Узбекистон республикаси олий ва урта



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/87
tarix12.07.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#119519
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   87
 
 
 
 
 
 
Зараркунандалар
Кунгизлар
Капалаклар
Каналар
Кушлар
Кемирувчилар


38 
6.2. Don zaxirasi zararkunandalarning umumiy tavsifi. 
Xashoratlarni umumiy harakteristikasini urgansak, ular tashki muxitdan 
ximoyalanish uchun epiteliya kobigi bilan uralgan. epiteliyani kopkok kavati urab 
oladi. Kopkok - kattik xitin moddasidan tashkil topgan. Xitin bu kimyoviy tarkibi 
bo`yicha azot ushlagan polisahariddir. Kopkokning tarkibiga xitindan tashqari oqsil 
va azot ushlamagan birikmalar har kiradi. Azot ushlamagan birikmalar - kutikulin.
Kutikulin moddasi lipidlar birikmasini namoyon qiladi. 
Nafas olish sistemasini - traxeya va traxeollar tashkil qiladi. Xashoratlar 
maxsus nafas olish apparati va butun tanasi bilan nafas olishi mumkin. 
Xashoratlarning oziqlanish sistemasi - kemiruvchi yoki suruvchi ogizchalardan 
boshlanadi. Surilgan moddalarni organizm ichida gemolimfalar toshiydi. 
Gemolimfalar suyuk plazmatik qism va gemotsit xujayralardan tashkil topgan. 
Deyarli barcha xashoratlar ayrim jinsli organizmlardir. erkak va urgochi 
xashoratlar bir-biridan tashki tuzilishi,katta-kichikligi bilan fark qiladi. Harakatlanish 
organlari - uch juft oyokchalardan tashkil topgan. 
Xashorat va zararkunandalarning sezgi organlari bu asosan muylovchalar va 
tananing barcha joylaridan usib chikkan tuklardan iborat. 
6.3. Kungizlar 
Kungizlar - kattik kanotlilar(Coleoptera) guruhiga mansub zararkunandalardir. 
Kungizlarning kanotida turli chukurchalar, burtib chikkan qismlari, nuktachalar va 
xokazolar bulishi mumkin. Bu belgilarga karab ularning ko`pchiligini oson farklash 
mumkin. Kungizlar asosan bosh-kukrak va korindan tuzilgan bo`ladi. Kungizlar 
rivojlanish jarayonida 4 boskichdan utadi: tuxum, kurt, gumbak, kungiz. 
Kungizlar rivojlangunga kadar 15 marta pust tashlaydi. 
Kungizlar turkumlanishi bo`yicha kuyidagilarga bulinadi: 
1. Uzunburun kungizlar; 
6. Zamburug`xur kungizlar; 
2. Kora tanli kungizlar; 
7. Donxur kungizlar; 
3. Mugambir kungizlar; 
8. Yog`ochxur kungizlar; 
4. Don teshuvchi kungizlar; 9. Terixur kungizlar. 
5. YAssi tanali kungizlar; 
6.3.1. Uzunburun kungizlar (Curculionidae) . Uzunburun kungizlarga ombor 
uzunburun kungizi, sholi uzunburun kungizi, makkajuxori uzunburun kungizlari 
kiradi. 
Ombor uzunburun kungizi - bugdoy, arpa, suli kabi donlarga zarar etkazadi. 
Donlar zararlanganligiga karab 2 xil: ochik hamda yashirin zararlanishni 
namoyon qiladi. 
Ochik zararlanishni barcha xashoratlar yuzaga keltirishi mumkin. YAshirin 
zararlanishni esa donxur kapalak va kungizlar, uzunburun kungizlar, egovlovchi 
kungizlar yuzaga keltiradi. 
Ombor uzunburun kungizi kungir yoki kungir-kora rangli bo`ladi. Bu 
kungizlarning uzunligi 3,5 - 5 mm ga etadi. Ombor uzunburun kungizi hayotida 50 
tadan 300 tagacha tuxum kuyadi. Tuxum kuygandan voyaga etguncha utgan davr 27-
30 kunni tashkil qiladi. 


39 
SHoli uzunburun kungizi tashki kurinishidan ombor uzunburun kungiziga 
uxshasa har,ustidagi doglar bilan fark qiladi. Bu kungizlar yiliga 2-3 marta avlod 
beradi. Kungiz birinchi marta guruchda topilganligi uchun - sholi uzunburun kungizi 
deb ataladi. 
Uzunligi - 5 mm, yaxshi uchadi. 
6.3.2. Koratanli kungizlar (Tenebrionidae). 
Bu oilaga mansub kungizlar kora rangli bo`ladi. Ular er sharining ko`p 
xududlarida tarkalgan. Asosan un, yorma va kepak bilan oziqlanadilar. Ularning 
aksariyat qismi mitalardan iborat. Mitalarning tukmokmuylov, kichik un va katta un, 
sillik, kichik kora, timkora - kungir, shoxdor va boshqa turlari mavjuddir. 
Kichik un mitasi. Mita uzunchok va gavdaning orka bel tomonidan bir oz 
yapalok bo`lib, tuk jigarrang kurinishga ega. Kukrak qismi turtburchak shaklga ega. 
Kungizning uzunligi 3...5, eni esa 1,2...1,3 mm ulchamlarga teng. Urgochi kungizlar 
O`RTAcha 450 ta gacha tuxum kuyadilar. Ular yopishkok modda bilan uralgan 
bo`lib, don, un, halta ustiga yaxshi yopishib oladilar. Kurtlari dastavval ok rangli 
bo`lib 1 mm dan 6...7 mm gacha usadi va usishning oxirgi boskichiga borib sargish 
tusga kiradi. Kulay sharoitda un mitasi 27...35 kunda voyaga etadi. Bir yilda bir 
necha bor avlod beradi. 
Tukmokmuylov mitalar (Tribolium castaneum Hb.). SHakli, ulchami, rangi va 
hayot tarzi bilan kichik un mitasiga uxshaydi. Birok undan muylovining oxirgi uchta 
bugini tukmokka uxshashligi bilan fark qiladi. Mitalar orasida u juda ko`p tarkalgan. 
Kichik kora mita (Tribolium destructor Uytt.). Dunyoning harma 
mamlakatlarida uchraydi. Kungiz tanasi uzunchok bo`lib uzunligi 5,5 mmga etadi. 
Rangi shokolad rangidan kora tusgacha bo`ladi. Kungiz va uning kurti ko`p narsa 
bilan oziqlanadi-yu, birok ko`pincha un va yormani xush ko`radi. Urgochi kungizlar 
100ta gacha tuxum kuyadilar. Kungizlar uch yilgacha umr ko`radilar. Kulay sharoit 
(harorat 26...28 oS va namlik 14...15 % bo`lgan)da bir avlod 45...60 kunda voyaga 
etadi. 
Sillik mita (Palorus subdepesus F.). Don uyumi va uni qayta ishlash 
mahsulotlarida ko`p uchraydi. Mitalarning mayda turlaridan biridir. Kungizning 
uzunligi 3 mm dan oshmaydi. Gavdasi ingichka, rangi malla-kizil. 
Katta un mitasi (Tenebrio molitor L.). Don zaxirasi zararkunandalari orasida 
eng yirigidir. Kichik un mitasi singari gavda tuzilishiga ega bulsa-da, bu kungizning 
uzunligi 13...16 mm gacha etadi. Kungizning gavdasi yuqoridan karaganda kora yoki 
kungir rangda bo`ladi. Pastki tomondan kungiz kizil-kungir tusli. Kungiz yaxshi 
uchadi. Katta un mitasi un va kepakni xush ko`radi. Bu kungiz yiliga bir marta avlod 
beradi. SHuning uchun har kichik un mitasiga nisbatan kam zararlidir. Urgochi 
kungiz 280...580 ta tuxum kuyadi. Tuxumdan kukrak oyoklari yaxshi rivojlangan ok 
rangli kurtlar chikadi. Kurtlar uzok vakt rivojlanib, 2 mmdan 25...30 mm 
uzunlikkacha usadi. Usish davrida kurt 15 marta pust tashlaydi. 
SHoxdor mita (Gnathocerus cornufus F.).
Kungiz kichik un mitasiga uxshab ketadi-yu, lekin rangi kizgish-malla. SHox 
kurinishidagi kayrilgan uzun yuqori jaglarga ega. 
Timkora-kungir mita (Alphitobius diaperinus Pz.).
SHakli bo`yicha katta un mitasiga uxshaydi, birok undan ulchami va rangi bi-
lan fark qiladi. 


40 
6.3.3. Mugambir kungizlar (Ptinidae). 
Bu oila vakillaridan don mahsulotlarida mugambir-ugri (Ptinus fur L.) va 
tukdor muharbir kungizlar uchraydi. Bu kungizlar kechkurun faol hayot kechiradi.
Ular biron-bir mexanik yoki nomexanik ta`sirdan darxol oyoklarini korni ostiga
yigib uzini ulganga solib etishadi. SHundan ularning nomlanishi kelib chikkan. 
Urgochi va erkak kungizlar bir-biridan gavda shakli, rangi va muylovlarining 
joylashuvi bilan farklanadilar. erkak kungiz bir oz uzunchok shaklga ega bo`lib 
uzunligi 2,8...4,3 mm, urgochi kungiz esa ancha dumalokrok. 
Urgochi kungizlarning kungir fonli kanotlari ustida turtta och tusli doglar 
mavjud. Bir yilda kungiz bir-ikki, kulay sharoitlarda esa turt martagacha avlod 
beradi. Mugambir kungizlar er sharining shimoliy yarim sharida ko`p tarkalgan. 
6.3.4. YAssi tanali kungizlar (Cucujidae). 
Bu oila vakillaridan ancha ko`p tarkalgan turlari kalta muylov va surinam 
unxur kungizlaridir. Bu kungizlar uzunchok yassi va kichik tanachaga egadir. Don 
mahsulotlaridan, asosan un bilan oziqlanadi. Don uyumida esa donning singan mayda 
bulakchalari bilan oziqlanadi. 
Kalta muylovli unxur kungiz (Laemophloeus ferrugineus Steph.). Kungiz 
zang rangli bo`lib, uzunligi 1,5...2,5 mm ni tashkil qiladi. Uzining rangi va 
tanasining yapalokligi bilan ajralib turadi. Turli iklimli xududlarda yashaydi. Don 
mahsulotlarida uzunburun kungizlar bilan birga uchraydi. 
Surinam unxur kungizi (Oryzaeph surinamensis L.). Tabiatda daraxt pustlogi 
ostida uchraydi. Saqlagichlarda kurt va kungizlar un, yorma va kuruk mevalar bilan 
oziqlanadilar. 
Surinam kungizi boshqa kungizlardan tana shakli bilan fark qiladi. Kungizning 
rangi tuk-kungir bo`lib, usti kalta tukchalar bilan koplangan. Kungizning uzunligi 
3...3,5 mm, kurtlarining buyi esa 4 mm gacha etadi. Kurtlari och sarik rangda bo`ladi. 
Kurtlar zararlangan mahsulot yoki ombor devori yoriklarida yotib gumbakka 
aylanadi. 
Urgochi kungizlar 300 tagacha tuxum kuyadi. Bir yilda turt-besh marta avlod 
beradi. Kungirzlarning voyaga etish davri 20 kundan 42 kungacha etadi. 
6.3.5. Zamburug`xur kungizlar (Mycetophagidae). 
Bu oilaga baxmalga uxshab mayin kobikli zamburug`xur kungiz kiradi 
(Typhea stercorea). U don massasida ko`p uchraydi. Kungizning uzunligi 2,5...3,2 
mm, eni esa 1...1,2 mm ni tashkil qiladi. Gavdasi uzunchok-dumalok bo`lib, orka 
tomonga ingichkalashib ketadi. Tana yuzasi tuklar bilan koplangan bo`lib, yosh 
kungizlar och-sarik, kari kungizlar esa malla-kungir tusli bo`ladi. Bir avlodning 
voyaga etish davri 47 - 60 kunga teng. 
6.3.6. Donxur kungizlar (Bruchidae). 
Donda bu oilaga mansub bo`lgan kungizlardan nuxatxur, loviyaxur va 
yasmikxur kungizlar ko`p uchraydi. Kungiz kurti dukkakli donlarning sifatini 
yomonlashtirib katta zarar etkazadi. 
Nuxatxur kungiz (Bruchus pisorum L.) - monofag-kungiz, ya`ni fakat bir xil 
o`simlik - nuxatda uchraydi. Uzining rivojlanish boskichini kungiz dalada boshlab 
don omboriga kadar davom ettiradi. Kungizning gavdasi suyri shaklida bo`lib, 
kanotlarining ustida ok dog va ok yullar mavjud. Tanasi kungir-kulrang tusli tuklar 
bilan koplangan. Kungizning uzunligi 4...5 mm. Nuxatda kungiz o`simlik gullayotgan 


41 
paytda paydo bo`ladi. Dukkaklar hosil bulayotgan boskichda kungizlar tuxum kuyadi. 
Bitta don ustiga ba`zan 20...30 ta tuxum bulishi mumkin. 6...10 kun ichida tuxumdan 
kurt chikadi. Kurtlar donni teshib, uning ichiga urnashib oladi va u erda usib 6 mm 
gacha etishi mumkin. Sungra gumbakka aylanadi. 
YAsmikxur kungiz (Bruchus lentis Frol). Hayot tarzi va tana tuzilishi bo`yicha 
nuxatxur kungizga uxshaydi. U fakat yasmik donining dukkagini va urug`ini 
zararlaydi. 
Loviyaxur kungiz (Acanthoscelides obtestus Say.) nuxatxur kungizga 
uxshab ketadi. Bu kungiz asosan loviya dukkagi va urug`i bilan oziqlansa-da, ayrim 
xollarda yasmik, lyupin, vika donlarida har uchraydi. Loviyaxur kungiz loviyani 
nafakat dalada, balki saqlash paytida har zararlaydi. 
6.3.7. Yog`och teshuvchi kungizlar (Bostrychidae). 
Bu oilaga don teshuvchi kungiz (Rhizopertha dominica F.) kiradi. Kungiz 
uzunchok-tsilindrik shaklli bo`lib, uzunligi 2,5...3 mm. Voyaga etmagan kungiz jigar 
rang tusli bo`lib, sekin-asta jigar rang-kungir tusga utadi. Kukrak ustidan 
boshlangan kapyushon bosh qismini yopib turadi. Kungiz kunduz payti va chirokning 
yorugida yaxshi uchadi. Kulay sharoitda yiliga 8 - 9 marta avlod beradi. 37 kun 
ichida kungiz tula voyaga etadi. Don teshuvchi kungiz barcha boshoqli don uyumida, 
turli xil yormalar va maydalangan nuxat urug`larida yashab oziqlanadi. Urgochi 
kungiz donning ustiga tuxum kuyadi va tuxumdan chikkan kurt donni teshib kiradi. 
Donning ichida paydo bo`lgan gumbak tez orada kungizga aylanadi. Oziqlanishning 
dastlabki boskichi donning ichida boradi, sungra kungiz dondan chikadi. Keltiradigan 
zarari bo`yicha kungiz juda xavfli hisoblanadi. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə