Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

HIYLAGARNING JAZOSI
Ikki o‘rtoq bor edi. Biri sodda, ikkinchisi esa hiyla
-
gar edi. Ular bir kuni savdogarchilik qilish uchun bir 
yoqqa ketayotganlarida yo‘ldan bir xalta tilla topibdilar. 
Soddadil hiylagarga:
– Omadimiz keldi, endi bularni bo‘lib, orqaga qay
-
tamiz, – desa, hiylagar:
– Taqsim qilib o‘tiramizmi? Hozir kimga qancha ke-
rak bo‘lsa olib, qolganini ehtiyot qilib berkitib ketaylik. 
Zarur bo‘lganda yana kelib keragini olarmiz, – debdi.
Soddadil uning so‘ziga kirib «xo‘p» debdi. Oltindan 
keragicha olib, qolganini bir daraxt ostiga ko‘mibdilar.
Shaharga yetib kelib, har biri o‘z uyiga ketibdi. 
O‘zini aqlli deb hisoblagan hiylagar ertasi kun borib, 
ko‘milgan tillaning hammasini olib ketibdi. Soddadil o‘z 
qo‘lidagini xarjlab bo‘lgach, hiylagar qoshiga kelib debdi:
– Yur, oltindan picha olib kelaylik, juda muhtoj 
bo‘lib qoldim. 
Hiylagar u bilan birga tilla ko‘milgan joyga boribdi
lekin ular hech narsa topmabdilar. Hiylagar soddadilning 
yoqasidan ushlab:
– Tillalarni sen olgansan, chunki sendan bo‘lak 
hech kimning bundan xabari yo‘q edi, – debdi.


56
Soddadil bechora: «Olmadim», – deb har qancha 
ont ichsa ham foydasi bo‘lmabdi. Hiylagar uni qoziga 
olib borib, bo‘lgan gapni aytib beribdi va tillalarni topib 
beri shini da’vo qilibdi. Qozi:
– Guvoh va dalil bormi? – deb so‘rabdi.
Hiylagar:
– Ostiga tilla ko‘milgan daraxt guvohlik berib, tillani 
shu noinsof olib ketgan, dedi, – debdi.
Qozi bu so‘zni eshitib, hayron bo‘libdi.
Ancha gap -so‘zdan keyin ertasiga guvohlik bergan 
daraxt yoniga borishga qaror qilishibdi. Hiylagar sevinib 
uyiga kelib otasiga:
– Bu tilla hangomasini o‘z foydamizga hal etish siz
-
ga bog‘liq bo‘lib qoldi. Sizga ishonib, daraxt guvohlik 
beradi, dedim. Endi mening gapimga ko‘nsangiz, olib 
kelgan tillalarim o‘zimizga qoladi va yana qo‘shimcha 
shuncha tillaga ega bo‘lamiz, – debdi. Otasi:
– Men nima qilishim kerak? – deb so‘rabdi.
Hiylagar:
– U daraxtning ichi kovak bo‘lib, unga o‘n odam be
-
malol yashirinsa bo‘ladi. Kechasi borib, u yerga joylashib 
olishingiz kerak, ertasiga qozi daraxt tagiga kelganida, 
daraxt nomidan guvohlik bersangiz bo‘ldi, – debdi.
Ertasi kuni qozi shahardan chiqib, daraxt oldiga bo
-
ribdi. Tomosha qilish uchun anchagina odamlar ham 
unga ergashib kelgan ekan. Qozi daraxtga qarab, til
-
lalarning qayerdaligini so‘rabdi. Daraxtdan: «Tillalarni 
soddadil olib ketgan», – degan sado chiqibdi. Taajjub
-
langan qozi daraxt atrofida aylanib yurib, unga diqqat 
bilan razm solibdi. Daraxtning katta kovagi borligini 
ko‘ribdi-da, hamma gapga tushunibdi. O‘ziga-o‘zi: «Xi
-


57
yonatga marhamat yo‘q», – deb 
daraxt atrofiga shox qalatib o‘t 
qo‘ydiribdi. Chol biroz chidab 
jim turibdi, lekin halok bo‘lishini 
bilib, yolvora boshlabdi. Qozining 
buyrug‘i bilan uni daraxt ichidan 
chiqaribdilar. 
Qozi 
savol-javob 
qilib, haqiqatni bilibdi, soddadil-
ning to‘g‘riligi, hiylagarning makri 
ma’lum bo‘libdi. Chol chekkan 
azobiga va nomusga chiday ol
-
may, shu yerning o‘zidayoq jon 
beribdi. Hiylagarni jazolab, ada-
bini beribdilar va otasining jasa-
dini yelkasiga orttirib, shaharga jo‘natibdilar. Soddadil 
esa to‘g‘riligi tufayli hamma tillalarga ega bo‘libdi.
1. Matndan soddadil bilan hiylagarga xos xislatlar tasvir
-
langan o‘rinlarni topib, qayta o‘qing va solishtiring.
2. Qozi hiylagarning hiylasini qanday aniqladi? 

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə