Узбекистон республикаси олий ва урта



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/87
tarix12.07.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#119519
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87
6.5. Kanalar (Acarina). 
Kanalar urgimchaksimonlar sinfiga mansub bo`lib, unda 6000 turgacha mavjud 
bo`lgan aloxida otryadni tashkil qiladi. Ulardan kuyichiligi xayvon va o`simlik olami 
parazitlari sirasiga kiradi. 


43 
Don mahsulotlari va saqlagichlarda kanalarning bir kancha turlari uchraydi. 
Ayrim manbalardan olingan ma`lumotlarga ko`ra don mahsulotlarida 30 xilgacha 
bo`lgan miqdorda kana turlari mavjudligi isbotlangan. Ular dumalok yoki uzunchok 
shaklli tana tuzilishiga ega bo`lib, uzunlik ulchami 1 mm gacha bulishi mumkin. 
Kanalarning ba`zi turlarining ulchami 0,25...0,3 mm gacha bo`ladi. 
Kanalar ikki qismidan iborat: kukrak bilan qushilib ketgan boshi va korni. 
6.5.1. Donmahsulotlari kanalari (Tyroglyphidae). 
Ushbu oilaga mansub bo`lgan kanalardan don massasi va saqlagichlarda don, 
un va yorma bilan oziqlanadigan kuyidagi kanalar uchraydi: un kanasi, Rodionov 
kanasi, kora oyokli kana, uzunchok kana, ingichka kana. 
Un kanasi (Acarus siro yoki Tyroglyphus farinae L.). 
Kana birinchi marta unda topilgan. Bu kana turli ekin donlarida, yormada, 
kuruk sabzavotlarda, mevalarda, dorivor o`simliklarda, kuritilgan gusht va boshqa 
mahsulotlarda keng tarkalgan, ya`ni polifag xasharotdir. 
Kananing tanasi oval shaklida, rangi ok, bosh qismi va oyoklari pushti rang 
yoki kungir tusda, tuklari kaltadir. Kana uzunligi 0,35...0,7 mm. Kananing oldingi 
oyoklari yugon va kayrilgan bo`lib, O`RTAsida ombursimon usimtasi bor. Urgochi 
va erkak kanalar bir-biridan tana shakli bilan fark qilishadi. Sekin harakatlanadi. 
Kulay sharoit (20...25 oS harorat va mahsulotning etarlicha namligi) da un 
kanasining butun rivojlanish tsikli 14...16 kunni tashkil qiladi. Urgochi kana 200 
tagacha tuxum kuyadi. 
Rodionov kanasi (Caloglyphus Rodionovi A. Zachv.). 
Kananing uzunligi 0,6...1,2 mm. Un kanasidan farkli ularok kananing oldingi 
oyoklari yugonlashmagan bo`lib, ulardagi ayrim tukchalar yarim oy shaklini 
namoyon qiladi. Kana kungirrok rangga ega bo`lib, uning gipopusi harakatchan. Don 
mahsulotlarining namligi 20 % dan kichik bo`lganda yashaydi. Issiklikni yaxshi 
ko`radi. Namlik va issiklikka talabchanligi uni don mahsulotlarida faol yashab 
ketishini chegaralab kuyadi. 
Uzunchok kana (Tyrophagus putrescentia Schrank). 
Kananing uzunligi 0,3...0,4 mm. Urgochi un kanasiga uxshab ketadi, lekin 
gavdasining oxiridagi uzun tuxlari bilan undan fark qiladi. Don mahsulotlarining 
harorati 24...25 oS atrofida bo`lganda ular yaxshi rivojlanadi. Don mahsulotlarida un 
kanasiga nisbatan kam uchraydi. 
6.5.2. Tukdor kanalar (Glycyphagidae). 
Tashki kurinishi bilan bu kanalar don mahsulotlari kanalariga uxshab ketsa-da, 
ulardan kukrak va korin qismi orasidagi kundalang arikchaning yukligi bilan fark 
qiladi. Ushbu oilaga mansub bo`lgan ko`pgina kanalar tanasining kalin tuklar bilan 
koplanganligi tufayli ularga shu nom berilgan. Tukdor kanalar oilasiga oddiy tukdor 
kana, sillik kana va kungir kanalar kiradi. 
6.5.3. Yirtkich kanalar (Sheyletidae). 
Don mahsulotlarida mazkur oilaga mansub kanalardan oddiy yirtkich kana 
(Cheyletus eruditus Schrk.) ko`p uchraydi. Kananing uzunligi 0,5...0,8 mm ni tashkil 
etadi. Kananing bosh-kukrak va korin qismi yakkol ajralib turadi. Ogiz apparati 
sukib-suruvchi tipda bo`lib, asosan suyuk ozuka bilan oziqlanishga moslashgan. Kana 
boshqa kanalar va xashoratlarning konini surib oziqlanadi. Kanalarga xujum kilganda 
u uzining oyokjag organidan yaxshi foydalanadi. Kananing yashashi uchun harorat 


44 
20...22 oS bulishi kerak. Yirtkich kanalarning hayot tarziga e`tibor berib, odamlarga 
foydali deb uylash mumkin. Birok u don mahsulotlari kanalari, tukdor kanalarga 
nisbatan yomon ko`payadi va ogofat emas. SHuning uchun har ularni tula kira 
olmaydi. Bundan tashqari ular uzlarining chikindilari, murdalari va tashlangan 
pustlari bilan don mahsulotlarini ifloslaydi. SHu tufayli ularni foydali deb hisoblay 
olmaymiz. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə