Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

SHARQ HIKOYASI
Abdulla Oripov
Aniq yili esimda yo‘q,
Allaqaysi zamonda,
Bir qishloqda ota-o‘g‘il
Yashar ekan omonda.
Bir kuni deng shu ikkovlon
Qaygadir yo‘l olishdi.
Minay desa ot-ulov yo‘q,
O‘ylanishib qolishdi.
Qurib ketsin yo‘qchilik ham
Kim nelarga zor edi.
Ikkovining o‘rtasida
Bitta eshak bor edi.
Garchi u ham biroz yag‘ir,
Garchi andak bedarmon.
Shu eshakni minsakmi deb,
O‘ylab qoldi ikkovlon.
Ota dedi: – O‘g‘lim, bundan
Na sen, na men tingaymiz.
O‘g‘il dedi: – Ota, buni
Galma-galdan mingaymiz.
Ota doim ota axir,
Ya’ni, mudom izzatda.
Eshakka u mindi dastlab
O‘g‘il yayov, albatta.
Bir qishloqdan o‘tdilar
Ikkov sekin tiqirlab.
Ortlaridan to‘rt-besh odam
Kulib qoldi piqirlab.
– Ahmoq ekan manavi chol,
Ahmoq haddan ziyoda.
O‘zi ulov minib olgan,
O‘g‘li esa piyoda.
G‘alati bir hisni tuyib
Shartta pastga tushdi chol.
– Kelaqolgin, o‘g‘lim,– dedi,
Eshakka sen minaqol!


124
Endi o‘g‘il to‘qimda-yu,
Ota yayov ketardi.
Endi ular boshqa qishloq
Ko‘chasidan o‘tardi.
Borardilar so‘zsiz, sekin
Asta-asta tiqirlab.
Ortlaridan to‘rt-besh odam
Yana kuldi piqirlab.
Ahmoq ekan manav bola
Ahmoq haddan ziyoda.
O‘zi ulov minib olgan,
Otasi-chi piyoda.
Yosh emasmi, birdan uning,
Oriyati qo‘zg‘aldi.
Shartta pastga tushdi u ham,
U ham yayov yo‘l oldi.
Yurib-yurib ikkalasi
Necha adir, qir oshdi.
– Bor-e, – deya so‘ng eshakka
Ikkovi ham mingashdi.
Ammo tag‘in bir manzildan
O‘tar bo‘ldi ikkovlon.
Ne kulfatki, bu joyda ham
Tinch qo‘ymadi olomon.
– Ahmoq ekan bular rosa,
Insofi yo‘q, lavanglar,
Ikki odam bir eshakni
Minib opti, qaranglar.
Malomatdan ota-o‘g‘il
Tamom horib-toldilar.
G‘azab bilan bir-biriga
Termilishib qoldilar.


125
1. Ota eshakka minib, o‘g‘il piyoda borishayotganda 
odamlar ularning ustidan nima deb kulishdi? Ikkinchi, 
uchinchi qishloqda-chi?
SAXIY
Muhammad Avfiy
Hotamtoydan: 
– O‘zingizdan ham saxiyroq odamni uchratganmisiz? 
– deb so‘rabdilar.
Hotamtoy:
– Ha, ko‘rganman, – deb javob beribdi.
– Qayerda ko‘rgansiz?
– Cho‘lda ketayotganimda uzoqdan ko‘zimga ikki xo-
nadan iborat ko‘rimsizgina bir kulba, kulbaning oldida 
bog‘lab qo‘yilgan bir echki ko‘rindi. U yerga yetib bor
-
ganimda ot dukurini eshitib, ichkaridan bir mo‘ysafid 
menga peshvoz chiqdi va otdan tushishimga yordam qil
-
di. Birozdan keyin uning o‘g‘li kelib ochiq chehra bilan 
salomlashib, hol-ahvol so‘radi. Mo‘ysafid o‘g‘liga qarab:
– Bolam, o‘sha echkini so‘yib taom hozirla, meh
-
monni ziyofat qilish kerak, – dedi.
O‘g‘li:
– Ijozat bering, avval borib o‘tin terib kelay, – dedi.
– Aytmabmidim, – dedi ota, –
Gap uqmading tirrancha,
El-u yurtning o‘rtasida
Bo‘ldik rosa bo‘lgancha.
Qo‘l siltashdi bir-biriga
Qoldi foyda-ziyon ham.
Ota u yon ketib qoldi,
Bu yon ketdi o‘g‘lon ham.
Qondoshlikning million yillik
Rishtalari uzildi.
O‘rtaga bir eshak tushib
Oralari buzildi.


126
Mo‘ysafid:
– Sen cho‘lga borib, o‘tin olib kelguningcha vaqt ke-
tadi. Mehmonni och olib o‘tirish odobdan emas, – dedi.
Mo‘ysafidning ikkita nayzasi bor ekan. O‘sha nay-
zasini tizzasiga bir urib sindirdi. Echkini so‘ydi va bir-
pasda ovqat tayyorlab dasturxonga olib kelib qo‘ydi.
Uyning u yoq-bu yog‘iga razm solib qaradim. Uning 
butun bor-yo‘g‘i shu nayzagina ekan. Uni ham meh
-
monning poyqadamiga ishlatdi.
Choldan so‘radim:
– Meni taniysizmi? 
Chol:
– Yo‘q, tanimayman, – dedi.
– Men Hotamtoy bo‘laman, saroyimga keling, bu 
qilgan yaxshiliklaringizning hissasini chiqaray, – dedim.
Bunga javoban chol:
– Biz mehmondan ziyofat pul olmaymiz, – dedi va
hech qanday hadya qabul qilmadi.
Men mana shu mo‘ysafidni o‘zimdan saxiyroq deb 
bilaman.
1. Hotamtoy o‘zini mehmon qilgan mo‘ysafidni nima 
uchun o‘zidan saxiyroq ataydi?

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə