V. V. Bartold rahbarligida Turkiston havaskor-arxeologlar to‘garagi 1895-1917 yillarda faoliyat ko‘rsatgan



Yüklə 47,38 Kb.
səhifə2/13
tarix11.12.2023
ölçüsü47,38 Kb.
#145158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
археология маълумот

Xo‘jakent manzilgohi Toshkent vohasidagi muste davriga oid g'orturidagi yodgorliklaridan biri bo'lib, Toshkent shahridan 80 km shimoliy-sharqda Xo'jakent qishlog'i yaqinida, Chirchiq daryosining chap sohilidagi qoyatoshlar ostida joylashgan. G'or shimoli-g'arbga qaragan, balandligi 2,5 m, kengligi 6 m, chuqurligi 4m. Makonda 1958—1959 yillarda A.P.Okladnikov va X.Nasriddinovlar tadqiqot ishlarini olib borganlar. Uning madaniy qatlami g'oming ayrim joylaridagina saqlanib qolgan. Tadqiqot jarayonida makondan 524 ta tosh qurollar topilgan. Shulardan paraqalar 88 ta, nukleuslar 49 ta, qolganlari tosh uchirmalari va siniqlaridir.
Ko‘Ibuloq makonining 4— 8 qatlamlarigina muste davriga oiddir. Madaniy qatlamlardan 8300 dan ortiq tosh qurollari: har xil shakldagi nukleuslar, siniq uchrindilar, qirg'ichlar, qo‘l cho‘qmorlari va boshqalar topilgan. Toshkent vohasidan Zog‘ariq, Bo‘zsuv, Ko‘hisim mazilgohlari va Qoraqamish topilmalari, jami 30 dan ortiq makon qayd qilingan. Muste davri yodgorliklari Farg‘ona vodiysida ham keng tarqalgan. Ularni tadqiq qilishda A.P.Okladnikov, P.T.Konoplya, M.R.Qosimov, OM.lslomov, V.A.Ranov, Yu.A.Zadneprovskiylaming xizmatlari kattadir. 1954 yilda P.T.Konoplya Sharqiy Farg'onada birinchi marta paleolit qurollarini topdi. Shu yili A.P.Okladnikov G'arbiy Farg'onada tadqiqot ishlarini olib borib Qayroqqum manzilgohlarini aniqladi va tadqiqot
ishlarini 1961 yillragacha davom qildirdi. Olim Qayroqqum dalasining 31 punktidan tosh qurollarini topdi. Ayniqsa, Buloqchap va Sho'rko'l punktlari topilmalari diqqatga azovordir.
Jarqo'ton makoni (ўрта палеолит)Farg'ona vodiysining sharqiy tumanida topilgan.
Shahristonsoy daryosining chap qirg'og'ida joylashgan. Manzilgoh 1961- 1963 yillarda V.A.Ranov tomonidan o'rganilgan. Yodgorlikdan 670 ta tosh buyum yig'ib olingan. Shulardan 25 tasi nukleuslar, 25 tasi mehnat qurollari bo'lgan. Qurollar ichida tosh sixcha, nayza tig'lari, pichoqsimon tosh qurollar mavjud. Nukleuslarga ishlov berish va qurol
yashash uslubi Xo'jakent makonidagiga o'xshaydi. Tosh qurollar yashash madaniyati levallua-muste davriga oiddir.

Yüklə 47,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə