Узбекистон республикаси олий ва урта



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/87
tarix12.07.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#119519
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87
Sakt > Sxak *200000 
Egorov G.A. ning ko`rsatkichi bo`yicha donning aktiv yuzasi 
200...250 m2/g ni tashkil qiladi. Donni tashish, saqlash va qayta ishlash 
jarayonlarida kuzatiladigan barcha sorbtsiya jarayonlari ikki gruxga bulinadi: 
1. Turli gaz va buglarning sorbtsiya va desorbtsiyasi; 
2. Suv buglarinning sorbtsiya va desorbtsiyasi; 
Don massasining turli gazlarni yutishini isbotlash uchun tarkibida efir moylari 
bo`lgan gazlarni kiritib tekshirib kurish mumkin. 
Donning gigroskopik xususiyatlari. Barcha ekin donlari gigroskopik jismlarni 
nomoyon qilib tashki muxitdan suv bugini yutadi. YUtilgan suv bugining miqdori 
ko`pgina sabablardan boglik, ulardan asosiylari kuyidagilar: tashki xavoning harorati 
t, nisbiy namligi, ekin turi va uning namligi W. Haroratning pasayishi va nisbiy 
namlikning oshishi bilan yutilgan namning miqdorioshadi, teskari holatda esa 
yutilgan namlik miqdori kamayadi. Har xil ekin turlarining bir xil sharoitda turlicha 
miqdorda namlikni yutishi ularning bioximik tarkibi va tuzilishining turlicha 
ekanligidan dalolat beradi. 
Donning xavodan namlikni yutish xususiyatiga sorbtsiyaviy xususiyati deyilib 
donning xavodan namlikni yutib namlanish jarayoniga esa namlik sorbtsiyasi deb 
ataladi. SHuningdek tashki muxitning uzgarmas har kanday holatda donga ma`lum 
bir namlik miqdori to`g`ri keladi va bu namlik donning muvozanatdagi namligi 
deyiladi (Wm). 
Donning muvozanatdagi namligi (Wm) dinamik harakterga ega. Bu paytda don 
qabul qilinayotgan va chikarayotgan suv molekulalari soni teng bo`ladi. 
Kuyidagi rasmda bugdoy donining tashki muxit nisbiy namligidan boglik 
holda muvozanatdagi namligi (Wm)ning o`zgarishi ko`rsatilgan.
2-rasm. 
 
1 - t = 20o S; 2 - t = 40o C; 
3 - t = 60o C. 


19 
Donning suv bugi bilan sorbtsion uzaro ta`sirini kuyidagicha tasvirlash 
mumkin. Don kuruk massasining 90 % i oqsil va uglavod moddalaridan tashkil 
topgan. Ular gidrofil biopolimerlardir. Ularning makromolekulalari erkin energiyaga 
boy bo`lgan ko`p miqdordagi funktsional guruhlardan tashkil topgan. Bu funktsional 
guruhlar bir, ikki yoki undan ortik suv molekulalarini ushlab turish kobiliyatiga ega. 
Sorbtsion jarayonni taxlil qilish uchun koordinata sistemasida sorbtsiya va 
desorbtsiya egri chiziklari chiziladi. Bunda muvozanatdagi namlik Wmning kiymati 
xavoning nisbiy namligi dan boglanishi kerak (2-rasm). Rasmdan kurinayaptiki, > 
80 % da Wmning miqdori keskin uzgargan va =100 %da maksimal kiymatga ega 
bo`lgan. Don namligining shu maksimal kiymatiga gigroskopik namlik deyiladi 
(Wg). 
Agar tashki muxit haroratini o`zgartirmasdan dondagi namlik sikib chikarilsa, 
bu jarayonni koordinata sistemasida desorbtsiya izotermasi orkali ifodalash mumkin. 
Wm - koordinata sistemasida desorbtsiya egri chizigi sorbtsiya egri chizigiga 
nisbatan yuqorirokda joylashadi (3-rasm).

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə