|
Volume , issue impact Factor: 249564-99-PB
Tadqiqot metodologiyasi.
A.Sadoxin insonni har tomonlama uyg‘un kamol topishiga o‘z
madaniy vakolati darajasida til, urf-odatlar, an’analar va madaniy qadriyatlarini puxta egallashi bilan
belgilanadi deb aytgan [6]. Chunki muloqotda mumkin bo‘lgan shaxslararo qarama-qarshilik inson
xulq-atvori, yot bo‘lgan noverbal vositalar va milliy urf-odatlarini to‘liq tushunib yetmasligidan kelib
chiqadi.
A.Pizning aytishicha, muloqotda verbal vositalar axborotni yuborish kanali bo‘lib xizmat qilsa,
noverbal vositalar shaxslararo munosabatlarga “oydinlik” kiritish vositasi sifatida e’tirof etiladi [7].
T.Nikolaeva va B.Uspenskiylar rus tilshunosligida paralingvistik vositalarni kelib chiqishi
yuzasidan ikki hil guruhlarga ajratishni tavsiya qilgan:
a) tabiiy paralingvistik vositalar – biologik hodislar oqibatida yuzaga kelgan tabiiy va hamma
uchun umumiy ma’noga ega bo‘lgan harakatlar;
b) an’anaviy paralingvistik vositalar – madaniyat va an’nalarga hos bo‘lgan harakatlar [8].
M.Saidxonov o‘zbek tilida noverbal vositalardan tarkib topgan va ishlatib kelinayotgan
muomala shakllariga quyidagilarni kiritgan:
a) rituallar (udumlar) – urf-odat bilan bog‘liq xatti-harakatlar va ularning yig‘indisi (marosim
jarayoni);
b) etiket formalari (adab shakllari) – muomala jarayonidagi odob qoidalari;
v) imo-ishoralar – aloqa-aralashuvda ma’lum axborot uzatuvchi harakatlar [2].
Shu boisdan turli xalqlarning madaniyatini tadqiq qilishda, adab shakllari: milliy qadriyat, urf-
odat, an’nana, axloq, xulq-atvor, udum, rasm (rasm-rusum, rasm-odat), taomila va marosimlarni ham
e’tibordan chetda qoldirmaslikni tavsiya qilamiz. Chunki mazkur iboralar garchi, mutlaq sinonim
so‘zlar bo‘lmasada, ular biri-biriga juda ham yaqin, ayrim vaziyatda nutqda biri ikkinchisining
ekvivalenti o‘rnida ishlatilishi mumkin.
Tahlil va natijalar.
Tadqiqot ishi doirasida o‘zbek, usmonli turk, ingliz va rus tillari
muloqotida noverbal vositalar yordamida ifoda etiladigan urf-odat, adab shakllari va ijtimoiy-
madaniyatga oid yig‘ilgan materiallar tahlili va tadqiqot ishi natijalarining muhokamasi
quyidagilardan iborat.
MUALLIM |
УЧИТЕЛЬ | TEACHER
Dostları ilə paylaş: |
|
|