|
Volume , issue impact Factor: 249564-99-PB
№6 | 2023
51
Masalan:
Qishloqdan chiqarkan ikkinchi akasi Ergashga yalingan edi: “onamga fotiha o‘qib
yuring, payshanba kunlari kechqurun, albatta, sham yoqing”
[13].
Yuqoridagi olimlarning fikr-mulohazalarini inkor etmagan holda, ularni umumiylashtirish,
qiyoslash va tahlil qilish asosida, biz o‘zbek, usmonli turk, ingliz va rus millatlarda mavjud noverbal
(paralingvistik) vositalar yordamida mazkur xalqning milliy-madaniyati, dini va ijtimoiy-siyosiy
yashash turmush-tarzini belgilab beruvchi urf-odat va adab shakllarni quyidagi 7 ta guruhlarga
ajratishni tavsiya qilamiz:
a)
milliy urf-odatlar –
ayni bir millatga tegishli bo‘lgan rasm-rusum va adab shakllari
(milliy
kiyinish, milliy raqs, mehmonga dasturxon yozish, uni yuqoriga o‘tkazish, eshik oldida kutib olish va
taom tanovul qilishni kattadan boshlash holatlari)
;
b)
madaniy urf-odatlar –
jamiyatda insonning boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan va doimiy
bajariladigan madaniy, axloq harakatlari va adab shakllari
(yuqori xurmat o‘rnida o‘ng qo‘lini
ko‘ksiga qo‘yib salom berish, otliqni piyodaga birinchi bo‘lib salom berish va boshqa holatlar);
d)
diniy urf-odatlar –
inson yoki jamoaning o‘z diniy qarashlari va me’yor talablari asosida
bajariladigan rasm-rusum va amallari
(musulmon olamida har bir ezgulik uchun duo qilish hislati,
barcha dinlarda bo‘lgani kabi taom tanavvul qilishdan avval minnatdorlik amallari va boshqalar);
e)
oilaviy urf-odatlar –
jamiyatda ayni bir harakatlarni oilaviy bajarishga o‘rgangan an’nasi va
rasm-rusmlari
(oilada chaqaloqning alohida belgisiga ko‘ra ism qo‘yish, erta tongda kelin salom va
boshqa harakatlar);
f)
Dostları ilə paylaş: |
|
|