Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

NURXON BILAN BURHON
Miraziz A’zam
Nurxon qiz munkidi-yu,
Savati uchib ketdi.
Qulupnayi sochilib
Har yoqqa qochib ketdi.
Burhon xaxolab kulib,
O‘zi ham qoqildi-ku!
Kesilgan daraxt kabi
Gursillab yiqildi-ku!
Nurxon unga kulmadi,
Do‘ppisin qoqib berdi.
«Yomon yiqilmadingmi,
Qursin, falokat», – dedi.
Burhon qattiq uyaldi,
«Zararsiz», – dedi Nurxon.
Qulupnayni «puf-puflab»
Savatga terdi Burhon.
Chirandi-yu, odobda,
Nurxonga yutqazdi u.
...Qulupnayday qizarib,
Savatni tutqazdi u.


118
1. She’rni ifodali o‘qing.
2. Burhon nima uchun uyalganini izohlang.
QO‘RQOQ
Sunnatulla Anorboyev
I
Bolalar Bahromga «Qo‘rqoq, 
qo‘rqoq!» deb ozor berishardi. 
To‘g‘ri, u kechasi eshikka yol-
g‘iz chiqishdan qo‘rqardi. Agar 
qorong‘i tushganda yotoqxo na-
dan chiqmoqchi bo‘lsa, birorta 
o‘rtog‘iga «yurgin», deb yalinar, 
ba’zan esa yon-ve ridagilarning 
o‘r -
nidan turishini poylab, ko‘zini mo‘ltillatib yotaverar
-
di. Goho bolalar jo‘rttaga uni mazax qi lish uchun 
to‘satdan: «Ana, bo‘ri!» deb yotoqqa qa rab yugurib qo-
lishardi. Bahrom ham ularning ketidan ura qochardi. 
Nima qilsin, ayb Bahromdami? Dadasi yo‘qolgan otini 
qidirib kechasi tog‘da yurganida, uni och bo‘rilar yeb 
ketgan. O‘shandan keyin oyisi yurak oldirib, Bahromni 
kechasi eshikka yolg‘iz chiqarmaydigan bo‘lgan. O‘tgan 
yili ferma qishlovidagi boshlang‘ich maktabni tamomlab, 
qishloq markazidagi yotib o‘qiydigan maktabga keta-
yotganida ham oyisi: «Kechalari yolg‘iz yura ko‘rma!» 
deb qattiq tayinlagan. Mana, hozirgacha oyisining gapi
-
dan chiqmaydi. Uchinchi fermadan kelib, birga yotib 
o‘qiydigan bolalar bugun uni bekordan bekorga xafa 
qilishdi: «Qo‘rqoq» deb mas xaralab tashlab ketishdi. 
Bahrom noiloj yotoqqa qaytib kirdi. Xona huvullab tu
-


119
ribdi. Ertaga yakshanba – hamma uy-uyiga ketgan.
Na zarida Qoravoyning achchiq pichingi qulog‘ining tagi
-
da hamon jaranglayotganday tu yuldi. To‘satdan u:
– Bekorlarni aytibsan! Qo‘rqmayman! – deb baqirib 
yubordi. Shu payt burunlarini jiyirib, tirjayib turgan bola
-
lar ko‘z oldiga keldi. Ular go‘yo: «Qo‘rqoq, qo‘rqoq», – 
deb masxara qilayotganday tuyuldi-yu, velosipedga irg‘ib 
minib, orqasiga qaramay g‘izillagancha ketdi...
1. Bolalar nima uchun Bahromni «qo‘rqoq» deb atashardi?
2. Uning o‘rtoqlari ketidan yo‘lga otlanishining sababini 
ayting.
II
To‘satdan chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumbur
-
ladi. Bahrom osmon qars yorilib, bosib tushadigan
-
day bo‘ynini qisdi. Tomchilayotgan yomg‘ir sharros qu-
yib yubordi. Yo‘l birpasda loy bo‘ldi. Yurish og‘irlashdi. 
Sirg‘anib ketib ag‘anab tushsa bormi... Bahrom past
-
ga qaradi-yu, yuragi orqasiga tortib ketdi: payqamagan 
ekan, kuchli sel kelibdi!.. Sel ovozi, momaqaldiroq gul
-
dirashi orasida Bahromning qulog‘iga qo‘y ma’ragani 
chalinganday bo‘ldi. Saldan keyin yana eshitildi. Bu 
safar qo‘y ovoziga qo‘zichoqning zorli ma’ragani ham 
ulanib ketdi. Ana o‘zi! Katta sovliq qorong‘i tun ichi
-
dan sho‘ng‘ib chiqdi. U suv yoqalab yelib kelardi. 
«Jalada suruvdan ayrilib qolib ketgan, jonivor!» – de
-
gan fikr ko‘nglidan o‘tdi Bahromning. U qo‘yni ko‘rgan 
zahoti xuddi yo‘ldosh topilganday qo‘rquvni unutdi. 
Yashin yalt etganda, sel betida qalqib oqib borayot
-
gan qo‘zichoqqa ko‘zi tushib qoldi. Sovliqning buncha
-
lik telbalanib chopishiga endi tushundi.


120
Bahrom o‘ylab-netmay velosipedini yerga yotqizib, ki
-
yimlarini shartta yechdi-da, qo‘zichoqqa intildi. Shu payt 
uzoqdan kimdir baqirdi: – Qur-ey, qur-ey!
U suv kechib, qo‘zichoqning ketidan borardi. Sel 
to‘pig‘iga, tizzasiga, soniga chiqdi. Qo‘zichoqqa ye-
tib qo‘l cho‘zganida esa belidan oshib qolgandi. 
Hali oqim bo‘ylab yurgani uchunmi, suvning kuchini 
sezmagan ekan. Endi oyog‘ini yerga tirab selga qar
-
shilik ko‘rsatgan ham ediki, suv chalqancha ag‘dardi-
yu, oqizib ketdi. Sayozroq joyga yetganida oyog‘ini 
yerga tiramoqchi bo‘lgandi, suv zo‘rlik qilib surib ket
-
di. Yaxshiyam Bahrom qo‘li bilan xarsangtoshni ushlab 
qolgani, bo‘lmasa... U shu ahvolda qancha vaqt tosh 
ustida yotganini bilmaydi. Qirg‘oqqa qanday chiqib qol
-
gani ham esida yo‘q. Faqat uyqudan uyg‘onganday 
ko‘zini ochsa, kimdir uni chakmonga o‘rayotgan ekan.
– Balli, ota o‘g‘il! – dedi u kishi. Bahrom chakmon
-
ni egnidan tushirib yubormaslik uchun yaxshiroq yopi-
nib, o‘rnidan turdi. 
– Sovuq qotyapsanmi? – deb so‘radi chakmonga 
o‘ragan kishi. Bahrom uni endi tanidi. Jumanazarning 
dadasi Ollonazar amaki-ku. U sevinib ketdi va junjika-
yotgan bo‘lsa-da, bosh chayqab «yo‘q» dedi. U ola
-
zarak bo‘lib qo‘zichoqni qidirdi. Nahotki, oqib ketgan 
bo‘lsa?!
Endi so‘ramoqchi bo‘lib turganida, Ollonazar amaki 
qo‘llari bilan uni dast ko‘tardi-yu, eshakka mindirdi.
Shundagina u eshakning panasida turgan qo‘yga 
ko‘zi tushdi. Qo‘zichoq bo‘lsa onasining bag‘riga suqilib, 
miriqib emmoqda edi...
Ollonazar amaki «hayt» deb qo‘zichoqning tinchligini 
buzdi. Sovliq oldinga qarab yurdi, qo‘zichoq orqasidan 


121
yugurdi. Eshak ham yo‘rg‘alab ketdi. Yo‘lda Bahromning 
kiyim-kechagini, velosipedini qidirib topishdi...
Peshindan keyin Bahrom fermadan davlat xo‘jaligi 
markaziga ketayotgan mashinaga o‘tirib maktabiga jo‘nadi. 
U kechki g‘ira-shirada maktabga yetib keldi. O‘rtoqlarining 
hammasi yotoqda ekan. Lekin qiziq bo‘ldi. Odatda, 
«o‘rtoq» o‘rniga «qo‘rqoq» so‘zini qo‘shib: «Bahrom 
qo‘rqoq keldi» deb qarshi oladigan bolalar bugun negadir:
– Ana, Bahrom keldi! – deb o‘rinlaridan gurra turib, 
uni o‘rab olishdi.
1. Bahromni o‘rtoqlarining hurmat bilan kutib olishining 
sababini izohlang.
2. «Bahrom – g‘ururli bola» mavzusida insho yozing.

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə