|
Volume , issue impact Factor: 249tarixiy-an’anaviy paralingvistik vositalar564-99-PBtarixiy-an’anaviy paralingvistik vositalar
deb atashni tavsiya qilamiz.
Masalan:
O‘zbek tilida – Ha, turk va mug‘ul hoqonlarining urf-odati shunaqa edi. O‘zining amir yoki
begimi, elchimi yo bo‘lmasa savdogarmi, bari-bir xonniig huzuriga kirganda, tiz cho‘kib taxt
poyigacha emaklab borishi va xonniig oyoqlarini o‘pishi shart edi.
Rus tilida – На возвышенностях разжигали костер, высокая огон двумя кусками дерева:
уchастникам обряда это должно было придат сил, урожаю – дат плодородност, а
животным – плодовитост
[12].
Aslini olib qaralganda, yuqoridagi kabi vaziyatlar insonlarning millati, dini, madaniyati yoki
irqidan qat’iy nazar bir hil kechib, ular ijtimoiy falsafa, tarix yoki psixologiya nuqtai nazaridan tadqiq
qilishga muhtojdir. Ammo lingvistik nuqtai nazardan noverbal muloqot va uning komponent
vositalarini milliy va madaniy xususiyatlarini inobatga olgan holda tadqiq qilishni maqsadga muvofiq
deb hisoblaymiz. Chunki tili o‘rganilayotgan millatning noverbal muloqot vositalarini puxta
egallagan izlanuvchida xorijlik suhbatdoshi bilan erkin suhbat olib borish, uning madaniyati va urf-
odatlarini puxta egallash darajasini oshiradi.
Shuningdek, asrlar o‘tib umum qabul qilingan til muloqoti, urf-odatlar, qadriyatlar yoki
madaniyatini aks ettiruvchi noverbal vositalar bir geografik hududda esdan chiqib borsa, ikkinchisida
esa boshqa yoki qo‘shimcha ma’no-mazmun kasb etadi. Ma’muriy hududlarni aniq bir geografik
atrof-muhit (
tog‘, adir,
yoki
suv yo‘li
) bilan chegaralanib qo‘yilishi vaqtlar o‘tib mamlakatlararo,
millatlararo yoki madaniyatlararo farqliklarni keltirib chiqarishga asos bo‘ldi. Bu kabi noverbal
vositalarni
makon bilan bog‘liq paralingvistik vositalar
deb atashni tavsiya qilamiz. Masalan,
Markaziy Osiyo xalqlari eski urf-odatlaridan olovni muqaddas sanash udumini hanuz yuqotmadi.
Balki uning boshqa bir ko‘rinishlari o‘ylab topildi. Misol uchun bugungi kunga kelib
mamlakatimizning ayrim xududlarida to‘yda kelinni kutib olishda o‘t yoqish, kasal odamga paxta
o‘girish va marhumlar xotirasiga sham yoqish bilan bog‘liq jarayon udum o‘rnida saqlanib qolingan.
MUALLIM |
УЧИТЕЛЬ | TEACHER
Dostları ilə paylaş: |
|
|