Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

PAHLAVON VA SHOIR
Hamidjon Hamidov
Mahmudning Dehliga safari hind xalqining milliy bay
-
ramiga to‘g‘ri kelibdi. Odatda, bunday ayyomlarda xalq 
sayillari, har xil tomoshalar, musobaqalar uyushtirilar ekan.
Mahmudning shahar chetidagi saroylardan biriga 
tushganini eshitgan sulton uni ertangi kurashda ishti
-
rok etishi va yosh saroy pahlavoni bilan bellashishini 
so‘rab, odam yuboribdi.
Mahmud yosh bahodirning izzat-nafsiga shikast yet
-
kazishni o‘ziga ep ko‘rmay, bu iltifotni rad etibdi. O‘z 
marhamati qabul qilinmaganini eshitgan sulton g‘azab 
otiga minibdi.
Mulozimlar bu xabarni Mahmudga yetkazib, kurashda 
ishtirok etishini o‘tinib so‘rabdilar. U rozilik bildiribdi.
Odatda, bunday musobaqalardan oldin Mahmud 
ulug‘larning qadamjolarini ziyorat qilar ekan. O‘sha ke
-
cha ham shahardagi qabristonni ziyorat qilib yursa, bir 
ayol erining qabrini quchoqlab:
«Ey xudo, ikki bolam va erimni olding, ertangi kun 
maydonda yolg‘iz o‘g‘limning qo‘lini baland qilgin», – 


95
deb nola chekayotgan ekan. Mahmud bu xotin sulton 
saroyidagi pahlavonning onasi ekanligini sezibdi.
Ertasi kuni kurash maydonida Mahmud o‘zini juda 
zaif va lapashang qilib ko‘rsatibdi. Yosh bahodir ikki-
uch davradan keyinoq Mahmudni chirpirak qilib ko‘tarib 
uribdi. Sulton bu g‘alaba sharafiga katta ziyofat beribdi. 
Tantanalardan so‘ng hokim boshchiligida arkoni davlat: 
barcha xizmatkorlar, mehmonlar fillarga minib o‘rmon -
ga – ovga jo‘nashibdi.
Changalzorlar orasidan ketayotganda bexosdan sul
-
ton taxtiravoni o‘rnatilgan fil botqoqqa botib qolibdi, 
ko‘p urinishibdi, filni loydan chiqaza olishmabdi. Shunda 
Mahmud xizmatkorlarga filning oldingi oyoqlari orasini 
kovlab bo‘shatishni buyuribdi. Shunday qilishibdi.
Bo‘shliqqa katta bir kundani tashlabdilar. Mah
-
mud ana shu kunda ustiga tushib, fil oyoqlari orasiga 
yelkasini qo‘yib, bir zo‘r bilan ikki oyog‘ini botqoqdan 
bo‘shatibdi, fil o‘zini o‘nglab, halokatdan qutulibdi.
Hamma mehmonning qudratiga ofarinlar aytibdi. 
Ovdan so‘ng yana ziyofat bosh
-
lanibdi. Gap orasida sulton Mah
-
muddan:
– Kecha maydondagi zaifli-
gingiz bilan bugungi jasoratingizni 
qanday tushunsa bo‘ladi? – deb 
so‘rabdi.
– Ey, oliyhimmat sulton! Bu 
yigit – bir bevaning yagona far
-
zandi, istiqboli porloq pahla von
lekin hali tajribasiz. Men u bilan 
olishib, mayib qilib, umriga zomin 


96
bo‘lishni istamadim. Ammo siz g‘azablanganingizdan 
so‘ng kurash tushishga rozilik bergandim, – debdi u.
Tilang tilagingizni, nima istasangiz, muhayyo qila
-
man, – debdi sulton.
– Menga hech narsa kerak emas. Sizning 
zindoning izda 200 dan ortiq yurtdoshlarim asir ekan, 
o‘shalarni ozod qilsangiz, Vatanimga birga olib ketsam, 
bas, – debdi Mahmud.
Sulton bahodirga ot-ulov, sarpolar beribdi va asirlar
-
ni hibsdan bo‘shatibdi. Mahmud vatandoshlari bilan Xo
-
razmga qarab yo‘l olibdi.
1. Pahlavon Mahmud nima uchun yosh bahodir bilan 
kurash tushishni xohlamaydi?
2. Pahlavon Mahmudning kurashda yosh bahodirdan 
yengilish sababi nimada deb o‘ylaysiz?

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə