Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»


NIMA YAXSHI-YU, NIMA YOMON?



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

NIMA YAXSHI-YU, NIMA YOMON?
ODOBLI BO‘LISH OSONMI?
Anvar Obidjon
I
Mittigina, quvnoqqina, yebto‘ymasgina bir Sichqon
-
cha bor ekan. U suyukli onajonisi bilan birga qishloq-
dagi eng baland, eng ko‘rkam uyning kovagida yashar 
ekan. Bir kuni onajonisi to‘lpoq Sichqonchaning burniga 
burnini ishqab erkalatibdi-da:
– Mana, tiling ancha burrolashib, tashqariga o‘zing 
chiqib o‘ynasang o‘ynagudek kattagina bo‘lib qolding, 
endi sal esingni yig‘ib ol, odobli bo‘l, – deb nasihat 
qilibdi.
Esim-ku joyida, chunki qaysi ovqat shirinligini yax
-
shi bilaman, – debdi Sichqoncha o‘zini o‘zi maqtab. – 
Ammo odobli ko‘rinish uchun nimalar qilishim ke rak, 
oyijonim?
– Kichkintoylarning odo bi, birinchi navbatda, qanday 
salom berishidan bilinadi, – deya javob qaytaribdi ona-
jonisi. – O‘zingdan kattaroqlar
-
ni uchratganda, chiroyli jilmayib: 
«Assalomu alaykum», – desang, 
ular ham senga ochiq yuz bilan 
boqib: «Vaalaykum assalom», –
deyishadi. Keyin ichlarida: «Ni
-
hoyatda odobli ekan, ota-onasiga 
ming rahmat», – deb havas qili
-
shadi. Buni esh itib, Sichqoncha-
ning zavqi jo‘shib ketibdi. Qoyil
-


108
maqom salom berib, birovlardan tezroq rahmat eshitgisi 
kelibdi-yu, shosha-pisha tashqariga yo‘l olibdi.
Kovakdan chiqiboq, unga chaqchayganicha tikilib tur
-
gan bo‘g‘irsoqsimon Mushukka duch kelibdi. Sichqoncha 
shum baroqqa jilmayib qarab: «Assalomu alaykum, Mi
-
yovpochcha!» – degan ekan, uning ko‘zidagi yovuzlik 
birdaniga so‘nibdi va sal tamshanib qo‘yib: «Vaalaykum 
assalomuv-v... Umring uzoq bo‘lsin. O‘taver», debdi. 
Birinchi duo dan ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilgan Sichqoncha 
quvonchdan irg‘ishlab-irg‘ishlab borayotganida, oldidan 
sersoqol qari Echki chiqib qolibdi.
– Assalomu alaykum, Echkivoy buva! – deb oldingi 
o‘ng oyog‘ini ko‘ksiga bosibdi Sichqoncha.
– Me-e, vaalaykum assalom, – deya qiroat bilan 
alik olibdi Echki. – Kam bo‘lma, bo‘tam. Otangga rah
-
mat. Agar qorning och bo‘lsa, kel, manavi dumbul ning 
chetidan ozgina kemirib ol. 
Yosh-u keksa o‘rtasida qandaydir tenglik, o‘zaro 
mehr-oqibat, bir-biriga yaxshilik tilash holatini yuzaga 
keltiruvchi «salom-alik» Sich qonchaga yoqib qolibdi. U 
tobora ko‘nglini yashnatib, yangidan yangi tanishlar ort
-
tirish, samimiy chehralarni ko‘proq ko‘rish orzusida ol-
dinga qarab boraveribdi.
1. Sichqonchaga onasi odobli bo‘lish haqida nima deb 
nasihat qildi?
2. Shum baroq bilan Echkivoylar Sichqonchani nima 
uchun maqtab qo‘ydi?
II
Makkapoya tugab, uvatdagi o‘tloqqa chiqib kelga-
nida o‘siq sho‘ralar orasida kosasiga berkinvolib uxla-
yotgan Toshbaqaga ko‘zi tushibdi. Sichqoncha zarracha 


109
ikkilanmay, o‘sha shirali ovozda: «Assalomu alaykum, 
Toshbaqa tog‘a!» – debdi. Toshbaqa esa uyg‘onmabdi. 
Sich qoncha Toshbaqaning boshi qaysi tomondaligini 
bilolmay, kosaning tevaragida uch-to‘rt marta aylanib 
chiqibdi. Oxiri tavakkaliga bir tarafda turib olib: «Assa
-
lomu alayku-u-m, Toshbaqa tog‘a! Qachon alik olasiz? 
Yuragim g‘ash bo‘p ketyapti, tog‘ajon!» – deya xuddi 
eshikni qoqqandek Toshbaqaning kosasini taqira-tuqur 
mushtlab javrayveribdi. Bir payt Toshbaqa kosaning na-
rigi yog‘idan boshini chiqarib, uyqusiraganicha vaysab 
beribdi:
– Obbo-o, bu dunyoda tinchroq joy qolmabdi shekilli...
Hov, kim u hadeb salom berayotgan? 
Sho‘rlik Sich qoncha xijolat bo‘lib, lip etganicha o‘zini 
o‘tlarning bag‘riga uribdi. Yalanglikka yetib boriboq, 
zo‘r tomoshaning ustidan chiqib qolibdi. Shu hovlida 
yashov chi To‘rtko‘z qo‘shni Olapar bilan suyak uchun 
jang olib borayotgan ekan.
Sichqoncha ularga yaqinroq borib, yoqimtoy tovush
-
da: «Assalomu alaykum, pahlavon To‘rtko‘z!» – debdi. 
Itlar unga parvo qilmay, jangni davom ettirishibdi. Sich-
qoncha ham bo‘sh kelmabdi, changga belangan ko‘yi 
ularning atrofida pirillab, goh u yoqdan, goh bu yoq-
dan baqirib-chaqirib salom beraveribdi.
Shunda To‘rtko‘z Olaparning yelkasidan tishlab uzoq
-
roqqa otib yuboribdi-da, to dushmani o‘zini o‘nglab ol
-
guncha, orada Sichqonchaga o‘qrayib: «Vov alaykum! 
Ko‘ngling tinchidimi? Qutuldimmi? Bor, yo‘qol endi», –
deb irillabdi, so‘ng qaytadan olishuvga kirishibdi.
Kutilmagan bunday sovuq muomaladan Sichqoncha 
dong qotib qolibdi, keyin to‘satdan xo‘rligi kelib, yura
-
gi to‘liqib ketibdi. Yum-yum yig‘laganicha ortga qaytibdi. 


110
Yarim yo‘lda yana Echkiga to‘qnash kelibdi. Echki bu 
yig‘i-sig‘ining sababini eshitgach debdi:
– Xafa bo‘lma, bo‘tam. Keyingi safar qulayroq 
vaqtda uchrashib qolsang, ular salomingga albatta 
alik olishadi, sendan xursand bo‘lishadi, maqtashadi. 
O‘zgalarga birinchi bo‘lib salom berish juda xosiyatli 
narsa. Ammo salomlashish shart bo‘lmagan vaziyatlar 
ham uchrab turadi. Ota-onang yumushlardan bo‘shab, 
xotirjamroq 
turgan 
chog‘da, 
buni sekin so‘rab bilib olsang 
zarar qilmaydi.
«O‘zgalarga salom berish 
shart bo‘lmagan holatlar ham 
bo‘lar ekanmi?» – deb o‘ylab 
qolibdi Sichqoncha.
1. Matndan Sichqonchaning salomiga Toshbaqa va 
To‘rtko‘zlarning javobini topib o‘qing.
2. Qari Echki salomlashish odobi to‘g‘risida Sichqoncha
-
ga qanday maslahat berdi?

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə