Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

MAQOLLAR
Ona yurting – oltin beshiging.
Vatanning qadrini bilmagan
O‘z qadrini bilmas.
Oz so‘zla – soz so‘zla.
Ko‘p bilgan oz so‘zlar,
Oz so‘zlasa ham, soz so‘zlar.
Aql – yoshdan, odob – boshdan.
Odob bozorda sotilmas.
Ilm – aql chirog‘i.
Bilim kuchda,
Kuch bilimda.
Harchand o‘qibsan – bilimdonsan,
Agar amal qilmading – nodonsan.
Do‘stsiz boshim – tuzsiz oshim.
Yolg‘iz otning changi chiqmas,
Changi chiqsa ham, dong‘i chiqmas.
Do‘sting ham til, 
Dushmaning ham til.
Hunar bo‘lsa qo‘lingda, 
Non topilar yo‘lingda.
Mehnatli non shakar,
Mehnatsiz non zahar.


81
Yoshlikdagi mehnat qarilikda davlat keltirar.
Hunarli er xor bo‘lmas,
Do‘st-dushmanga zor bo‘lmas.
Baxil topsa, bosib yer,
Saxiy topsa, barcha yer.
1. 
Har bir maqolning ma’nosini o‘z so‘zlaringiz bilan 
izohlang.
2. O‘zingizga yoqqan maqollarni yod oling.
3. Maqollarning ertak, she’r, hikoyalardan farqini aniq lang.
TOPISHMOQLAR
Katta chelak teshildi,
Undan ko‘p suv to‘kildi.
Bitta dara, ikki tog‘,
Ichidagi saryog‘.
Qat-qat qatlama,
Aqling bo‘lsa, tashlama.
Teg desam, tegmaydi,
Tegma desam, tegadi.
Qush emas, qanoti bor,
Chiroyli savlati bor.
Uchsa, lochin yetolmas,
Tolmas zo‘r quvvati bor.
1. Topishmoqlarda narsalarning belgisi nima uchun yashi
-
rin beriladi?
2. Topishmoqlarga xos umumiy o‘xshashlik nimada deb 
o‘ylaysiz?


82
KUMUSH QISH
QISH TO‘ZG‘ITAR MOMIQ PAR
Qudrat Hikmat
Savab bulut to‘shagin
Qish to‘zg‘itar momiq par.
Yerga serbar oq namat
Yozilganday yaltirar.
Mahalla-ko‘y ko‘chada
Chuvurlashib qor kurar.
Esib sovuq izg‘irin:
– Tezroq yur! –
deb buyurar.
Pirpiratib ko‘zini
Avtobuslar o‘tadi.
Qahraton qish hovurni
Mo‘rkon kabi yutadi.
Qorga deyman: – Namuncha
Zeriktirding uchqunlab?
Yog‘masding-ku ilgari
Surunkasi uch kunlab.
Tomlar kiydi oq qalpoq,
Hovlilarda sen tepa.
Osmon elak, nazdimda,
Shahrimizga un separ.


83
Yetar shuncha yog‘ganing,
Uzoq dala, qirga bor!
Ular seni kutmoqda,
Har zarrangga bo‘lib zor.
Vodiylarga fayz berib,
Gullat bog‘-u rog‘ini.
O‘ra kumush choyshabga
O‘lkamning har yog‘ini.
1. She’rda qor yog‘ishi, tomlarning qor bilan qoplanishi 
nimalarga o‘xshatiladi? Misollar keltirib so‘zlang.
2. «Mo‘rkon», «serbar», «fayz», «surunkasi» so‘zlarining 
ma’nosini izohlang.

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə