Узбекистон республикаси олий ва урта


 Zararkunandalarga qarshi ko`rashning profilaktik choralari



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/87
tarix12.07.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#119519
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87
6.8. Zararkunandalarga qarshi ko`rashning profilaktik choralari. 
Bu choralar guruhiga kuyidagi tadbirlar kiradi: sanitar rejimni saqlash
xashoratlar va kanalarning rivojlanishi va ko`payishi uchun nokulay sharoitlar 
yaratish. Profilaktika don omborlarga kelib tushmasdan oldin boshlanishi kerak. 


45 
Sanitar rejimni saqlash - profilaktikaning asosiy sharti. Bu zararkunandalarning 
paydo bulishi, tarkalishining oldini olish choralarini, don va don mahsulotlari bilan 
ishlashda tozalik va tartibni saqlash choralarini uz ichiga oladi. SHuning uchun urim-
yigim mavsumi oldidan xo`jaliklarning donni saqlash ob`ektlarida sanitariya axvoli 
yaxshilanishi kerak. Utgan yildan kolgan chikindilarni yokib yuborish kerak. Urim 
texnikasi, texnologik mashinalar yaxshilab tozalanishi kerak. Axlat va foydasiz 
chikindilar, chang korxona xududidan tashqariga uz vaktida chikarib tashlanishi 
kerak. Zararlangan don va don mahsulotlarini zararlanmaganlaridan aloxida saqlash 
kerak. CHikindilarni maxsus joylarda saqlab, uni tez-tez nazorat qilib turish kerak. 
Zararkunandalarning rivojlanishi va ko`payishi uchun nokulay sharoitlar 
yaratish. Xashoratlar va kanalarning hayot faoliyatiga ta`sir qiladigan omillar - 
namlik, harorat va atmosferaning tarkibi yigib olingan yangi hosilni saqlashga 
tayyorlash sharoitlarini belgilaydi. Saqlash sharoitini ta`minlash uchun dastavval don 
tozalanadi va kritik namlikgacha kuritiladi yoki uzok muddatlarga saqlash uchun esa 
kritik namlikdan 1,0...1,5 % past bo`lgan namlikgacha kuritiladi.SHundan sung 
kuritilgan don sovutilishi kerak. Sovutishni ikki boskichda utkazish mumkin: 20oS 
haroratgacha 
(1-chi 
boskich); 
xashoratlar 
rivojlanishining 
pastki 
harorat 
darajasigacha sovutish (2-chi etap). 
6.9. Zararkunandalarga qarshi ko`rashning kirish choralari. 
Xashoratlar va kanalarni yukotish uchun kullaniladigan kirish choralari 
dezinsektsiya nomini olgan. Bu tadbirlarga biologik, fizik-mexanik va kimyoviy 
usullar kiradi. 
Biologik usul. Zararkunandalarga qarshi ko`rashning eng perspektivali 
usullaridan biri bo`lib, bunda zaharli moddalar ishlatilmaydi va donning 
ifloslanishiga yul kuyilmaydi. Bu usul hozir urganilmokda. Biologik usulning 
kelajakda rivojlanishi uchun zararkunandalarga qarshi bakterial preparatlar, ya`ni 
xashoratlarni kasallantiruvchi preparatlar ustida ish olib borilmokda. 
Fizik-mexanik usul. Bu zararlangan ob`ektlarni mexanik tozalash, ularga 
termik ishlov berish va har xil nurlanishlardan foydalanish demakdir. Bunda don 
saqlagichlar va boshqa binolar chutkalar, chang surgichlar bilan tozalanadi. 
Tuplangan zararkunandalar yuk etiladi. SHuningdek mexanik tozalash xul va gazli 
dezinsektsiya utkazish uchun kulay sharoit yaratadi. Termik dezinsektsiya xashoratlar 
va kanalarning haroratga bo`lgan sezgirligiga boglik. Sovutish yoki muzlatish amali 
dezinsektsiyaning fizik usullaridan biri bo`lib hisoblanadi. Zararlangan donlarni 
betta- va gamma- nurlari yordamida har zararsizlantirish mumkin. 
Kimyoviy usul. Bu usul har xil pestitsidlarni qo`llashga asoslangan. Zaharli 
ximikatlar kuyidagi belgilariga karab sinflanadi: 1)kullanilish ob`ektiga karab; 
2)zararkunanda organizmiga kirish xususiyatiga va uning organizmga ta`sir 
ko`rsatishiga karab; 3)kimyoviy tarkibi va xossalariga karab; 4)kullanilish usuliga 
karab. 
Zararkunanda organizmiga zaharlar har xil yullar bilan kiradi. Ichak harakatli 
pestitsidlar oshkozon-ichak trakti orkali organizmga ozuka va suv bilan kiradi. 
Kontakt harakatli pestitsidlar teri katlamlari orkali kiradi. Fumigantlar esa nafas olish 
organlari orkali organizmni zaharlaydi. Kombinatsiyali harakatli pestitsidlar 


46 
organizmga har xil yullar bilan kiradi. Pestitsidlarning zararkunandalarga ta`siri 
ularning kontsentratsiyalari bilan aniklanadi. SHuning uchun don mahsulotlarini 
dezinsektsiya qilishda kam dozada toksik ta`siri etarli bo`lgan pestitsidlar kullaniladi. 
Fumigatsiya (gazatsiya). Bu zararlangan ob`ektlarni gaz va bug shaklidagi 
zaharlovchi moddalar bilan zararsizlantirish usuli. Bunda kuyidagi kimyoviy 
moddalar 
ishlatiladi: 
brommetil, 
242 
preparat, 
metallilxlorid, 
dixloretan, 
brommetilning 242 preparat bilan aralashmasi, brommetilning metallilxlorid bilan 
aralashmasi, karbofos. Don va uning mahsulotlarini 4-AG va 2-AG apparatlari bilan 
fumigatsiya qilish mumkin. Donga karbofos bilan ishlov berish RUP-2 kurilmasi 
yordamida 
amalga 
oshiriladi. 
Fumigatsiya 
qilishning 
asosiy 
sharti 
zararsizlantirilayotgan ob`ektning germetikligini ta`minlashdan iborat. Fumigatsiya 
jarayonini utkazish uchun oldindan tayyorgarlik kuriladi: ob`ektlar mexanik jixatdan 
tozalanadi, uskunalarni korroziyadan saqlash, germetizatsiya qilish uchun, yonginga 
va gazga qarshi xavfsizlik choralari kuriladi. Fumigantlarni qo`llash amali tashki 
xavo harorati 12oS dan past va nisbiy namlik 70 % dan yuqori bulmaganda effektiv 
natijalar beradi. 
Brommetilning ishchi zonada xavodagi chegaraviy yul kuyiladigan 
kontsentratsiyasi 1,0 mg/m3 ga teng. 
Don gazatsiyasi uchun uning me`yoriy sarfi 60...80 g/m3, don mahsulotlari 
fumigatsiyasi uchun 40...45 g/m3 va binoni zararsizlantirish uchun esa 20...25 g/m3 
gacha bo`lgan miqdorni tashkil qiladi. 
Preparat 242 yordaimda omborlar, elevator, tegirmon, yorma va omixta em 
zavodlari, donkuritgichlar zararsizlantiriladi. Zararsizlantirilayotgan ob`ekt va 
qo`llash usulidan boglik holda 1 m3 xajmdagi fazo uchun uning sarfi 15...40 g va don 
uyumiga 2-AG yoki 4-AG apparatlari yordamida kiritilganda esa 60 g gacha bo`lgan 
miqdorni tashkil qiladi. 
Dixloretan preparat 242 ga nisbatan kam zaharlirokdir. Turli ob`ektlarga ishlov 
berilganda 1 m3 joy uchun undan 300...500 g ni sarf qilish mumkin. 
Degazatsiya. Gazatsiya ekspozitsiyasi (ta`sir qilish vakti) utgandan keyin 
gazlangan ob`ektdan fumigantni chikorish chorasidir. Har xil ob`ektlar aktiv va 
passiv usullar bilan degazatsiya qilinadi. Omborlarda don massasi asosan passiv usul 
bilan degazatsiya qilinadi, ombor eshigi va derazalari ochilib don massasi 
shamollatiladi. Agar don tez orada realizatsiya qilinadigan bulsa, aktiv degazatsiya 
utkaziladi. Bu aktiv shamollatish kurilmalarida yoki 4-AG apparati yordamida 
amalga oshiriladi. 
Nam dezinsektsiya. Bu kontakt pestitsidlar (suv eritmasi shaklida, emul’siya 
va suspenziya shaklida bulishi mumkin) maxsus puflagichlar yordamida zararlangan 
katlam yuzasiga tomizilib amalga oshiriladi. Buning uchun bizda DDVF, karbofos, 
trixlormetafos-3, volaton, aktellik kabi ximikatlar ishlatiladi. Nam dezinsektsiyani 
RUP-2, OMPV apparatlari yordamida amalga oshirish mumkin. Nam dezinsektsiya 
uchun asosiy pestitsid sifatida karbofos tavsiya qilinadi. Karbofos yordamida 
dezinsektsiya qilinganda binoni germetik xolga keltirishga xojat yuk. Karbofos 
xashoratlarga va kanalarga nisbatan etarlicha toksik, donning texnologik va usish 
xususiyatiga ta`sir kilmaydi. SHuning uchun karbofos har xil maqsaddagi donga 
ishlov berishda kullaniladi. 


47 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə