha
-
qib ol! – deb chirillabdi Chumchuq. Shunda Mushuk 
Chumchuqni tishlab, yugurganicha tepalikning narigi to
-
moniga o‘tib ketibdi.
1. Chumchuq Chumoli bilan nima to‘g‘risida suhbatlash
-
di?
2. Siz ulardan qaysi birining fikrini ma’qullaysiz? Nima 
uchun?
3. Tekinxo‘rlik bilan mehnatsevarlik tushunchalarini solish-
tiring.

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə