V a I i m a t o V a. A. I i. I i o I i o j o n o V



Yüklə 60,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/101
tarix31.03.2023
ölçüsü60,89 Mb.
#103841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Yarmatova D. S,Davlat kadastri asoslar

boTishi lozim.
Fanning o ‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o ‘zaro
bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
«Davlat kadastrlari asoslari» fani asosiy ixtisoslik fani hisob- 
lanib, 3 semestrda o'qitiladi. Dasturni amalga oshirish o ‘quv reja- 
sida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, tizika, 
geologiya va geomorfologiya), geodezik (geodeziya, geodezik 
o'lchov ishlarini matematik ishlash nazariyasi, fotogrammetriya 
va masofadan turib tadqiq qilish), kartografik (chizmachilik, kar- 
tashunoslik, geografiya va h.k, tarnioq yer huquqi va monitoring 
asoslari, sotsial-iqtisodiy kartografiya, ko‘chmas mulk kadastri) 
fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.


I bob. DAVLAT KADASTRI TUSHUNCHASI,
TURLARI VA XUSUSIYATLARI
1.1. Davlat kadastrining boshqa turdosh fanlar bilan
bogMiqligi va uning tarixiy rivojlanishi
Tayanch iboralar:
kadastr, soliq tizimi, ko'chmas mulk, yer uchastkalari, aholi yashash
jo y la ri.
Davlat yer kadastrini yuqori saviyada o ‘zlashtirish uchun tala- 
balar, asosan, «Geodeziya», «Kartografiya», «Tuproqshunoslik 
va dehqonchilik asoslari», «Huqushunoslik», «Iqtisodiy matematik 
modellashtirish», «Bino va inshootlar kadastri», «Shaharsozlik 
asoslari», «Aholi yashash joylari kadastri», «Ko‘chmas mulk ka- 
dastri», «Shahar hududini rejalashtirish va obodonlashtirish» kabi 
bir necha fanlarni mukammal o ‘zlashtirishlari zarur.
Ekin yerlari haqida m a’lumotlarni to ‘plash, undan, asosan, 
soliq solish maqsadida foydalanish tarixi 5000 yillar nariga borib 
taqaladi. Bu borada geodeziya fanining paydo bo ‘lishi tarixiga 
murojaat qilishning o ‘zi kifoya.
Qadimda ham, o 'rta asrlarda ham barcha mamlakatlarda ekin 
maydonlariga soliq solish odat tusiga kirgan. Zero, davlat qudrati 
soliqqa bog'liq. Ishni bajarish uchun esa foydalaniladigan yerlar 
oich an g an va hisobga olingan. Demak, yer hisobi, undan olingan 
hosil hisobi bo'lgan.
Rum kadastri haqidagi m a’lum otlar eram izdan oldingi V 
asrlarga mansub.
Angliyada yer solig‘i 991 -yildan boshlab joriy etilgan. 1066- 
yilda esa kadastr tuzilgan.
Fransiyada birinchi kadastr «hisob-kitobi» 1269-yildan boshlab 
yozilgan.
Yer kadastrining qoMlanilishi, yer maydonlarini o ‘lchash bilan 
doimiy ravishda uzviy bog'liq bo‘lib kelgan. Vaqtning o ‘tishi bilan 
yer kadastrining usul va shakllari tarixan o ‘zgarib kelgan. Har bir
7


davrning kadastri hukmron sinfning manfaatini ifodalagan. Qa- 
dimda ham, o ‘rta asrlarda ham barcha mamlakatlarda ekin may- 
donlariga soliq solish odat tusiga kirgan. Chunki, har bir davlatning 
qudrati soliqqa bog‘liq bo‘lib, foydalanadigan yerlar o'lchangan 
va hisobga olingan.
Yer kadastri Qadimiy Rimda mavjud bo‘lib, yerdan olinadigan 
soliqlar belgilanib borilgan. Qadimiy Misr va Vizantiya mamla- 
katlarida yer resurslarini hisobga olish va yeriarning haqiqiy 
bahosini belgilash uchun kadastr ma’lumotlaridan foydalanilgan.
Sharqiy Yevropada yerni ilk bor kadastrli baholash XVIII asr- 
ning boshlarida amalga oshirila boshlangan. Yevropa mam la- 
katlarida ko‘rgazma sifatida 
«

Yüklə 60,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə