Xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab quvvatlashni takomillashtrishish Mundarija


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish manbalari



Yüklə 169,07 Kb.
səhifə3/7
tarix22.03.2024
ölçüsü169,07 Kb.
#181131
1   2   3   4   5   6   7
Xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab quvvatlashni takomillashtrishish

3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish manbalari
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga kirib borishi jarayonidagi turli mulk va xo’jalik yuritish shakllarining keng taraqqiyoti ular moliyaviy faoliyatini ishlab chiqarish samaradorligini rag’batlantirish maqsadlarida takomillashtirishning muhim, dolzarb muammo ekanligini isbotlamoqda. Yurtimizning istiqboli bozor xizmat tarmoqlarini shakllantirish bilan, kelgusida mulkni davlat tasaruffidan chiqarish va xususiylashtirish, yakkahokimlikka qarshi tadbirlarni amalga oshirish, raqobat muhitini vujudga keltirish bilan uzviy bog’liqdirki, bozor munosabatlarini shakllantirish yuzasidan iqtisodiy islohotlar mazkur vazifalarining ijobiy hal etilishi korxonalar moliyaviy faoliyatini tashkil etishning bozor talablariga javob beruvchi holatidan ham kelib chiqadi. Shunga ko’ra, kichik biznes va turli tadbirkorlik shakllarining taraqqiyotida ular moliyaviy faoliyatini tashkil etish xususiyatlari, vazifalari, tarkibi va rivojlanish asoslarini o’rganish muhimdir.
Kichik biznes subyektlari tomonidan statistik va soliq hisobotlarini taqdim etish mexanizmlarisezilarli darajada soddalashtirildi. Bugungi kunda tadbirkorlik subyektlarining 98 foizi soliq va statistika hisobotlari topshirishni, bojxona deklaratsiyalarini rasmiylashtirishni eski usuldagi qog‘oz to‘ldirish yo‘li bilan emas, balki bevosita – elektron shaklda amalga oshirmoqda.Sanoatning yengil, oziq-ovqat va qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi ko‘p mehnat talab qiladigan tarmoqlarida ishchilarning eng ko‘p soni ilgarigi 100 kishidan 200 kishigacha oshirilgani kichik biznesni rag‘batlantirish borasidagi chora-tadbirlar tizimidagi muhim qaror bo‘ldi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitida kichik korxonalar moliyaviy faoliyatining mazmunigina emas, balki ularning vazifalari ham tub o’zgarishlarga duch keldi. Shu munosabat bilan ishning mazkur qismida biz bozor munosabatlari shakllanishi sharoitida kichik biznes korxonalari moliyaviy faoliyatini tashkil etishning asosiy vazifalarini kompleks holda ko’rib chiqishga harakat qildik.
Bizning fikrimizcha, “kichik biznes korxonalari moliyaviy faoliyati” tushunchasini tor va keng ma’noda ifodalash mumkin. Tor ma’noda kichik biznes korxonalari moliyaviy faoliyati alohida olingan kichik korxona, xususiy firma yoki tadbirkorlikning boshqa shakllari moliyaviy faoliyatidan iborat.
Bu ma’noda “kichik biznes korxonalari moliyaviy faoliyati” tushunchasi “kichik korxonalar moliyaviy faoliyati”, “xususiy firmalar moliyaviy faoliyati” va h.k. tushunchalar bilan bir xil mazmunni ifodalaydi.
Keng ma’noda “kichik biznes korxonalari moliyaviy faoliyati” tushunchasi ijtimoiy takror ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat ko’rsatayotgan, bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan kichik biznes korxonalarining moliyaviy faoliyatini ifodalaydi. Mazkur tushunchaning keng ma’nosi uni tor ma’noda tushunishni to’la tarzda o’z ichiga oladi. Shu asosda kichik biznes korxonalari moliyasini korxonalar va xalq xo’jaligi tarmoqlari moliyasining muhim tarkibiy qismi sifatida talqin etish mumkin. O’z mohiyatiga ko’ra ular davlat tomonidan tartibga solib turiladigan pul munosabatlari bo’lib, mazkur munosabatlar kichik biznes korxonalarining hududiy va umumdavlat extiyojlari, fondlari va moliyaviy resurslarining tashkil etilishi, taqsimlanishi va ishlatilishi jarayonida vujudga keladi.
Uncha ko'p bo'lmagan yangi ishbilarmonlar o'z ishlarini o'zlari moliya bilan ta'minlaydilar. Ko'pchilik kishilar oz miqdorda bo'lsa ham, tashqi manbalarga muhtoj bo'ladilar. Pul resurslarining 4 ta toifasi mavjud:
1.Savdo krediti. Bu turdagi “Pul” to'g'ri ma'noda zayom vositasi hisoblanmaydi, haqiqatan bu tovarlar qiymati hisoblanadi. Uni sizning yetkazib beruvchilaringiz sizga pul to'lamasdan qarz qilib beradilar va qarzni eslatilgan muddatlarda to'lash sharti bilan.
2.Qisqa muddatli kredit. Banklar va boshqa kredit beruvchilar, bu kabi kreditlar maxsus maqsadlar - muddatli kreditlar ehtiyot sifatida kelgusi mavsumda sotish uchun beriladi. Bu kabi kredit uchun qarz bir yilga yetmasdan uziladi.
3.Uzoq muddatli kredit. Bu zayomlar bir yildan ortiq muddatga korxonani kengaytirish yoki takomillashtirish uchun beriladi.
4.Aksionerlik investorining qatnashishi. Bu kabi resurslar qaytarilmaydi. Siz vositalarni olasiz va foydaning bir qismini investorga berasiz. Boshqacha qilib aytganda, siz o'z korxonangizning bir qismini sotasiz.
Pullarni qayerdan olish mumkin? Moliyaviy ta'minotning imkonli manbalari quyidagilardir:
• tijorat banki;
• moliyaviy kompaniyalar;
• investitsion kompaniyalar;
• investitsion fondlar;
• kredit idoralari;
• xaridorlar; •
mahsulot beruvchilar;
• do'st va tanishuvlar;
• xayriya tashkilotlari;
• trans kompaniyalar va banklarning trast bo'linmalari;
• davlat, xalqaro va jamiyat tashkiloti va idoralar, kichik bimesni qo'llabquvvatlash dasturida ishtirok etuvchilar;
• ishlovchilar;
• dastgoh ishlab chiqaruvchilar;
• sug'urta kompaniyalari;
• nafaqa fondlar;
xususiy investorlar;
• moliyaviy maslahatchilar.
Kimga va qayerga murojaat qilish kerak?
Keng tarqalgan moliyaviy manbalar:
Banklar-banklardan ssuda olish nihoyatda sodda. Sizga pul savdo operatsiyasi o'tkazish uchun bemalol, ammo yangi korxona bunyod etish uchun bemalol emas. Demak bankni ishontirish kerak. Bu ishda ishlab chiqarilgan biznes reja qo'l keladi. Quyidagi masalalarga alohida diqqat-e 'tibor qilish kerak:
• Olingan vositalar qanday ishlatiladi?
• Qarz qanday qilib to'lab beriladi?
• Kredit olish uchun qanday ta'minot taklif etilishi kerak.
• Tanlangan faoliyat uchun zarur tajriba va tayyorgarlikka egalik.
• Boshqaruv xodimlarining va yetakchi mutaxassislar ishi qanday?
• Ushbu biznes sohasining uzoq muddatli kelajak taraqqiyoti qanday?
Investitsion fondlar hissadorlik yuqori o'sish potensialiga ega, kichik korxonalar kapitaliga badallar to'lash mumkin. Ko'plari aniq tarmoq, texnologiyalar bo'yicha yoki ma'lum hajm uchun investitsiya loyihasiga ixtisoslashadilar. Ular bilan kelishuv paytida quyidagilarni esda tutish zarur: investitsion fondni bir kunda ko'rib chiqish uchun 30 dan ortiq buyurtmani va biznes-rejani qabul qilish mumkin, ulardan 10 % gina o'qib chiqiladi. O'qib chiqilganlardan faqat bir nechasigina yana davom etib o'qish uchun jo'natiladi va juda ozlari moliya olishi mumkin.
Tadbirkorlik yo'nalishi firmalarning strategik yo'nalishlarining alohida yo'nalishi bo'lib, resurslarni va imkoniyatlarni rivojlantirish uchun ichki firma orientatsiyasi sifatida ko'riladi.
Tadbirkorlik yo'nalishi firmalarning yo'nalishini va yangi imkoniyatlarni o'rganishga intilishni anglatadi va shuning uchun firmaning innovatsionlik, xavfxatarni va proaktivlikni qabul qilish tamoyillari orqali o'zini namoyon qiladi. Tadqiqot ishlariga katta e'tibor qaratib, tadbirkorlarga yo'naltirilgan jarayonlarning yuqori darajasiga ega bo'lgan firmalar yangi tashkiliy shakllar va atrof-muhit konfiguratsiyalarini yaratishda tajribaga ega va bozor mexanizmlarini o'z manfaatlariga moslashtira oladi. Tadbirkorlik yo'nalishini kapitalizatsiya qilish orqali firmalar biznes hamkorlari bilan loyihalarni amalga oshirishda yuqori tendentsiyani rivojlantiradi. Hamkorlik yo'li bilan olingan resurslar yangi mahsulotni ishlab chiqish va bozorning ta'sirchanligi kabi qobiliyatlarni yaratishi mumkin. Natijada, firmalar ichida ishlab chiqilgan qobiliyatlar raqobatbardosh ustunlikni va ish faoliyatini oshiradi.
Davlat va jamiyat tashkilotlari. Bugungi kunda kichik biznesni qo'llashni o'zlarining asosiy vazifasi deb hisoblaydigan davlat vajamiyat tashkilotlarining soni ko'paymoqda. Ular faqat moliyaviyyordam qilmasdan, balki (qoida bo'yicha imtiyozli kredit shaklida), xodimlarni o'qitish va boshqa ishlarda yordam beradi.
Bu kabi tashkilotlarga qo'llash uchun murojaat qilishdan oldin ularni o'ziga xos talablarini bilish kerak, ko'plari ular uchun kerakli sohalardagi kichik korxonalarga yoki alohida ijtimoiy guruhlarga zaxiraga bo'shatilgan harbiylarga yordam ko'rsatadi.
Kapitalni jalb qilishning boshqa imkoniyatlari ham bor. Masalan, ixtirochi investorlar guruhidan moliya olish mumkin, buning uchun u agar ishi yurishmay, qolganda o'zining ishlab chiqqan texnologiyasiga egalik huquqini ularga topshirishi kerak. Xorijiy rnoliya manbalari mavjud. Masalan, xorijiy firmalar, ular boshqa davlatlarga investitsiya qilish imkoniyatlarini faol o'rganmoqdalar.
Kichik biznesning ishbilarmonlik tarkiblarini kredit bilan ta'rninlash - bu ularga rnoliyaviy pul yoki tovar shaklidagi vositalarnima'lum muddatga xo'jalik faoliyatini amalga oshirish uchun berishdir.Kredit bilan ta'minlashni quyidagi turlari mavjud:
• Xo'jalik yurituvchi subyektlarga pul ssudalarini yoki tovarni kapital o'rnida to'g'ridan-to'g'ri berish shakli.
• Hisob-kitob turlaridan biri sifatida kredit bilan ta'minlash, ya'ni to'lov muhlati uzaytirilganligi hisobi bilan.
Bu yerda “Kredit” tushunchasi keng ma'noga ega. Birinchidan: Kredit to'lash va foiz to'lash sharti bilan ssuda ko'rinishida pul yokitovar shaklida bo'lishi mumkin. Yuridik yoki jismoniy shaxslar qarzgavosita beruvchilar - kreditorlar, oluvchilar - zayomchilar deb ataladi. Kreditning asosiy vazifasi pul vositalarini qaytarib berish sharti bilankorxonalar, tashkilotlar, tarmoqlar orasida taqsimlash vavaqtincha bo'sh pul mablag'larini samarali ishlatishdan iboratdir.
Kreditni boshqa vazifasi bu haqiqiy pullarni kredit pullariga (banknotlar) va kredit operatsiyalariga (naqd pulsiz hisob-kitobga) almashtirishdan iborat. Ikkinchidan:Kredit o'zini ssuda kapitali harakati shaklida namoyon etadi. Pul yoki tovar shaklidagi ssuda qaytarilishi va to'lovlisharti bilan kreditor va zayomchi orasidagi iqtisodiy munosabatni aksettiradi. Kichik biznesda kredit bilan ta'minlash keng shakllarda tasavvur etiladi, bu yerda quyidagi kreditlar ishlatiladi: tijorat, bank,davlat, iste'molchi, xalqaro. Ularning hammasi kredit berilish muddatiga qarab qisqa muddatli (bir yilgacha), o'rta muddatli (bir yildan uchyilgacha) va uzoq muddatli (uch yildan ortiq) bo'lishi mumkin. Tijorat krediti - tovar shaklida (beriluvchi) sotuvchilar tomonidan xaridorlarga beriluvchi kredit bo'lib sotilgan tovarni qiymatini orqaroq surishdan iboratdir. Natijada hisob-kitoblar veksel yoki ochiq hisob bilan amalga oshiriladi. Birinchi holatda xaridor tovar hujjatlariniolganidan so’ng o'tkazilish sotuvchi tomonidan qo'yilgan vekselni (trattani) talaffuz etadi yoki oddiy veksel rasmiylashtiradi.
Ikkinchi holatda sotuvchi xaridorning qarz majburiyatlarini olmaydi va qarz bo'yicha hisob ochadi. Qarzni uzish davriy to'lovlar sifatida qisqa muddatlarda (1-2 oy) amalga oshiriladi. Tijorat kreditiga bo'lgan zarurat kapitalni ishlatish va muomala vaqtini bir-biriga to'g'ri kelmasligi natijasida kelib chiqadi. Bu yerda tovarni kreditga sotish ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligiga yordamlashadi, kapitalni aylanishini tezlashishini va foydani ko'payishini ta'minlaydi. Ushbu shakldagi kredit odatda qisqa muddatli bo'ladi. Bank krediti-ishbilarmon va korxonalarga pul ssudasi ko'rinishida beriladi.
Bank ssudasi- bu korxona, tashkilotlarning alohida fuqarolaning vaqtincha bo'sh vositalari bo'lib bank tomonidan shartnoma asosida, ularning roziligi bilan jalb qilinadi va ssuda fondi tashkil bo'ladi. Kredit olish uchun kredit oluvchi va zayomchi tomonidan kredit shartnomasi tuziladi, u o'z ichiga quyidagilarni oladi. Kredit turi, miqdori, uning berilish tartibi va muddati, kredit berish sharti, foiz to'lovining miqdori, bar ikkala tomon javobgarligi, kreditor va zayomchilar to'g'risidagi ma'lumotlar.
Kichik biznes taraqqiyoti uchun Davlat krediti davlat budjetidan eng muhimi zamonaviy ishbilarmonlik loyihalarini amalga oshirish bo'yicha tasdiqlangan dasturlar asosida beriladi.
Iste'mol krediti- bu kredit shaklida qarz oluvchi sifatida yuridik shaxs, qarz beruvchi sifatida kredit idorasi, korxona va tashkilot chiqishi mumkin. Bu kredit shakli xalqning iste'mol talabini qondirish vositasisifatida xizmat qiladi va pul yoki tovar shaklida bo'lishi mumkin.
Xalqaro kredit- bu xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasi bo'lib, u turli davlatlar kreditorlar va qarz oluvchilari orasida ssuda berish, ishlatish va uni uzish bo'yicha foiz to'lash bilan amalga oshiriladi. Bu turdagi kredit kichik biznesni taraqqiyot toptirish uchun davlatlararo banklar va frrmalar tomonidan xalqaro yordam shaklida beriladi. Xalqaro kredit o'lchami va uni berish sharti kredit beruvchi va oluvchilar o'rtasidagi kredit shartnomasida o'z aksini topadi. Firmaning nuqtayi nazarida berish va ta'minlashda quyidagi kreditlar bo'lishi mumkin: Tovar, valuta, ta'minlangan (tovar, tijorat hujjatlari bilan va boshqa qiymatlar bilan) va ta'min etilmagan (bank) kreditlar. Qarz oluvchilari bo'yicha kreditlar shaxsiy, davlat vamoliyaviybo'lishi mumkin.
Kreditning asosiy shartli hisob-kitob turi bo'lib (to'lash muddati uzaytirilgan hisob) firma krediti, veksel (hisobli) va faktoring hisoblanadi.
Firma kredit- bu kredit berish shaklida mol beruvchi va sotuvchi to'lash muddati uzaytirilgan kreditni xaridorga beradi. Bu kabi kredit shaklining birdan-bir misoli mahsulotni iste'molchiga avans berishdir, avans beruvchiga shartnomaga qo'l qo'yilgandan so’ng o'tkaziladi.
Veksel krediti - bu vekselni bank tomonidan sotib olish, (hisobli) veksel egasidan to'lash muddati kelmasdan sotib olishdir, ya'ni veksel egasi bankdan muddatidan ilgari vekselda ko'rsatilgan pul miqdorini, tijorat to'lovlarini, hisob to'lovini va boshqa xarajatlarni ayirgandan keyingisini oladi.
Faktoring- bu aylanuvchi vositalarni kredit bilan ta'minlashda o'rtada turuvchining faoliyati turidir. O'rtada turuvchi kompaniya (bank) ma'lum to'lov evaziga ishbilarmonlar tarkibidan xaridorlardan uning hisobiga olinadigan pul 22 mablag'ini olish huquqiga ega bo'ladi (debitorlik qarzini inkassaga qo'shish huquqi). Shu bilan birga o'rtada turuvchi mijozning aylanuvchi vositasini kredit bilan ta'minlaydi va uning kredit va valuta tavakkalchiligini o'z zimmasiga oladi. O'rtada turuvchi tovar sotuvchining o'zaro munosabatlari faktoring bo'yicha shartnoma bilan tartibga solinadi.
Ochiq hisob bo'yicha kredit bilan ta'minlash- bu sotuvchini doimiy xaridoriga ta'min etmasdanva tez foiz to'lamasdan to'lov muddati uzaytirilgan shakldagi kreditidir. Sotuvchi xaridorga tovarni uning manzilgohiga tovar taqsimlash hujjatlari bilan qarz miqdorini xaridor nomiga ochilgan debet hisobiga o'tkazadi. Xaridor shartnomada qurilgan muddatlarda o'z qarzini ochiq hisob bo'yicha uzib boradi.
Overdraft - qisqa rnuddatli kreditlash shakli bo'lib banklar amaliyotida ishlatiladi. U Angliyada paydo bo'ladi. Overdraftning mazmuni shundan iboratki, odatda bankning ishonchli mijoziga ma'lum chegarada cheklar bilan qarz to'lash huquqi beriladi. Bu kabi operatsiya natijasida manfiy balans bunyod bo'ladi, ya'ni debitorlik saldosi - (mijozni bankka qarzi). Bank va mijoz o'zaro shartnoma tuzib unda overdraftning eng katta miqdori, kredit berish sharti, uni qaytarish tartibi va overdraft uchun foiz miqdori belgilanadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bozor munosabatlari rivojlanib borishi bilan, kichik biznes korxonalari moliya munosabatlarining tarkibi ham yanada o’zgarib boradi. Shuning uchun kichik biznes taraqqiyoti jarayonida uning moliyaviy faoliyati tarkibiy qismidagi o’zgarishlarni tabiiy bir hol sifatida qarash lozim.
Kichik biznes taraqqiyoti va moliya munosabatlarini takomillashtirish o’zaro bog’liq muammolardandir. Iqtisodiyotning turli mulk va xo’jalik yuritish shakllaridan keng foydalanishga o’tishi, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning taraqqiyoti bilan moliya munosabatlari ham bozor talablari asosida rivojlanishi uchun muhim turtki oldi. Shu bilan birga, moliya munosabatlari kichik biznes taraqqiyotini rag’batlantirishning muhim dastaklariga egadir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, kichik biznes korxonalarini moliyalashtirishning turli xil manbalarini quyidagi rasm holida tasvirlash mumkin.
Bu narsa shu bilan bog’liqki, kichik biznes tizimi ichida mukammal taqsimot tizimining yaratilishi natijasida markazlashgan va rezerv fondlarining tashkil etilishi orqali kengaytirilgan takror ishlab chiqarish imkoniyatlarining yanada mustahkamlanishiga erishish hamda turli soliq imtiyozlarining qo’llanilishi maqsadida kichik biznes kelgusi taraqqiyoti uchun qulay iqtisodiy sharoitlar yaratiladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning aholini ish bilan band etishi va o’rta sinfni shaklantirishi kabi xususiyatlari xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda batafsil yoritilgan. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, kichik korxonalar iqtisodiy rivojlanish, ilmiy-texnika ixtirolarini, aholining talabini qondirish uchun qo’llashda istiqbollidir. Boshqarish sohasida kichik korxonalarda eng kam xarajat qilinishi bilan birga mulk haqiqiy egasining qo’lida bo’lib, undan foydalanish, ko’paytirish doimo yaxshi natijalarga olib kelgan.
Shu munosabat bilan kichik va xususiy biznesni har tomonlama rivojlantirish zarur. Ularni tashkil etish, ro’yxatga olish va moliyalashtirish masalalarida qulay shart-sharoitlar yaratish kerak. Kichik biznes sub’ektlarining to’la erkinligini ta’minlash va ular faoliyatini rag’batlantirish lozim.


Yüklə 169,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə