|
Volume , issue impact Factor: 249Ho‘kizga tuqqan kun, buzoqqa564-99-PBHo‘kizga tuqqan kun, buzoqqa ham tug‘adi.
O’zbek tilida buyruq gap shaklidagi maqollar:
Chuchvarani xomligida sanama,
Jo‘jani kalligida sanama;
Chuchvarani pishirib sana,
Jo‘jani – ochirib.
Yuqorida tahlilga tortilgan maqollarni barchasi darak gap shaklidagi paremiologik birlik
hisoblanadi. Shu bilan birga tahlilga tortilgan maqolllar orasida
sodda
,
qo‘shma
va
murakab gap
turidagi maqollar ham uchraydi.
Amerika va ingliz tilshunoslik maktablarida ergash gaplar sodda gapda qaysi so‘z (so‘z
turkumi) – ot, sifat yoki ravishni almashtirishiga qarab, ularning tasnifi paydo bo‘lgan. Sodda gap
komponentlariga
o‘xshashligiga
ko‘ra
ergash
gaplarning
quyidagi
turlari
ajratiladi:
substantiv(Nominal clauses), ad’ektiv (Attributive clauses) va adverbial (Adverbial clauses).
Dj.Brayant, V.Stokoular ergashgan gaplar so‘z turkumlari – ravish, sifat, ot – sifatida
qo‘llaniladi deb hisoblaydilar.
O.Yespersen ergashgan qo‘shma gaplarni uchta guruhga ajratadi:1) birlamchi (to‘ldiruvchi
ergash gap, so‘roq ergash gap, nisbiy ergash gap); 2) ikkilamchi (nisbat-cheklovchi va cheklovsiz,
kontakt); 3) uchlamchi (o‘rin ergash gap, payt ergash gap, kontrast ergash gap, o‘xshatish ergash
gaplar , chog‘ishtirma ergash gap, sabab ergash gap, maqsad ergash gap, natija ergash gap, shart
ergash gap, cheklangan ergash gap, to‘siq ergash gap, indifferent ergash gap, parallel ergash gap).
Shunday qilib, tilshunoslikning hozirgi rivojlanish darajasi, xususan sintaksisi, ergashgan qo‘shma
gaplar muammosiga yagona yechim topishga imkon bermaydi. “O‘zbek tildagi ergash gaplarning
tasnifi umuman boshqa tillardagi ergash gaplarning tasnifiga yaqin turadi. Bu tasodifiy emas, albatta.
Chunki, “turkiy tillardagi, shuningdek, boshqa tillardagi ergash gap nazariyasi sodda gap nazariyasi
bilan uzviy bog‘langan” .
Dostları ilə paylaş: |
|
|